11-mavzu. Chorvachilik statistikasi
Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib,chorva mollari bosh soni va takror ishlab chiqarish ko,rsatkichlarini hamda chorva masuloti va mahsuldorligi ko,rsatkichlarini hisoblash va iqtisodiy-statistik tahlil qilish usullarini hamda chorvachilik bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash yo’llarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar. Chorva mollari soni.Chorva mollarining o’rtacha soni.Shartli bosh soni.Bola olish koeffisiyenti. Qisirlik koeffisiyenti. Poda safini to’ldirish koeffisiyenti.Mahsuldorlik.Sut mahsuldorligi.Jun mahsuldorligi.O’rtacha sutkalik o’sish vazni.Yalpi sut.Yalpi jun.
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar:
1.Chorvachilik statistikasining vazifalari va mollar bosh soni ko,rsatkichlari/
2.Chorva mollarini takror ishlab chiqarish ko,rsatkichlari
3. Chorva mollari masuloti va mahsuldorligi ko,rsatkichlari va ularning iqtisodiy-statistik tahlili
11.1.Chorvachilik statistikasining vazifalari va mollar bosh soni ko,rsatkichlari
Chorvachilik statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Chorva mollar bosh sonini turi,jinsi va yoshi bo’yicha hisobga olish;
2. Chorva mollarining holati va harakati ko’rsatkichlarini hisoblash va statistik tahlil qilish;
3. Chorva mahsuloti va mahsuldorligi ko’rsatkichlarini hisobga olish va iqtisodiy-statistik tahlil qilish;
4. Ozuqa bilan taminlanish va undan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash va iqtisodiy-statistik tahlil qilish;
5 Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va samaradorligini
oshirish imkoniyatlarini ko’rsatish
.Chorva mollarining o’rtacha soni qanday aniqlanadi? Bu quyidagi 3 xil usul orqali aniqlanadi:
1.chorva mollari soni har kuni ma’lum bo’lgan tag’dirda, o’rtacha arifmetik tortqichli miqdorlar formulasi: orqali aniqlanadi
,
bunda, har kuni boqilgan mollar soni,
mollar boqilgan davrdagi kalendar kunlar soni,
2.Chorva mollari soni har oyning boshiga ma’lum bo’lgan taqdirda, xronologik miqdorlar formulasidan foydalanib aniqlanadi:
bunda, yilning 1 yanvaridan boshlab, har bir oyning boshida mavjud bo’lgan mollar sonini bildiradi;
kelgusi yilning yanvariga bo’lgan mollar sonini bildiradi;
sanalar soni (chorak bo’lsa yil bo’lsa ).
3.Chorva mollar soni o’rganilayotgan davrning boshi va oxirida ma’lum bo’lgan taqdirda, o’rtacha arifmetik oddiy miqdorlar formulasidan foydalanib aniqlanadi:
Chorva mollari shartli boshi soni qanday aniqlanadi ? Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun mollarning har bir turi va guruxi bo’yicha fizik bosh sonini u uchun belgilangan «Shartli molga aylantirish koeffisiyentiga» ko’paytirish kerak. Aniqlangan shartli mollar sonini jamlash orqali xo’jalik bo’yicha shartli soni topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |