So’z boshi
Mamlakat taraqqiyotida bilimli,malakali va yuqori ma,naviy-ma,rifiy saviyaga ega bolgan kadrlar muhim ro,l o,ynaydi. Shuning uchun ham zamon talabiga to’liq javob beradigan sifatli kadrlar tayyorlash masalasi mamlakatimiz oldida to’rgan eng dolzarb muommolardan biridir. Ushbu moummoni samarali hal qilish uchun tayyorlanadigan kadrlarni (talabalarni) darslik, o’quv qo,llanma va boshqa uquv-uslubiy adabiyotlar bilan yetarli darajada taminlash zarur. Shular jumlasiga yangi pedagogik texnalogiya metodini qo’llash asosida tayyorlangan ma,ruza kursi ham kiradi.
Ma,ruza matnlari iqtisodiyotda bo’lgan yangilik va o’zgarishlarni hisobga olgan holda talabarni o’qitishda muhim ta’lim vositasi bo’lib hizmat qiladi. Ma,ruza matnlari bilan talabalarni ta’minlash fanni o’zlashtirish darajasini oshirishda va bilimini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqqan holda “Fermer xo,jaligini boshqarish” yo’nalishi bo’yicha o’qiyotgan talabar uchun “Korxonalar faoliyatining tahlili va statistika asoslari ” fani bo’yicha maruzalar kursi tayyorlandi. Ma’lumki, iqtisodiy tahlil xo’jalik faoliyatida mavjud bo’lgan imkoniyatlarni aniqlashda hamda ularni faoliyatga jalb yetishda,statistika esa faoliyatni ifodalovchi ko,rsatkichlarni hisoblash va statistic tahlil qilishda muhim boshqaruv vositasi bo’lib hizmat qiladi. Shuning uchun bulgusi mutaxassislar ushbu fanlarning asoslarini yahshi va puxta o,zlashtirib-egallab olishi zarur. Shundagina ular iqtisodiy-statistik tahlilni samarali tashqil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ma,ruza kursi OO’MTV tomonidan 2012 yil 13 avgustda tasdiqlangan “Korxonalar faoliyatining tahlili va statistika asoslari” fani o’quv dasturiga mos holda tayyorlandi.
1-mavzu.Korxonalar faoliyati tahlil va statistika asoslari fanining predmeti va usullari
Dars o’quv maqsadi. Mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, korxonalar faoliyati tahlili va statistika asoslari fanining predmeti va uni o,rganishda qo,llaniladigan usullarining mazmun-mohiyatini talabalarga o,gatish hisoblanadi
Tushunchalar va tayanch iboralar Statistika. Ijimoiy hodisalar.Ijtimoiy jarayonlar.Statistik ko’rsatkichlar
Statistik kuzatish. Statistik guruhlash.Tahlil. Natija.Omil. Ob ektiv omillar.Sub,ektiv omillar Iqtisodiy tahlil predmeti Iqtisodiy tahlil metodi
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”,blis so’rov va aqliy hujum metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar:
1.Statistika to,g,risida tushincha, uning tarixi va ahamiyati
2. Statistikaning predmeti va usullari
3. Statistikaning boshqa fanlar bilan bog,liqligi
4.Tahlil fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi
5. Tahlilining predmeti,maqsadi va vazifalari
6.Tahlilining metodi va unda qo,llaniladigan usullar
1.1.Statistika to,g,risida tushincha va uning tarixi va ahamiyati
Ctatistika deganda nima tushuniladi? Ctatistika lotincha so’zdan olingan,yani “Stato” davlat, “Statusta”-davlat bilimdoni degan manoni bildiradi.Demak, “Statustika” davlat to’g’risidagi muayyan bilim, malumotlar yig’indisi to’g’risidagi tushunchalarni ifodalagan. Statistika ko’p asrlik tarixga ega.Ayrim malumotlarga ko’ra,eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi ro’yxatga olingan1. Demak,shu davrdan boshlab statistika paydo bo’lgan.Lekin u XVII asrning oxirlariga kelib,fan sifatida shakllana boshlagan. Shu asrda Angliyada “Siyosiy arifmetika”degan fan vujudga keldi.Hozirgi kunda u to’liq shakllangan mustaqil ijtimoiy fan bo’lib hisoblanadi.Statistika aholining turmush darajasini hamda iqtisodiyot va uning barcha tarmoqlarining rivojlanish bilan bog’liq bo’lgan o’sish darajasini tahlil qilishda va kelajak istiqbolini belgilashda muhim rol o’ynaydi, chunki statistika malumotlarisiz ushbu jarayonlar qonuniyatlarini ochib va baho berib bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1996 yil martda Rossiyalik jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvda «Statistikasiz biror-bir narsani belgilab bo’lmaydi. Odamlar statistika tayyorlab bergan tahliliy materiallar asosidagina istiqbolni belgilash bilan shug’ullanadi» deb aytgan so’zlari fikrimizning isbotidir.
1.2. Statistikaning predmeti va usullari
Statistikaning predmeti bo’lib nima hisoblanadi? Statistikaning predmeti bo’lib,sodir bo’lgan va bo’layotgan ommaviy ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar va xodisalar hisoblanadi. Ushbu tarifdan ko’rinib turibdiki., u o’zida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtirgan:
1.Uommaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va hodisalarni o’rganadi.Shuning uchun ham u ijtimoiy-iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi.,
2.U ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganadi.,
3. U ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning miqdor tomonlarini sifat tomonlari bilan uzviy bog’lagan holda o’rganadi.,
4. U ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni miqdor tomonlarini sifat tomonlari bilan uzviy bog’lagan holda aniq zamon va makon miqyosida o’rganadi.
korxonalar faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni miqdor tomonini sifat tomoni bilan uzviy bog’langan holda o’rganishda qo’llaniladigan usullar yig’indisi statistikaning metodi bo’lib hisoblanadi.
Predmetni o’rganishda qo’llaniladigan usullar o’z navbatida uch turga bo’linadi:
1.Statistik kuzatish usuli;2.Statistik jamlash va guruhlash usuli; 3.Statistik tahlil qilish usullari.
1.3. Statistikaning boshqa fanlar bilan bog,liqligi.
Statistika iqtisodiy nazariya, falsafa, makro-mikroiqtisodiyot,qishloq xo’jalik iqtisodiyoti,buxgalteriya hisobi,iqtisodiy tahlil,matematika kabi fanlar bilan uzviy aloqa va bog’liqlikda bo’ladi.
1.4.Tahlil fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi
Iqtisodiy tahlil fani Iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Iqtisodiy tahlil fani ko’p asrlik tarixga ega. Ushbu fan buxgalteriya hisobi va statistika fanlari asosida vujudga kelgan . Buxgalteriya hisobining paydo bo’lganiga 550 yildan, Iqtisodiy tahlilning vujudga kelganiga esa 130 yildan oshgan. Buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi asar xv asrda paydo bo’lgan. Bunga misol qilib Vendrixt Katrulinning 1458 yilda nashr qilingan “Savdo va xususiy savdogar“ nomli kitobini ko’rsatish mumkin2. 1880- yillarda Rossiyada "Schetovodstvo" jurnali chiqaboshlagan . Ushbu jurnalda tahlilning birinchi elementlari paydo bo’lgan . Shu davrda «Balansshunoslik» fani yuzaga kelgan . Shu fan tarkibida tahlilning bazi bir elementlari o’z aksini topaboshlagan. Shu davrdan boshlab , “ Iqtisodiy tahlil" fani vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga kadar o’ziga xos tarixga va birqancha nomlarga ega buldi.
O’zbekistonda iqtisodiy tahlil faniga 20-asrning 60 yillaridan boshlab ahamiyat beraboshlandi.Unga qadar oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida darslar boshqa fanlar kabi sobiq ittifoqning markazi shaharlarida yaratilgan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha olib borilar edi. Bu fanlarda va shu jumladan iqtisodiy tahlil fanida ham O’zbekistonga xos bo’lgan hodisa va jarayonlar va ularning natijalari o’z aksini topmas edi.Shunga qoramasdan darslar o’tilib kelar edi.Ushbu nuqsonlarni tugatish maqsadida O’zbekistonlik olimlar 20-asrning 60 yillaridan boshlab, barcha fanlar va shu jumladan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha ham jasurlik bilan ijod qilishga kirishdilar.
O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining yaratilishini taxminan quyidagi besh davrga bo’lish mumkin. Har bir davrda O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fani bo’yicha qilingan ishlarning lo’nda mazmuni M.Q. Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi”,A.V.Vahobov va boshqalarning “ Moliyaviy va boshqaruv tahlili”darsliklarida bayon qilingan . Biz shulardan foydalanib, ularning qisqacha mazmunini bayon qildik.
1-Davr - O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining shakllanish davri. Bu fanining shakllanishida I.N.Toporovskiy va I.T.Abdukarimovning xizmatlari katta. Bunga misol qilib,Samarqand kooperativ nstitutining dosenti I.N.Toporovskiyning 1966 yilda Moskvaning “Ekonomika” nashriyotida chop etilgan “ Matlubot kooperasiyasi korxonalari xo’jalik faoliyatining tahlili”darsligining muallifi tariqasidagi ishtirokini ko’rsatish mumkin. 1968 yilda I.T.Abdukarimov tomonidan “Kooperativ savdoda muomila xarajatlari tahlili” o’quv qo’llanmasi Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida chop qilindi.Bular esa O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining shakllanishiga asos bo’ldi.
2 – davr - Sobiq ittifoqda o’z o’rniga ega bo’lish va iqtisodiy tahlil maktabining shakllanish davri. Bu davrda Samarqand kooperativ institutining olimlari tomonidan darslik va o’quv qullanmalar yaratildi. 1970 yilda I.T.Abdukarimov,B.A.Zaleskiy va I.N.Toporovskiy tomonidan Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida“ Matlubot kooperasiyasi korxona va tashkilotlari xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bo’yicha masalalar to’plami” o’quv qo’llanmasi , I.T.Abdukarimovning 1971 yilda “Kooperativ savdoda chakana tovar oboroti tahlili” o’quv qo’llanmasi va1973 yilda “Kooperativ savdoda foyda va rentabellik tahlili” nomli monografiyasi Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida“ chop etildi. Ushbu ishlarning chop etilishi O’zbekistonlik olimlarningsobiq ittifoqda tan olinganligidan dalolat beradi. Xullas, O’zbekistonda iqtisodiy tahlil maktabi shakllandi.
3 – davr - iqtisodiy tahlil maktabining yaratilishi davri. Bu davrda Toshkentlik, Samarqandlik va boshqa xududlik olimlar tomonidan darslik va o’quv qullanmalar, risolala va ko’plagan ilmiy maqolalar yaratilaboshlandi. Bu davrga kelib, Toshkentlik olimlardan Yo.Abdullayev ,F.A.,Maxmudov, O.,Ibragimov ,A.T.,Xasanov, B.,Shoalimov va boshqalar iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.Samarqandlik olimlar ham o’z ananalarini davom ettirib, sermahsul ijod qildilar. I.T.Abdukarimov,M.Q.Pardayev va A.A. Abdiyevlar”Xo’jalik faoliyatining tahlili”iga bag’ishlangan to’rt tomlik albom yaratdilar. I.T.Abdukarimovning 1984 yilda “Matlubot kooperasiyasi xo’jalik faoliyatini tahlil qilish” nomli darsligi Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida chop etildi.Bu darslik ittifoqdagi barcha kooperativ institutlarga tavsiya qilindi. Bu darslik qayta ishlanib,1989 yilda yangidan nashr qilindi.
4 – davr – Iqtisodiy tahlilning o’zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davridir. Bu davrda Iqtisodiy tahlilning turli qirralariga bag’ishlangan o’zbek tilidagi asarlar Toshkentlik, Samarqandlik va boshqa xududlarning iqtisodchi olimlari tomonidan yaratila boshlandi. Bunga misol qilib, I.T.Abdukarimov,M.Q.Pardayev va A.A. Abdiyevlar va V. I.Abdukarimovlar tomonidan “Matlubot kooperasiyasi xo’jalik faoliyatini tahlil qilish”nomli o’zbek tilida chop qilingan darslikni, 1990 yilda Samarqand qishloq xo’jalik instituti dosenti T. Qudratovning “O’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligining iqtisodiy-statistik tahlili” nomli o’quv qullanmasini ko’rsatish mumkin.
5 – davr –Mustaqillik yillari davri. Bu davrni Iqtisodiy tahlilning rivojlanish yillari davri deb atash mumkin.Yani bu davrda Iqtisodiy tahlil bo’yicha ko’plagan asarlar Davlat tilida vujudga keldi va nashr etildi va etilmoqda. Bunga kuyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin:
-Vahobov A.V va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili fani bo’yicha darslik 2005 yili “Sharq “ nashriyotida chop qilingan.
-Abdullayev Yo.,Ibrohimov A.,Raximov M. Iqtisodiy tahlil fani bo’yicha o’quv qullanma 2001 yili “Mehnat “ nashriyotida chop qilingan.
- M.Q.Pardayev.,I.T.Abdukarimov. Iqtisodiy tahlil fani bo’yicha darslik 2004 yili Mehnat ““ nashriyotida chop qilingan
-T.Qudratov., M.Ibragimov., Z.Karimova. Iqtisodiy tahlil fani bo’yicha o’quv qullanma 2005-2012 yillari Toshkent “Ilm ziyo “ nashriyotida chop qilingan (besh marta nashr qilingan).
- T.Qudratov.,N.Fayziyeva.Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati fani bo’yicha darslik 2012 yili Toshkent “Voris “ nashriyotida chop qilingan va boshqalar
1.5. Tahlilining predmeti,maqsadi va vazifalari
Tahlil grekcha “Analisis” so’zidan olingan bo’lib, ajratish bo’laklash, parchalash kabi ma’nolarni anglatadi. To’liqroq qilib aytganda, tahlil iqtisodiyotda sodir bo’lgan va bo’layotgan hodisa va jarayonlarni bo’laklarga, qismlarga bo’lib va ajratib o’rganishni bildiradi.
Tahlilning asosiy mazmuni. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini maqsadli tezkor, joriy va istiqbolli o’rganish asosida uning holatiga har taraflama baho berish tahlilning asosiy mazmunini tashqil qiladi.
Tahlilning predmeti deganda nima tushuniladi?.
Tahlilning predmeti deganda korxonalarning xo’jalik faoliyatida
obyektiv va subyektiv omillar ta’sirlari ostida sodir bo’lgan
va bo’layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar tushuniladi.
Korxonalarning ta’minot, ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy faoliyatlarida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida paydo bo’lgan va bo’layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar tahlil predmetidir.
Tahlil obyekti. Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar sodir bo’lgan va bo’layotgan makon iqtisodiy tahlilning obyekti bo’lib hisoblanadi.
Tahlilning maqsadi. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini barcha tomonlarini chuqur o’rganish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularni ishga solish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish tahlilning maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Tahlilning asosiy vazifalari.
1.Xo’jalik yurituvchi subyektni biznes rejasini tuzish uchun tegishli hisobot axborot ma’lumotlar bilan taminlash;
2.Biznes reja bajarilishini o’rganish.,
3.Har-bir jarayon natijasining o’zgarishini aniqlash va unga ta’sir qiluvchi har bir omilning ta’sirini hisoblash.,
4.Tabiiy, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llarini ko’rsatish;
5.Xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatiga, uning to’lovga qodirligi darajasiga baho berish hamda ularni yahshilash va oshirish bo’yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish.
6.Tahlilining metodi va unda qo,llaniladigan usullar
Metod so’zi nimani anglatadi? Metod grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, u “izlanish yo’li” degan ma’noni anglatadi.
Iqtisodiy tahlil metodi deganda nima tushuniladi?.
Iqtisodiy tahlil metodi deganda xo’jalik faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va kelayotgan jarayonlar va ularning natijalarini o’rganishda qo’llaniladigan usullar majmuasi tushuniladi
|
.Iqtisodiy tahlilda uning predmetini o’rganishda juda ko’p usullar qo’llaniladi.
Mikroiqtisodiy tahlilda eng ko’p qo’llaniladigan usullar bo’lib, iqtisodiy-statistik usullar hisoblanadi. Shularning ayrimlrining mazmuniga to’xtalamiz.
Solishtirish usul. Har qanday jarayon tahlili ushbu usulni qo’llash bilan boshlanadi. Ushbu usul yordamida tahlil qilinadigan jarayon ko’rsatkichlari taqqoslanib, farqi aniqlanadi. Qolgan barcha usullar solishtirish natijasida aniqlangan farqning sabablarini topishga qaratilgan bo’ladi.
Bu usulni to’g’ri qo’llash uchun tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar albatta taqqoslama xususiyatga ega bo’lish kerak. Buni quyidagi chizmadan ko’rish mumkin.
1.Ko’rsatkichlarni aniqlash usuli aynan bir xil bo’lishi kerak
2.Tahlil qilinadigan davrdagi ko’rsatkichlar bir xil baholarda hisoblangan bo’lishi kerak
3.Taqqoqslab o’rganilayotgan jarayonlarning zamonlari bir xil davriylikka ega bo’lishi kerak
4.O’zaro o’xshash, bir biriga yaqin bo’lgan, yo’nalishi bir xil bo’lgan korxonalar ko’rsatkichlari
Farqlash usuli . Ushbu usul o’rganilayotgan jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda ishlatiladi.
Farqlash usulining mohiyati shundaki, natija ko’rsatkichiga omillar ta’sirini aniqlash uchun ta’siri aniqlanayotgan omillar orasidagi farqni qolgan omillarning joylashish tartibiga qarab asos yoki hisobot davridagi miqdoriga ko’paytiriladi.
O’rganilayotgan jarayonning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar miqdoriy va sifatiy omillarga bo’linadi.
Natijaning o’zgarishiga miqdoriy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis davridagi miqdor omillari orasidagi farqni bazis davridagi sifat omiliga ko’paytiriladi.
Natijaning o’zgarishiga sifatiy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis davridagi sifat omillari orasidagi farqni hisobot davridagi miqdor omiliga ko’paytiriladi.
Zanjirli bog’lanish usuli. Ushbu usul ham iqtisodiy jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda tahlilda qo’llaniladi. Bu usulda har bir ta’sir etuvchi omilning natijaga ta’sirini aniqlash yo’li uslubiy ketma – ketlikka ega. Buning uchun birinchi navbatda rejadagi yoki bazis yilidagi omilli ko’rsatkichlarni hisobot yilidagi omilli ko’rsatkichlar bilan navbatli almashtirish orqali natijaviy ko’rsatkichlarning qatorlari hisoblab olinadi. Ko’rsatkichlarni qatorlashda dastlab miqdoriy ko’rsatkichlar, so’ngra sifat ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Bunda, 1-qator rejadagi (bazis yilidagi) dastlabki ko’rsatkichlarni, oxirgi qator hisobot yilidagi ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Oraliqdagi qatorlar “Shartli ko’rsatkichlar” bo’lib hisoblanadi. Yonma–yon turgan qatorlar orasidagi farq natijani o’zgarishiga ta’sir etuvchi bir omilni ta’sirini ko’rsatadi. Omillar ta’sirlarini yig’indisi natijaning umumiy o’zgarishiga teng kelish kerak. Buni ish haqi fondining tahlili misolida ko’rib chiqamiz.
Ish haqi fondi hajmining ifodalanishi:
Bunda T- ishchilarning o’rtacha yillik soni
S- 1 ishchining o’rtacha bir yilda ishlagan soatlari miqdori
R- o’rtacha 1 kishi- soat uchun hisoblangan ish haqi summasi
Ish haqi fondining umumiy o’zgarishi:
Demak, ish haqi fondining o’zgarishiga uch omil ta’sir qiladi. Bularning ta’sirini aniqlash uchun quyidagi ish haqi fondi ko’rsatkichlarini (ish haqi fondi qatorlarini) aniqlab olish kerak:
I. T0 S0 P0 – Bazis davridagi ish haqi fondi.
II. T1 S0 P0 – Birinchi shartli ish haqi fondi.
III. T1 S1 P0 - Ikkinchi shartli ish haqi fondi.
IV. T1 S1 P1 – Hisobot davridagi ish haqi fondi.
Ish haqi fondining o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash:
Ishchilar soni o’zgarishining ta’siri:
II – I = T1 S0 P0 - T0 S0 P0 =T.
Bir ishlovchiningo’rtacha ishlagan soatlari soni o’zgarishining ta’siri.
III – II =T1 S1 P0 - T1 S0 P0 =S.
Bir kishi- soat uchun hisoblangan ish haqi summasi o’zgarishining ta’siri.
IV- III =T1 S1 P1 - T1 S1 P0= R.
Tahlilda qo’llaniladigan usullarning boshqa turlarini talaba mustaqil o’zi o’rganadi.
Nazorat savol va topshiriqlar
1.Statistika nimani o’rganadi?
2.Statistik kuzatishni mazmun mohiyatini tushintiring
3. Korxonalar faoliyatining tahlili fanining predmeti bo,lib nima hisoblanadi?
4. Zanjirli bog’lanish usulining mazmunini bayon qiling
Mustaqil ish topshiriqlari
Paxta yalpi hosili dinamikasi o’zgarishini farqlash usuli yordamida quyidagi malumotlardan foydalanib,omilli tahlil qiling
Ko’rsatkichlar
|
Bazis yili
|
Hisobot yili
|
Paxta maydoni,ga
|
35
|
38
|
Hosildorligi,s/ga
|
25
|
24
|
Yalpi hosil,s
|
?
|
?
|
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonuni.T.:2002
2.Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. T.:2002
3.Vahobov a.v. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.:2005.
4.Statistika. X.A. Shodiyev tahriri ostida. T.: “Ibn Sino”,2004.
5.Qudratov T.,Dehqanov S. Qishloq xo’jalik statistikasi. O’quv qo’llanma. T.: “O’zbekiston milliy eksiklopediyasi”,2004.
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Karimov I. A. –Tanlangan yo’limizning to’g’riligiga ishonchimiz komil (Rossiyalik jurnalistlar bilan uchrashuvdagi nutqi). “Xalq so’zi”,1996yil 5 mart.
2.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011.
3.Pardayev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi.Darslik.Samarqand,2004.
3.Qudratov t.,Qudratova I.,Fayziyeva N. –Makro-mikroiqtisodiy statistika.Uslubiy qo’llanma. Samarqand-2010.
4.Qudratov T.K. – Iktisodiy taxlil nazariyasi (muammoli ma’ruza kursi. 2004 yil
5.Qudratov T.K. – «Boshkaruv taxlili». Ukuv kullanma. Samarkand-2005.
6.Qudratov T.K., Fayziyeva N. – «Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili». O’quv qo’llanma. Samarkand – 2007 yil.
7.Qudratov T.K., Ibragimov M. – «Iqtisodiy tahlil». O’quv qo’llanma.T.: «Ilm ziyo»-2005 -2012 yillar (besh marta nashr qilingan)
8.. Qudratov T.K., Qudratova O., Fayziyeva N. Qudratova I. «Qishloq xo’jalik korxonilari faoliyatining taxlili» O’quv qo’llanma. Samarqand 2008 yil.
9..Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil.
10.Qudratov T. Iqtisodiy tahlil. Leksiyalar kursi. Samarqand-2010yil.
11..Qudratov T.,Fayziyeva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. Darslik.- T.: Voris nashriyoti, 2012 yil.
12.Qudratov T. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Maruzalar kursi. Samarqand,2013
Do'stlaringiz bilan baham: |