O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi


Axborot xossalari. Ma’lumotlarni kodlash



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana29.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#78934
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
axborot va malumotlarning tavsifi va xususiyatlari

2.Axborot xossalari. Ma’lumotlarni kodlash 

Axborotdan  foydalanish  imkoniyati  va  samaradorligi  uning  reprezentativligi, 

mazmundorligi,  yetarliligi,  aktualligi,  o’z  vaqtidaligi,  aniqligi,  ishonarliligi,  

barqarorligi kabi asosiy iste’mol sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir: 



a) AXBOROTNING REPREZENTATIVLIGI — obyekt xususiyatini adekvat ifoda 

etish maqsadlarida uni to’g’ri tanlash va shakllantirish bilan bog’liqdir. 



b)  AXBOROTNING  MAZMUNDORLIGI  —  semantik  (mazmuniy)  hajmini  ifoda 

etadi. 



v) AXBOROTNING YeTARLILIGI (to’laligi) — qaror qabul qilish uchun minimal, 

lekin  yetarli  tarkibga  (ko’rsatkichlar  jamlamasiga)  ega  ekanligini  bildiradi.  To’g’ri 

qaror  qabo’l  qilish  uchun  to’liq  bo’lmagan,  ya’ni  yetarli  bo’lmagan,  xuddi 

shuningdek, ortiqcha  bo’lgan  axborot  ham  foydalanuvchining  qabul  qilgan  qarorlari 

samaradorligini kamaytiradi. 

g) AXBOROTNING AKTUALLIGI (dolzarbligi) — axborotdan foydalanish vaqtida 

uning  boshqarish  uchun  qimmatliligi  saqlanib  qolishi  bilan  belgilanadi  va  uning 

xususiyatlari  o’zgarishi  dinamikasi  hamda  ushbu  axborot  paydo  bo’lgan  vaqtdan 

buyon o’tgan vaqt oralig’iga bog’liq bo’ladi. 



d)  AXBOROTNING  O’Z  VAQTIDALIGI  —  uning  avvaldan  belgilab  qo’yilgan 

vazifani  hal  etish  vaqti  bilan  kelishilgan  vaqtdan  kechikmasdan  olinganligini 

bildiradi. 

ye)  AXBOROTNING  ANIQLIGI  —  olinayotgan  axborotning  obyekt,  jarayon, 

hodisa va hokazolarning real holatiga yakinligi darajasi bilan belgilanadi. 



j) AXBOROTNING IShONARLILIGI — axborotning real mavjud obyektlarni zarur 

aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi. 



z)  AXBOROTNING  BARQARORLIGI  —  axborotning  asos  qilib  olingan 

ma’lumotlar  aniqligini  buzmasdan  o’zgarishlarga  ta’sir  qilishga  qodirligini  aks 

ettiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Актуаллик 

Репрезентатив

лик 

Етарлик 



Informatika  sohasining  asosiy  resursi  -  bu  axborotdir.  Axborot  atrof-muhit 

obyektlari va  hodisalari, ularning  o’lchamlari, xususiyatlari va holatlari  to’g’risidagi 

ma’lumotlardir.   

 

Informatikada  axborot  bilan  bir  katorda  ma’lumot  tushunchasi  ham  keng 



ishlatiladi.  Agar  ma’lumotlar  biz  foydalanadigan  ma’lumotlar  bo’lsa,  u  axborotga 

aylanadi. Shu sabab axborotlarni foydalanadigan ma’lumotlar desa bo’ladi. Masalan, 

qog’ozga  biror  bir  telefon  raqamini  yozib,  birovga  ko’rsatsak,  u  axborot  bo’la 

olmaydi. Lekin, shu telefon raqami yoniga biror bir kishi yoki tashkilot nomi yozilsa, 

u axborotga aylanadi. Har qanday axborot 3 ta muhim sifatga ega bo’lishi lozim: 

1.Axborot o’rganilayotganda narsa yoki hodisani har taraflama to’liq ifodalashi 

lozim, ya’ni u to’liqlik sifatiga ega bo’lishi kerak. 

2.Axborot  ma’lum  ma’noda  qimmatli  bo’lishi  lozim,  aks  holda  undan 

foydalanishga ehtiyoj qolmaydi. 

3.Axborot  ishonchli  bo’lishi  lozim,  aks  holda  uni  kayta  ishlashga  zarurat 

tug’ilmaydi. 

Turli  xil  axborot  uzatish  qurilmalarida  axborot  turli  usulda  uzatiladi.  Masalan, 

tyelyegraf, morzye alifbosi, radio, tyelyevidyeniye, kitob va boshqalar. 

Morzye alifbosida axborot qisqa va uzun signallar orqali kodlanadi va uzatiladi. 

Gazyeta va jurnallardagi axborot harflar va byelgilar orqali kodlanadi va uzatiladi. 

 EHM larda axborotlar ikkilik sanoq sistyemasida kodlanadi va uzatiladi. Buning 

asosiy  sabablaridan  biri  tarmoqdan  impulsning  o’tishining  ikki  holati  bo’lishi  bilan 

bog’liqdir.  Bu  EHM  da  axborotning  saqlanishi  va  uzatilishining  fizik  mazmunini 

bildirsa, tarmoqdan impulsning o’tishiga 1 ni, o’tmasligiga 0 ni mos qo’yilishi uning 

matyematik  mazmunini  bildiradi.  EHM  qurilmalarining  aksariyat  qismi  ikki  xil  - 

"yupiq" va  "ochiq", "ha" va "yo’q"  kabi holatlarda bo’ladi. Bu  holatlarning biriga 0 

raqamini, ikkinchisiga 1 raqamini mos qo’ysak EHM ning ikkilik sanoq sistyemasida 

ishlashi kyelib chiqadi. 

 Agarda  tarmoqdan  impulslarning  o’tishining  uchinchi  holi  bo’lganda  u  uchlik 

sanoq sistyemasida ishlagan bo’lar edi. 

 Axborotni  EHM  da  saqlash,  qayta  ishlash,  uzatish  va  xokazolar  uchun  bizga 

klaviaturada  joylashgan  byelgilardan  va  maxsus  boshqarish  tugmachalaridan 

foydalaniladi. Shuning  uchun  axborotni  tashkil  etuvchilari bo’lgan  byelgilarni  EHM 

da kodlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun barcha byelgilarni (ja’mi 

200  dan  ortiq)  EHM  da  kodlashtirish  uchun  ikkilik  sanoq  sistyemasidagi  nyecha 

xonali sondan foydalanish masalasi turadi. 

Matyematika  kursidan  ma’lumki  ikki  xonali  ikkilik  sanoq  R  sistyemasidagi 

raqamlar  kombinatsiyasi  yordamida  2

2

4  ta  byelgini  kodlashtirish  mumkin,  uch 



xonali  sonlar  yordamida  2

3

8  ta  byelgini  kodlashtirish  mumkin  va  xokazo.  Bizga 



zarur  byelgan  200  dan  ortiq  byelgilarni  kodlashtirish  uchun  esa  ikkilik  sanoq 

sistyemasidagi sakkiz xonali sonlar kombinatsiyasi (2

8

256) zarur bo’lar ekan.  



Raqam,  harf,  tinish  belgilari,  bo’sh  joy  (probel)  dan  iborat  axborot  matnli 

axborot bo’ladi. 

1) 

Matndagi raqam, harf, tinish belgilari, probellarning har biri bitta belgini 



anglatadi. 


2) 

Matnli  axborotdagi  har  bir  belgi  0  va  1  lardan  iborat  8  ta  bit  bilan 

kodlanadi. 

3) 


Har bir belgining axborot o’lchami 8 bit=1 bayt. 

4) 


Matn kompyuter xotirasida fayl ko’rinishida saqlanadi. 

Kompyuterda yaratilgan xujjatning qulayligi: 

1)  Kompakt joylashadi. 

2)  Oson o’chiriladi. 

3)  Ko’paytirish ososn. 

4)  Uzoq masafaga tezkor uzatish mumkin. 

Kompyuterda yaratiljan xujjatning kamchiligi 

1) Faylni faqat kompyuter yordamida o’lchash mumkin. 

Kompyuterlarda  matnli  axborotlardan  foydalanish  XX  asrning  60-yillarida 

boshlandi.  Dastlab  EHMlarda  faqat  lotin  alfaviti  harflaridan  (26  ta)  foydalanilgan. 

Har  bir  belgini  kodlash  uchun  beshtadan  razriyad  (bit)  yetarli  bo’lgan.  Ammo  bu 

belgilarni  boshqa  belgilarni  (raqamlar,  tinish  belgilari  va  b)  kodlash  uchun  yetarli 

emas  edi.  Shuning  uchun  dastlabki  ingliz  tili  kompyuterlarda  bayt  olti  bitdan  iborat 

bo’lgan. Keyinchalik bosh harflarni farqlash hamda boshqa uskunalardan foydalanish 

maqsadida  yetti  bit  bir  baytni  tashkil  qilgan.  1964  yilda  IBM  -360  rusumli  kuchli 

EHM  yaratildi.  Bu  mashinalardan  sakkiz  bitdan  iborat  baytlardan  foydalanila 

boshlandi va 256 belgidan iborat alfavit paydo bo’ldi.

  


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish