O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi samarqand qishloq xo‘jalik instituti qo‘lyozma huquqida udk: 37. 5: 614.


Pretsipitatsiya reaksiyasini qo‘yish



Download 94,09 Kb.
bet20/23
Sana13.05.2022
Hajmi94,09 Kb.
#602822
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
qoramol goshtining tarkibidagi salmonella guruhiga kiradigan mi

Pretsipitatsiya reaksiyasini qo‘yish. Bu reaksiyani qo‘yish uchun probirkaga dastlabki materialdan 2 g olinib, maydalab kesiladi va uning ustiga karbolizlangan 0,5 foizli fiziologik eritmadan 10 ml qo‘shiladi. Agar yangi material tekshirilayotgan bo‘lsa, uni oldindan 18-24 soat mobaynida 37o haroratli termostatda ushlab turiladi. So‘ngra ekstrakt 30-40 daqiqa qaynatilib, butunlay tiniq bo‘lguncha neytral asbest paxtasidan o‘tkazilib filtrlanadi. Keyin esa ingichka probirkalarga 0,25-0,30 ml.dan tiniq ekstrakt solinib, shuncha miqdorda oldindan qog‘oz filtridan o‘tkazilgan kuydirgining zardobi qo‘shiladi. Agar 3-8 daqiqa ichida zardob bilan ekstraktning chegarasida pretsipitatsiyalovchi halqa bo‘lsa, reaksiya 10-15 daqiqadan keyin halqa hosil bo‘lsa, gumon va halqa hosil bo‘lmasa manfiy hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida nazorat tekshirishini o‘tkazish lozim. Buning uchun: 1-nazorat. Oldindan ma’lum kuydirgi antigen iva pretsipitatsiyalovchi kuydirgi zardobi, 2-nazorat. Normal zardob va tekshirilayotgan ekstrakt. 3-nazorat. Pretsipitatsiyalovchi zardob va fiziologik eritma. Birinchi nazorat tekshirishida oq halqa hosil bo‘ladi, ikkinchi va uchinchilarida halqa bo‘lmaydi.

61
2-bob bo‘yicha xulosa


Qoramol go‘shtining tarkibidagi salmonella guruxiga kiradigan mikroorganizmlarni aniqlash va go‘shtni veterinariya sanitariya ekspertizasi, qoramol go‘shtining tarkibidagi salmonella guruxiga kiradigan mikroorganizmlarni uchrash darajasiga oid ilmiy tadqiqot ishlari Samarqand shaxar dehqon bozorlaridagi veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi, shahar bozoridagi mollarni so‘yish maskani va Samarqand shaxar veterinariya laboratoriyasi, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya fakulteti “Hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari” kafedrasidagi veterinariya sanitariya ekspertizasi laboratoriyasida o‘tkazildi.

Biz o‘z tajribamizni bajarish uchun asosan dehqon bozorlariga kiritilayotgan turli xildagi hayvonlar go‘shtidan 10 tadan namunalar olindi va tekshirish ishlari o‘tkazildi.


Biz tomondan tekshirilgan 10 ta qoramol tana go‘shtlaridan olingan namunalarni organoleptik va laboratoriya usullarida tekshirganimizda olingan natijalar shundan dalolat beradiki, ya’ni barcha tana go‘shtlari standart talabiga javob beradi va shu bilan birgalikda olingan go‘shtni sanitariya-gigienik xolati talab darajasida. Bu tana go‘shtlarini tarkibida kechayotgan barcha biokimyoviy o‘zgarishlar, ya’ni go‘shtning tarkibidagi biokimyoviy jarayonlar, fermentatsiya jarayonlari va oqsillarning fiziologik strukturasini o‘zgarishi normal ekanligidan dalolat beradi. Keyingi tajribamizda yomon qonsizlangan 5 ta qoramol go‘shtini organoleptik va laboratoriya usullarida tekshirganimizda olingan natijalar.


Biz tomondan tekshirgan 5 ta yomon qonsizlangan qoramol go‘shtidan olingan namunalarning barchasi o‘zining organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, standart talabiga javob bermaydi. SHu bilan birgalikda bu toifaga kiradigan tana go‘shtini sanitariya-gigienik xolati talab darajasida emas.


Yomon qonsizlangan 5 ta tana go‘shtidan olingan namunalarning barchasi laboratoriya usulida tekshirilganda olingan natijalar talab darajasida emas, hamda bu toifadagi go‘shtalarni sanitariya-gigienik xolati ham standart talabiga javob bermaydi.


62
Mana shu yuqoridagi 5 ta namunalarni bakterioskopiya usulida tekshirilganimizda olingan natijalar

Go‘sht namunalarini surtma usulida tekshirib mikroorganizmlar soni aniqlanganda haqiqatdan ham go‘shtning yuzi va chuqur qatlamlarida ko‘plab mikroorganizmlarni borligi aniqlandi.


Yuqoridagi tekshirishlarni qo‘y go‘shti namunalarida o‘tkazilganda qo‘yidagi natijalar olindi.


O‘tkazilgan tajribalarimizni haqiqatdan ham to‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun biz laboratoriya tekshirishlarini o‘tkazdik va tegishli natijalar olindi.


Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini bakteriologik tekshirish eng mukammal ishlardan biri hisoblanib, ayniqsa oziq-ovqat toksikoinfeksiyasini chaqiruvchi mikroorganizmlarni aniqlash hozirgi kunda dolzarb muammolar qatoriga kiradi. Toksikoinfeksiya chaqiruvchi mikroorganizmlar jumlasiga salmonella, ichak tayoqchasi, protey va boshqa mikroorganizmlar kiradi. Bular ichida eng havflisi salmonella hisoblanib, hozirgi kunda salmonella guruhiga kiradigan mikroorganizmlarni 2000 dan ortiq turi aniqlangan.


Salmonella guruhiga mikroorganizmlarning barchasi o‘zining kultural, biokimyoviy, serologik xususiyati bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Bunday tashqari ularning umumiy belgilari E.coli turdagi bakteriyalarga o‘xshash shuning uchun ham salmonella guruhiga kiradigan mikroorganizmlarni aniqlashning mohiyati shundan iborat, ya’ni ular maxsus elektiv oziq muxitlariga ekiladi va o‘ziga xos fermentativ va serologik xususiyatlarga ega. Biz o‘z tajribamizda salmonellyoz kasalligini qo‘zg‘atuvchisini aniqlash uchun 3 toifadagi go‘sht namunalari olindi. Olingan barcha namunalar zich oziq muxitlarga ekildi va termostat 37o haroratda belgilangan muhlatda ushlab turildi. Salmonellalar zich oziq muhitlarida o‘ziga xos tabiatli bo‘lib o‘sadi. Endo muhitida yumaloq, rangsiz yoki och qizg‘ish, tiniq, yarim tiniq, mayda koloniyalar, Levin muhitida tiniq, oqish, nozik-qizg‘ish yoki qizg‘ish-binafsha koloniyalar shaklida o‘sdi.


63


Download 94,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish