9.3.Arotexnik chora-tadbirlar statistikasi
Ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda agrotexnik tadbirlarning har biri alohida muhim o’rin tutadi.
Eng muhim agrotexnik tadbirlar qatoriga ekinlarni ekishni shudgor(bir yoz bo’sh qoldirilgan maydon) va kuzgi shudgor bilan ta’minlash ham kiradi.
Kuzgi ekinlarni shudgor bilan ta’minlash darajasi qanday aniqlanadi?Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun bir yoz bo’sh qoldirilgan shudgor maydonini kuzgi ekinlarning jami maydoniga bo’lib, natijasini 100 foizga ko’paytirish kerak:
Bahorgi ekinlarning kuzgi shudgor bilan ta’minlanish darajasi
qanday aniqlanadi? Bahorgi ekinlarning kuzgi shudgor bilan ta’minlanish darajasini aniqlash uchun kuzgi shudgor maydonini bahorda ekilgan ekinlarning umumiy maydoniga bo’lish kerak:
Xo’jalikni o’g’it bilan ta’minlanish darajasi. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun 100 foizli to’yimli oziq moddaga aylantirilgan o’g’it vaznini me’yorida belgilangan vazniga bo’lishi kerak.
O’g’itdagi 100 foizli to’yimli oziq modda miqdori qanday aniqlanadi?Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun har bir turdagi mineral o’g’itning fizik vaznini shu turdagi o’g’it uchun belgilangan oziq moddalar me’yor darajasiga ko’paytirib, natijasini 100 foizga bo’lish kerak:
Xo’jalikning urug’ bilan ta’minlanish darajsining statistik tahlili Hisobot yilidagi 1 gektar ekin maydoniga to’g’ri keladigan haqiqiy urug’ miqdorini bazis yilidagi urug’ miqdoriga (yoki me’yordagi urug’ miqdoriga) bo’lib, ta’minlanish darajasini o’zgarishi aniqlanadi.
Ushbu indeks urug’ bilan ta’minlanish darajasining nisbiy o’zgarishini ifodalaydi. Ushbu o’zgarish ekin maydoni o’lchami(M) bilan mavjud bo’lgan urug’ miqdorining(UM) o’zgarishi natijasida sodir bo’lgan. Bularning ta’sirini aniqlash uchun quyidagi indekslardan foydalanish zarur:
Ekin maydoni indeksi
Urug’ miqdorini indeksi
Shu ikki indekslar ko’paytmalarining yig’indisi urug’ bilan
ta’minlanish darajasi indeksiga teng kelishi shart:
Nazorat savol va topshiriqlar
1.Ekin maydoni kategoriyalarini bilasizmi? Shularni tushuntiring.
2.Mevali dov-daraxtlar deganda qanday o’simliklar tushuniladi?
3. Xo’jalikning urug’ bilan ta’minlanish darajsini statistik tahlil qiling.
4.Dov-daraxtlar maydonidan foydalanish koeffisiyenti qanday aniqlanadi?Shni yoriting.
Mustaqil ish topshiriqlari
Quyida jadvalda keltirilgan malumotlardan foydalanib,aniqlang va statistik tahlil qiling:
Bazis va hisobot yillarida kuzgi bkg’doy ekin maydonining shudgor bilan taminlanish koeffisiyentini.,
Bazis va hisobot yillarida bahorgi bkg’doy ekin maydonining shudgor bilan taminlanish koeffisiyentini.,
Topshiriqlar yechimiga xulosa yozing
T.r.
|
Ko’rsatkichlar
|
Bazis yili
|
Hisobot yili
|
1
|
2012 yil kuzda ekilgan bug’doy maydoni,ga
|
80
|
90
|
2
|
2013 yil bahorda ekilgan bug’doy maydoni,ga
|
45
|
35
|
3
|
Shudgor qilingan maydon,ga:
|
|
|
a) 2012 yil yozda
|
75
|
85
|
b) 2012 yil kuzda
|
40
|
30
|
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011.
2..Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Darslik.. Samarqand -2013..
3..Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2012.
.4.Qudratov T.,Dehqanov S. Qishloq xo’jalik statistikasi. O’quv qo’llanma. T. : 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |