O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi samarqand qishloq xo‘jalik instituti qo‘lyozma huquqida udk: 37. 5: 614.


III. bob. Tadqiqot natijalari bo‘yicha mulohazalar



Download 94,09 Kb.
bet21/23
Sana13.05.2022
Hajmi94,09 Kb.
#602822
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
qoramol goshtining tarkibidagi salmonella guruhiga kiradigan mi

III. bob. Tadqiqot natijalari bo‘yicha mulohazalar

O‘zbekiston xududida go‘sht ishlab chiqarish va bu ishlab chiqarilgan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, turli assortimentdagi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish hozirgi kundagi asosiy mahsulotlar qatoriga kiradi. Go‘shtdan tayyorlanayotgan har bir turdagi mahsulotlar eng avvalo 1-toifali go‘shtdan tayyorlanishi zarur. Go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qanchaki xom ashyoni sifati past bo‘lsa, tayyorlangan mahsulotlarni sifati shuncha past bo‘ladi. Hamda bunday mahsulotlarni uzoq muddatga saqlash imkon bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Go‘sht ishlab chiqarish uni qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha juda ham ko‘p olimlar o‘z xissasini qo‘shgan. Bo‘lar jumlasiga quyidagilar kiradi.


A.V. Sinev va boshqalar salmonellyozdan o‘lgan buzoqlarda quyidagi Holatlarni kuzatganlar. Yurakda qon quyilish, buyrakda, siydik Haltachasida qon quyilishlarni kuzatadilar.


I.V. Shur 1953 yil salmonellyozda kam kuzatiladigan sarg‘ayish borligini Ham aytib o‘tadi. Surunkali kechgan salmonellyozda professor I.I. Arxangelskiy 1951 yil bug‘inlarda sero fibrinoz eksudatlar to‘planganligini ko‘rsatib o‘tadi.


S.A. Kupkin 1955 yil salmonellyozga chalingan buzoqlarni davolash uchun immun zardoblar olib, 100-150 ml miqdorda buzoqlarga yuborgan.yurak faoliyatiga yordam berish uchun 1 gr koffein qo‘shgan. Bulardan tashqari sulfanilamid, peniselin qo‘shib yuborilgan. Natijada foydalilik darajasi 86 % ga ko‘tarilgan.


A.G. Molyavin polivalentli zardob tayyorlagan va uni o‘z navbatida buzoqlar, qo‘ylar, parrandalarda qo‘llashni tavsiya etadi.


Professor A.M. Axmedov rahbarligida S.I. Tagizade, F.A. Sultonovlar salmonellyozga chalingan mollarni davolash uchun gamma glabulin tayyorladilar va betta gemaglabulinni qo‘shdilar. Keyin jo‘jalar uchun biomisin preparatlarini tayyorlab, maxsus va simptomatik davolash uchun ishlatdilar va yaxshi natija oldilar. Keyinchalik bu preparatlarning Hammasini ilmiy jiHatdan asoslab kompleks gamma va betta globulin preparatlarini yaratdilar. A.M. Axmedov, X.K. Burxonova va S.A. Kubaeva 1972 yillar o‘z navbatida kompleks gamma va betta globulinlar


64
arlashmasini yaratib, buni jo‘jalarning pulloroziga qo‘lladilar va yaxshi natijaga erishdilar. S.A. Karpev 1955 yil sulfadinezinom bilan surunkali salmonellyoz kasalligi bilan kasallangan 60ta cho‘chqachalarni davoladi. Bunda 0,1-0,05 gr 1 kg tirik vazniga kuniga 2 marta yubordi.davolash 4-6 kun davom etadi. Bu preparat qo‘llanilib yaxshi natijalar olindi. S.A. Stixin 30 ta cho‘chqachalarni sulfidinom preparati bilan davoladi. Bunga ko‘ra dozasi 0,5 gr bo‘lib, kuniga 3 marta qo‘llaniladi. 30 ta cho‘chqachadan 28 tasi sog‘aydi va juda katta natijalarga erishildi. A.E. Ermakov qo‘zi va cho‘chqachalarning salmonellyoz kasalligini davolash uchun tripanblaulin 1% eritmasidan 10 ml dozadan qo‘llagan. Bunga ko‘ra Hamma Hayvonlar sog‘aygan.


P.A. Karasev, V.K. Parakin antiretikulyar sitotoksik qon zardobni tekshirganda uning biriktiruvchi to‘qimalarining reaktivligiga ta’sirini va ushbu to‘qimaning faolligini oshiradigan ta’sirini aniqlagan. Ushbu ASS salmonellyoz kasalligida tuzalish koeffisenti 92% ni kursatgan edi.


D.A. Brilov salmonellyozning o‘pkali shaklini ASS bilan davolaganda uni sulfantrol bilan kambenasiya etgan. (sulfantrol 3-6 kun davomida kuniga 3 maxal 1-2 gr mikdorda berilgan edi. ASS esa teri ostiga yuborilgan edi). Bu tajribada 27 kasal buzoqdan faqat 2 tasi nobut bo‘lgan edi. M. Xenning frazalidonning ta’sirini o‘rganganda 4 ta sal.dublin bilan kasallangan buzoqlardan 2 tasiga 7 kun davomida ertalab va kechqurin 0,5 gr preparat, 2 tasiga esa 4 gr dan 2 kun davomida berilgan edi. 4 gr frazalidon ichirilgan buzoqlarda intoksikasiya belgilari vujudga kelgan edi. Davolash ishlari tugatilgandan keyin 6 kun o‘tgandan so‘ng intoksikasiya belgilari yo‘qoldi. 0,5 gr frozalidon olgan buzoqlarda asoratlar kuzatilmadi. 24-48 soatdan keyin tana xarorati normagacha tushgan edi. 1 Haftadan keyin esa ich ketmasi Ham tugatildi.


Qoramol go‘shtining tarkibidagi salmonella guruxiga kiradigan mikroorganizmlarni aniqlash va go‘shtni veterinariya sanitariya ekspertizasi, qoramol go‘shtining tarkibidagi salmonella guruxiga kiradigan mikroorganizmlarni uchrash darajasiga oid ilmiy tadqiqot ishlari Samarqand shaxar dehqon bozorlaridagi veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi, shahar bozoridagi mollarni so‘yish


65
maskani va Samarqand shaxar veterinariya laboratoriyasi, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya fakulteti “Hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari” kafedrasidagi veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarida 2015-2017 yillarda o‘tkazildi. Biz o‘z tajribamizni bajarish uchun asosan dehqon bozorlariga kiritilayotgan turli xildagi hayvonlar go‘shtidan 10 tadan namunalar olindi va tekshirish ishlari o‘tkazildi.


Biz tomondan tekshirilgan 10 ta qoramol tana go‘shtlaridan olingan namunalarni organoleptik va laboratoriya usullarida tekshirganimizda olingan natijalar shundan dalolat beradiki, ya’ni barcha tana go‘shtlari standart talabiga javob beradi va shu bilan birgalikda olingan go‘shtni sanitariya-gigienik xolati talab darajasida. Bu tana go‘shtlarini tarkibida kechayotgan barcha biokimyoviy o‘zgarishlar, ya’ni go‘shtning tarkibidagi biokimyoviy jarayonlar, fermentatsiya jarayonlari va oqsillarning fiziologik strukturasini o‘zgarishi normal ekanligidan dalolat beradi. Keyingi tajribamizda yomon qonsizlangan 5 ta qoramol go‘shtini organoleptik va laboratoriya usullarida tekshirganimizda olingan natijalar.


Biz tomondan tekshirgan 5 ta yomon qonsizlangan qoramol go‘shtidan olingan namunalarning barchasi o‘zining organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, standart talabiga javob bermaydi. SHu bilan birgalikda bu toifaga kiradigan tana go‘shtini sanitariya-gigienik xolati talab darajasida emas.


Yomon qonsizlangan 5 ta tana go‘shtidan olingan namunalarning barchasi laboratoriya usulida tekshirilganda olingan natijalar talab darajasida emas, hamda bu toifadagi go‘shtalarni sanitariya-gigienik xolati ham standart talabiga javob bermaydi.


Manashu yuqoridagi 5 ta namunalarni bakterioskopiya usulida tekshirilganimizda olingan natijalar.


Go‘sht namunalarini surtma usulida tekshirib mikroorganizmlar soni aniqlanganda haqiqatdan ham go‘shtning yuzi va chuqur qatlamlarida ko‘plab mikroorganizmlarni borligi aniqlandi.


Yuqoridagi tekshirishlarni qo‘y go‘shti namunalarida o‘tkazilganda qo‘yidagi natijalar olindi.


66
O‘tkazilgan tajribalarimizni haqiqatdan ham to‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun biz laboratoriya tekshirishlarini o‘tkazdik va tegishli natijalar olindi. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini bakteriologik tekshirish eng mukammal ishlardan biri hisoblanib, ayniqsa oziq-ovqat toksikoinfeksiyasini chaqiruvchi mikroorganizmlarni aniqlash hozirgi kunda dolzarb muammolar qatoriga kiradi. Toksikoinfeksiya chaqiruvchi mikroorganizmlar jumlasiga salmonella, ichak tayoqchasi, protey va boshqa mikroorganizmlar kiradi. Bular ichida eng havflisi salmonella hisoblanib, hozirgi kunda salmonella guruhiga kiradigan mikroorganizmlarni 2000 dan ortiq turi aniqlangan.


Salmonella guruhiga mikroorganizmlarning barchasi o‘zining kultural, biokimyoviy, serologik xususiyati bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Bunday tashqari ularning umumiy belgilari e.Coli turdagi bakteriyalarga o‘xshash shuning uchun ham salmonella guruhiga kiradigan mikroorganizmlarni aniqlashning mohiyati shundan iborat, ya’ni ular maxsus elektiv oziq muxitlariga ekiladi va o‘ziga xos fermentativ va serologik xususiyatlarga ega. Biz o‘z tajribamizda salmonellyoz kasalligini qo‘zg‘atuvchisini aniqlash uchun 3 toifadagi go‘sht namunalari olindi. Olingan barcha namunalar zich oziq muxitlarga ekildi va termostat 37o haroratda belgilangan muhlatda ushlab turildi. Salmonellalar zich oziq muhitlarida o‘ziga xos tabiatli bo‘lib o‘sadi. Endo muhitida yumaloq, rangsiz yoki och qizg‘ish, tiniq, yarim tiniq, mayda koloniyalar, Levin muhitida tiniq, oqish, nozik-qizg‘ish yoki qizg‘ish-binafsha koloniyalar shaklida o‘sdi. Go‘shtni tarkibida mikroorganizmlarni ko‘paya borishi o‘z navbatida go‘shtning sanitariya-gigienik xolatini yomon tomonga o‘zgartiradi. Sanitariya-gigienik xolati yomonlashgan go‘shtdan boshqa turdagi go‘sht mahsulotlari tayyorlanganda, bu mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlari salbiy tomonga o‘zgaradi. Natijada bunday go‘sht mahsulotlari odamlar tomonidan iste’sol qilinganda odamlarda zaharlanish kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.Biz tomon o‘tkazilgan tajribalardan ham shunday fikrga kelish mumkinki, ya’ni dukonlarda sotilayotgan ayrim toifadagi tana go‘shtlarini tarkibida salmonella guruhiga kiradigan mikroblar aniqlandi.


67


Download 94,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish