materiallarni tashish qiymati kamayadi;
omborlar saqlash xarajatlariga barxam beriladi;
ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilar o’rtasida
bevosita aloqalar
o’rnatiladi;
xujjatlar oboroti va hisob-kitoblar soddalashadi.
Moddiy resurslar har qaysi turining ayrim davrlaridagi buyurtmasi miqdori
yetkazib berishlar shaklini tanlashda xal qiluvchi omil bo’ladi. Yetkazib berishlar miqdori
tranzit me’yoridan (vagonda) kam bo’lmasa, ta’minotning tranzit shaklini qo’llanish
maqsadga muvofiqdir.
Assortimant turli xil bo’lib, uning miqdori tranzit (vagon) me’yoridan kam bo’lsa,
yetkazib berishlarning tranzit shakli tejamsiz bo’ladi. Bunday xolda maxsulotni notranzit
yetkazib berishga o’tiladi. Ishlab chiqarish texnika yo’nalishdagi mahsulotning ayrim
turlari (instrumentlar, metall buyumlar, elektrotexnika va ximiya mahsulotning ko’pgina
turlari) asosan ta’minot bazalari hamda omborlari orqali yetkazib beriladi.
O’z vazifasiga ko’ra omborlar uch turli bo’ladi.
Bazis omborlar—ularda materiallar
saqlanibgina qolmay, shuningdek saralanadi,
komplektlanadi va ob’ektlar bo’yicha taqsimlanadi. Ular ehtiyot qismlar, asboblar, rangli
metallar, elektr materiallari uzoq vaqt
saqlanadigan, joy xizmatini o’taydi.
Tushirish — ortish bazalari yuklar bir transport turidan boshqa transport turiga,
ko’pincha suv va temir yo’l trnsportidan avtomobil transpogrtiga o’tkaziladigan joylarida
materiallar hamda buyurtmalarini vaqtincha saqlash uchun tashkil qilinadi.
Uchastka va ob’ekt omborlari ayrim ishlab chiqarish uchastkalari hamda ob’ektlar
uchun materiallar, uskunalar saqlanadigan joy xizmatini o’taydi.
Keyingi yillarda territorial ta’minot - sotish organlari moddiy resurslarni yetkazib
berishlar asosiy turlari bo’yicha kompleksda realizatsiya qilishni o’z zimmasiga olish
shaklidan iborat kompleks ta’minoti tarqaldi. Kompleks ta’minotda moddiy resurslar
iste’molchilarni uzluksiz va kompleksli ta’minlash uchun ta’minot sotish tashkilotlarining
roli oshadi.
Kompleks ta’minot iste’molchilardan ishlab chiqarish
zapaslarini kamaytirish,
moddiy resurslar aylanishini jadallashtirish, korxonalar va qurilishlar ta’minot apparatini
ixchamlash uchun sharoit yaratadi.
Moddiy-texnika resurslari ko’paygan sari ta’minotning ombor shaklidan ulgurji
savdoga asta-sekin o’tilaveradi. Ulgurji savdo deyilganda, ishlab
chiqarish vositalarni oz
miqdorda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga magazinlar, bazalar hamda omborlar
orqali fondsiz sotishni tushinmoq kerak. Ulgurji savdo, avvalo
ilmiy-tadqiqot institutlari,
tajriba korxonalari va tashkilotlari uchun tashkil etilgan edi. Hozirgi vaqtda ulgurji savdo
sohasi kengayib bormoqda.
Ulgurji savdo buyurtmalar va mahsulot berish tizimini soddalashtirish, iste’molchilarga
xizmat ko’rsatishni yaxshilash imkonini beradi. Buning uchun materiallar va buyurtmalar
nomenklaturasini kengaytirish, hamda ularning zarur assortimentlar magazinlarda bo’lishini
ta’minlash, iste’molchilar talablarini o’z vaqtida qondirish zarur.
Moddiy-texnika ta’minoti sohasida moddiy resurslar yetkazib beruvchilari bilan
iste’molchilari o’rtasida o’zaro
tashkiliy, iqtisodiy huquqiy munosabatlar jamidan iborat
xo’jalik aloqalari tarkib topadi.
Tarmoq tarkibi belgisiga ko’ra ichki tarmoq va tarmoqlararo xo’jalik aloqalari
farqlanadi. Ta’minot-sotish tashkilotlari bilan bevosita va bilvosita xo’jalik aloqalari
o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: