O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


-mavzu. Mehnat resurslari bilan ta,minlanish, mehnat unumdorligi va mehnat haqi darajasining tahlili



Download 444,35 Kb.
bet22/33
Sana09.11.2019
Hajmi444,35 Kb.
#25456
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama

14-mavzu. Mehnat resurslari bilan ta,minlanish, mehnat unumdorligi va mehnat haqi darajasining tahlili



Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, Mehnat resurslari bilan ta,minlanish va ulardan foydalanish, Mehnat unumdorligi va mehnat haqi ko,rsatkichlarini hisoblash tahlil qilish usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar.. Mehnat resurslari. Mehnat resurslari bilan ta’minlanish. Mehnat ununmdorligi. Mehnat haqi.Xodimlar soni. O’rtacha ish haqi.Mutlaq o’zgarish.Nisbiy o’zgarish.. Mehnat unumdorligining bevosita ko’rsatgichi. Mehnat unumdorligining bilvosita ko’rsatgichi.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni ohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:

1.Mehnat resurslari bilan ta,minlanish va ulardan foydalanishning tahlili

2. Mehnat unumdorligi ko,rsatkichlarini hisoblash va ularning tahlili

3. Mehnat haqining tahlili



14.1.Mehnat resurslari bilan ta,minlanish va ulardan foydalanishning tahlili


Hisobot yilidagi mavjud xaqiqiy ishlovchilar sonini me’yor bo’yicha belgilangan soniga, hisobot yilidagi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan qayta hisoblangan soniga taqqoslab,ta’minlanish darajasi va uning o’zgarishi aniqlanadi.O’zgarishi mutlaq va nisbiy ko’rsatgichlarda ifodalanadi.

Hisobot yilidagi ishlovchilarning xaqiqiy sonini rejadagi (me’yordagi) soniga solishtirish orqali mutlaq ta’minlash darajasi aniqlanadi.

Hisobot yilidagi ishlovchilarning haqiqiy sonini ishlab chiqarish hajmiga nisbatan qayta hisoblab olingan rejadagi soniga solishtirish orqali nisbiy ta’minlanishi darajasi aniqlanadi.

Mehnat resurslaridan foydalanishning umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib, ish vaqti fondi hisoblanadi. Ish vaqti fondi deganda, jami ishchilar tamonidan yil davomida ishlagan kishi-soatlarining yig’indisini tushuniladi.Ish vaqti fondidan foydalanish darajasi o’zgarishiga uch omil ta’sir qiladi:

1.ishlovchi xodimlarining o’rtacha yillik sonining o’zgarishi (T) ;

2.bir ishlovchining o’rtacha ishlagan kunlar sonining o’zgarishi (K) ;

3.ish kuni davomiyligining o’zgarishi (D);

Birinchi navbatda hisobot yilidagi ish vaqti fondini rejadagi yoki bazis yilidagi ish vaqti fondiga solishtirib, o’zgarishi aniqlanadi; zarur:

T1 K1 D1 – T0 K0 D0 = ± ∆TKD

Shundan keyin ish vaqti fondining o’zgarishiga omillar ta’sirini quyidagi bog’lanish ko’rsatkichlaridan foydalanib aniqlanadi

I. T0 K0 D0 - bazis davridagi (yoki rejadagi) ish vaqti fondi.

II. T1 K0 D0 - 1- shartli ish vaqti fondi.

III. T1 K1 D0 - 2- shartli ish vaqti fondi.

IV.T1 K1 D1 - hisobot davridagi ish vaqti fondi.

Yonma-yon to’rgan ko’rsatgichlardan foydalanib, omillar ta’siri zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlanadi va har birining ta’siriga baho berib, xulosa qilinadi.

14.2. Mehnat unumdorligi ko,rsatkichlarini hisoblash va ularning tahlili


Mexnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy ko’rsatgichlaridan biridir.

Mexnat unumdorligideganda nima tushuniladi? Mexnat unumdorligi deganda aniq vaqt birligi ichida yetishtirilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmi tushuniladi.

Mexnat unumdorligi bevosita va bilvosita korsatkichlar bilan ifodalanadi.



Mexnat unumdorligining bevosita ko’rsatgichi bo’lib, aniq vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori ( yoki hajmi) hisoblanadi.

(1).,  (2).

Bunda, Q – yetishtirilgan jami mahsulot miqdori

T - Jami masulotni yetishtirish uchun sarf bo’lgan vakt (kishi-soat, kishi-kuni) yoki 1 gektar ekin maydoni( 1 bosh chorva moli) uchun sarf bo’lgan vakt (kishi-soat,kishi-kuni);

V - 1 kishi -soatda, 1 kishi -kunida yetishtirlgan mahsulot miqdori.



Mexnat unumdorligining bilvosita ko’rsatgichi bo’lib, yetishtirilgan bir birlik mahsulot uchun sarf bo’lgan vaqt hisoblanadi:

 (1);  (2).

Bunda, t - bir birlik mahsulot (1 s paxta, 1 s g’alla ,1 s sut, 1000 dona tuxum va hakozo) uchun sarf bo’lgan vaqt( kishi-soat, kishi kuni).

. Mexnat unumdorligining tahlilini ikkinchi formula asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi,chunki bunda unga tasir qiluvchi omillar bevosita ko’rinib turadi.

Mexnat unumdorligining bevosita ko’rsatgichini tahlilini amalga oshirishda, hisobot yilidagi mexnat unumdorligi darajasini rejadagi yoki bazis davridagi darajasiga solishtirib, o’zgarishi aniqlanadi:



Ushbu o’zgarishga omillar ta’sirini “Zanjirli bog’lanish” usuli yordamida hisobladik.

1gektar paxta maydoniga sarf bo’lgan vakt miqdori o’zgarishining mexnat unumdorligining o’zgarishiga tasiri:

Hosildorlik darajasi o’zgarishining tasiri:





Mehnat unumdorligining bilvosita ko’rsatkichini tahlilini amalga oshirishda bazis yilidagi darajasini hisobot yilidagi darajasiga solishtiriliadi, so’ngra o’zgarish sabablari “zanjirli bog’lanish” usuli orqali aniqlanadi. ,Buni hurmatli talaba o’zingiz mustaqil bajaring

Download 444,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish