Intensiv yo’l
. Ya’ni, foydalanilayotgan yerlarning unumdorligini oshirish,
fan-texnika, samarali texnologiyalarni joriy etish natijasida mavjud resurslardan oqilona
foydalanish,
ularning
unumdorligini
yuksaltirish,
chorvachilikda
zotexnologiya,
veterinariya ishlarini rivojlantirish asosida hayvonlarning mahsuldorligini oshirish. Bu
usulni adabiyotlarda, Prussiya yo’li, deb ham ataladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining
hajmini ko’paytirish, sifatini yaxshilash asosan moddiy, mablag’ va mehnat sarflarini, fan
yutuqlarini, yangi texnikalarni hamda ilg’or texnologiyalarni, hayvonlarning nasl va
zotlarini, o’simlik navlarini yaxshilashga qaratish orqali, binobarin, qo’shimcha
investitsiyalarni amalga oshirish hisobiga ta’minlanadi.
Respublikada ekstensiv yo’l bilan qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’paytirish
Farg’ona vodiysining aksariyat xo’jaliklarida, Xorazm viloyatida
hamda eskidan don
sug’oriladigan hududlarda ancha cheklangan. Lekin intensiv usuldan barcha viloyatlarda
foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun, avvalo, butun aholida vatanparvarlik ruhi
rivojlanishiga erishish, o’z hayotimizning yuksalishini o’zimiz ta’minlashimiz kerak, degan
tushuncha barchada mustahkam shakllanishi kerak. Vatanparvarlik, albatta, iqtisodiy
tadbirkorlik
bilan mustahkam, real bog’lanishi, chunonchi, tadbirkorlikni amalga oshirish
uchun mablag’lar bo’lishi lozim. Ularni asosan ishlab topish zarur, yetishmagan qismini
esa davlat va mahalliy byudjetlardan, qarzlar va boshqa manbalar hisobiga qoplash
mumkin. Bu mablag’larni qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’paytirish,
ularning sifatini
ta’minlovchi quyidagi tadbirlarga sarflash maqsadga muvofiqdir:
yangi yerlarni kompleks o’zlashtirishga;
zotli, sermahsul chorva hayvonlarini yaratish, sotib olishga;
yangi bog’lar, tokzorlar, ko’p yillik daraxtzorlarni barpo etishga;
yangi irrigatsiya-melioratsiya tizimini barpo etish, mavjudlarining ishga
yaroqliligini ta’minlash maqsadida ta’mirlashga;
sermahsul o’simlik navlarini, chorva zotlarini yaratish maqsadida fan-texnikani
rivojlantirishga;
yangi texnikalarni, ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqarishga izchil joriy etishga;
ishlab chiqarishni kompleks
mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirishni hamda
elektrlashtirishni ta’minlashga;
mavjud asosiy vositalarning ishga yaroqliligini ta’minlashga;
o’simlikchilikning, chorvachilikning ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan
talabini imkoniyat darajasida ta’minlashga;
ishchi-xizmatchilarning bilimini, malakasini yuksaltirish va moddiy hamda
ma’naviy rag’batlantirishni real, ta’sirchan usullar orqali rivojlantirishga;
ishlab
chiqarishni
liberallashtirish,
erkinlashtirishga,
islohotlarni
chuqurlashtirishga;
ishlab chiqarish, davr xarajatlarini, moliyaviy xarajatlarni
imkoniyat doirasida
kamaytirishga;
soliqlar tizmini takomillashtirishga;
ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlarining baholarini erkinlashtirish va
boshqalarga.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari sotish tizimini erkin bozor talablariga javob beradigan
darajaga olib chiqish lozim. Buning uchun avvalo, qishloq xo’jalik korxonalarining o’zida
marketing masalalari bilan muntazam shug’ullanadigan guruhlar yoki bo’limlarni tashkil
etish, ularni erkin bozor ma’lumotlari bilan muntazam ta’minlash zarur.
Shuningdek, qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olish bilan shug’ullanuvchi barcha
tashkilotlarning, korxonalarning faoliyatini rivojlantirish, ularning bo’limlarini ishlab
chiqarishga yaqinlashtirish kerak. Shundagina ortiqcha xarajatlarga, nobudgarchilikka yo’l
qo’yilmaydi: qishloq xo’jalik korxonalari tez ayniydigan mahsulotlarni 70-100 km.
masofadagi zavodlarga tashib,
vaqtdan yutkazmaydi, ortiqcha xarajatlar qilmaydi va
mahsulot sifati yomonlashmaydi, mahsulotlarning ko’proq, tezroq, arzonroq sotilishi
ta’minlanadi.
Bundan tashqari korxonalarning o’zlari ham yetishtirgan mahsulotlarini sotish bilan
shug’ullanuvchi uyushmalar tashkil etishlari mumkin. Uyushmaga kiruvchilar uchun erkin,
qulay sharoitlar yaratilishi lozim. Bunday uyushmalar mahsulotlarni sotishda erkin
raqobatli bozor vujudga kelishida muhim o’rin tutadi.
Natijada qishloq xo’jalik korxonalari mahsulotlarining haqini kelishilgan
muddatlarda olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar, ularni xo’jaliklar
ishlab chiqarishga
sarflashi natijasida yalpi va tovar mahsulotlarini ko’paytirishga erishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: