O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/112
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#495394
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112
Bog'liq
сув

3.
 
Bozor iqtisodi munosabatlarini qishloq xo’jaligiga joriy etishni 
erkinlashtirish va jadallashtirish tadbirlari: 
sanoat hamda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni, sotishni 
erkinlashtirish, ular o’rtasidagi ekvivalentlikni ta’minlovchi tadbirlar joriy etilishini 
jadallashtirish; 
nodavlat mulkchilik shakllari barpo etilishiga asoslangan tadbirkorlik turlarini 
rivojlantirish; 
investitsiyalar jalb etilishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish; 
birjalarning turlarini rivojlantirish; 
sug’urta ishlarini rivojlantirish va boshqalar. 
Bu tadbirlar, avvalo, yetishtiriladigan mahsulotlar miqdorini talab darajasida 
ko’paytirishga va ularning sifatini yaxshilashga qaratilgan bo’lishi zarur. Mahsulotlar 
miqdori ekin maydonlarini kengaytirish hamda ularning hosildorligini oshirish hisobiga 
ko’paytirilishi mumkin. Ekin maydonlarini ko’paytirish uchun yangi yerlarni o’zlashtirish 
talab etiladi. Lekin bu tadbir cheklangan. Shuning uchun asosiy e’tiborni ekinlarning 
hosildorligini oshirishga qaratish zarur. Buning uchun ekinlarning yangi, serhosil, tezpishar 
navlarini yaratish, irrigatsiya, melioratsiya, agrotexnik, kimyoviy tadbirlarni o’z vaqtida 
amalga oshirish natijasida tuproqning unumdorligi oshishini ta’minlash lozim. Shu bilan 
birgalikda ekinlarni almashlab ekishni ilmiy asoslangan holda keng joriy etish maqsadga 
muvofiq. Alohida e’tibor ishchi-xizmatchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga 
qaratilishi zarur.
Yuqoridagilar bilan birga ishlab chiqarish, davr hamda moliyaviy xarajatlar hajmini 
qisqartirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun korxonalarning, mehnatning 
oqilona shakllarini tashkil etish talab etiladi.
Yangi texnika, ilg’or texnologiyalarni hayotga joriy etish natijasida jonli mehnat 
xarajatlari kamayishini isbotlash lozim. Bu jarayonning ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, 
agrosanoat integratsiyasining rivojlanishi bilan bevosita bog’liqligini isbotlash zarur. 
Chorva hayvonlari mahsuldorligini ham oshirish lozim. Buning uchun naslchilik ishlarini 
yo’lga solish zarur. Chorva hayvonlarini to’yimli yem-xashak bilan ta’minlashga erishish 
maqsadga muvofiqdir. Bu tarmoqda ham barcha xarajatlarni qisqartirish bilan bog’liq 
bo’lgan tadbirlar sifatli amalga oshirilishini ta’minlash zarur.


Yalpi foydaning ko’payishi mahsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar 
kamayishini taqozo etadi. Shuning uchun mahsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan 
bo’limlar, tashkilotlar sonini qisqartirib, bevosita aloqalarga o’tishni ta’minlash lozim. 
Hozirgi davrdagi mavjud bo’lgan yagona yer solig’ini, to’lovlar, kredit stavkalarini tartibga 
solish natijasida sof foyda summasi ko’payadi. Yuqorida ta’kidlangan iqtisodiy 
kategoriyalarning ko’payishi, rivojlantirilishi, o’z navbatida, qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishi iqtisodiy samaradorligi oshishini ta’minlaydi.
Tarmoqda ishlab chiqarilgan o’simlikchilik mahsulotlarini (ayniqsa bug’doy, paxta 
xom-ashyosi) sotish xajmining oshishi hamda ularning narxlarining oshishi natijasida 
shirkat va fermer xo’jaliklarining pul tushumlari oshib borgan.
Lekin shu sotib olingan mahsulotlar uchun mablag’ning o’z vaqtida yetkazib 
berilmayotganligi uchun xo’jaliklarning pul tushumlari tez sur’tlar bilan oshayotgani yo’q. 
Demak, kelajakda tovar pul munosabatlarini, ya’ni to’lov tizimini yo’lga qo’yishga alohida 
e’tibor berish lozim. Endilikda, paxta tozalash don mahsulotlariuchun mablag’ni 
kontraktatsiya shartnomalarida ko’rsatilgan muddatlarda to’lashlari zarur. 2004 yilda shu 
masala bo’yicha qishloq xo’jalik sub’ektlaridan 565 tasi xo’jalik sudlariga murojaat 
qilganlar. Bu hol erkin bozor munosabatlarini ham bajarilmayotganligidan dalolat beradi. 
Shuning uchun kelajakda barcha erkin bozor munosabatlarini o’z vaqtida sifatli 
bajarilishini ta’minlashga harakat qilish maqsadga muvofiqdir. Hisob-kitoblarga ko’ra, 
qishloq xo’jaliklari korxonalari o’simlikchilik mahsulotlari xajmini 2004 yilda oshirishga 
erishganlari munosabati bilan o’zlarining yalpi va sof foyda summasini ko’payishini 
kutmoqdalar. Ayniqsa, sof foyda summasininig ko’payishi korxonalarni kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish asosida rivojlanishini ta’minlash bilan birgalikda ularning mehnat 
resurslarini rag’batlantirish ham ta’minlash imkoniyatini beradi. Bu hol o’z navbatida 
aholini turmush darajasini yuksalishini ta’minlaydi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish