O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/112
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#495394
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
Bog'liq
сув

Asosiy adabiyotlar 
1. I.A.Karimov. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, Toshkent, 1995. 
2. A.Abdug’aniyev, A.A.Abdug’aniyev. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti». 
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent. 2004. 
3. A.S.Sultonov. «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti». Ma’ruzalar matni, Toshkent, TIMI, 
2005. 
XI BOB. Agrosanoat kompleksi va suv xo’jaligining moddiy-texnika ta’minoti 
 
11.1. Moddiy-texnika ta’minotining roli. Moddiy-texnika ta’minoti organlari 
 
Ishlab chiqarish jarayonida ish kuchi bilan birga mehnat vositalari va mehnat 
predmetlari ham qatnashadi. Bunda mehnat vositalari va mehnat predmetlari ishlab 
chiqarishga muomala soxasi orqali kelib tushadi. Ishlab chiqarish vositalari muomalasi 
deyilganda qiymat shakllarining almashishini, uning tovar shakliga aylanishini tushunamiz.
Moddiy-texnika 
ta’minoti 
(MTT) 
ishlab 
chiqaruvchilardan 
iste’mol 
qiluvchilargacha bo’lgan ishlab chiqarish vositalarining taqsimlanishi va realizatsiya 
qilinishi rejali jarayondir. Ta’minot jarayoni iste’molchilarni moddiy texnika resurslari 
bilan uzluksiz ta’minlab turishdir. Realizatsiya qilish jarayoni mahsulotni iste’molchiga 
yetkazishdir. 
Xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarining uzluksiz rivojlanishi, ishlab chiqarish 
miqdorining ko’payishi, ishlab chiqarish yo’nalishidagi mahsulot tovar aylanishini katta 
hajmda o’sishini vujudga keltiradi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 


to’rtdan uch qismi, qishloq xo’jalik xom ashyosining anchagina qismi moddiy-texnika 
ta’minoti sohasi orqali o’tadi. Moddiy sarflar xozirgi vaqtda jami ijtimoiy mahsulotning 
yarmidan ko’pini tashkil etadi. 
Moddiy-texnika ta’minoti xalq xujaligidagi tovar-pul munosabatlarining asosiy shakli 
hisoblanadi. Bu jarayonning xarakterli belgilari rejali va umumdavlat miqyosida tashkil 
etilishidir.
Qishloq va suv xo’jaligi korxonalari sanoat ishlab chiqarishi moddiy 
mablag’larining yirik iste’molchilari hisoblanadi. Bunga: mashinalar, o’g’itlar, yonilg’i-
moylash materiallari kiradi. Gidromelioratsiya tizimlarini qurish ko’p miqdorda qurilish 
materiallari konstruktsiyalar va metal sarflarini talab qiladi. Ekspluatatsion va ta’mirlash suv 
xo’jaligi tashkilotlari xom ashyo, yonilg’i va boshqa materiallar bilan uzluksiz ta’minlab turishni 
taqozo etadi.
Moddiy texnika ta’minoti jarayoni ishlab chiqarishga muhim ta’sir ko’rsatadi. 
Korxonalarni zarur moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlab turish ishlab chiqarish 
maromiyligiga va oborot mablag’larni aylanishi jadallashishiga yordam beradi.
Moddiy texnika ta’minotining to’g’ri tashkil etilishi ishlab chiqarishning texnika 
darajasi oshishiga yordam beradi, korxonalar ishining iqtisodiy ko’rsatgichlari va moliyaviy 
xolati yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, moddiy-texnika ta’minotining yaxshi 
yo’lga qo’yilgan ishi ishlab chiqarish samaradorligi oshishining shartidir. 
Agrosanoat kompleksi moddiy-texnika ta’minoti 
Avtomobillar, 
transport, qG’x 
mashinalari va ishlab 
chiqarish 
yo’nalishidagi tovarlar 
savdosi uyushmasi 
Ehtiyot 
qismlar 
savdosi 
uyushma-
lari 
O’g’itlar, zaharli 
ximikatlar va 
boshqa ximiya 
mahsulotlari 
savdo 
uyushmalari 
Ombor 
xo’jaligida 
savdoni tashkil 
qilish uyushmasi 
Qishloq xo’jalik 
ob’ektlarini uskuna 
bilan komplektlash 
birlashmalari 


Moddiy texnika ta’minoti organlari yetkazib beruvchi korxonalar bilan 
iste’molchilar o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. Ta’minot organlarining asosiy 
vazifasi — korxonalar va tashkilotlarni barcha zarur moddiy resurslar bilan o’z vaqtida 
uzluksiz va komplektli tarzda ta’minlab turishdir.
Ta’minot organlarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish vositalariga ehtiyojlarini to’g’ri 
aniqlash; 
moddiy resurslarni ayrim iste’molchilar o’rtasida oqilona taqsimlash; 
ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib 
berishni har ikkala tomonlama jadallashtirish; 
mehnat va mablag’larni juda kam sarflab, korxonalarni o’z vaqtida uzluksiz va 
kompleksli ta’minlab turish; 
qurilish va ishlab chiqarish uzluksizligini hamda maromiyligini ta’minlash uchun 
zarur davlat rezervlari va ishlab chiqarish zapaslarini yig’ish; 
materiallar xarajatini ilg’or me’yorlarini belgilash yo’li bilan ishlab chiqarish 
vositalarini tejash rejimiga yordam berish. 
Moddiy-texnika ta’minotiga rahbarlik qilishda moddiy-texnika ta’minoti bosh 
boshqarmalari va sotish bo’limlariga ega bo’lgan respublika vazirliklari katta rol o’ynaydi. 
Qishloq va suv xыjaligi vazirligi ishlab chiqarish texnika ta’minoti birlashmalari 
Qishloq va suv xыjaligi vazirligi ishlab chiqarish texnika ta’minoti viloyat (o’lka) birlashmalari. 
Viloyat (o’lka) 
tayyorlash bazasi 
Тumanlararo 
birlashmalar 
Ixtisoslashgan 
birlashmalar 
Qishloq va suv xo’jaligi korxonalari 


Vazirliklar tarmoqni rivojlantirishga ajratilgan moddiy resurslarni boshqaruvchilar 
hisoblanadi. Ular quyidagi rejali funktsiyalarni bajaradilar: korxonalar va tashkilotlardan 
moddiy resurslarga buyurtmalar oladilar, ularni to’g’riligini tekshiradilar va tarmoq 
bo’yicha qo’shma buyurtmalar tayyorlaydilar, ajratilgan fondlarni idoraga bo’ysinuvchi 
korxonalar va tashkilotlarga taqsimlaydilar. Materiallar yetkazib berish hamda ulardan 
foydalanishni nazorat qilishni ta’minlaydilar. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish