1.Axborotning tuzulishi, turlari, shakllari va turkumlanishi
Biz yashayotgan davrning xarakterli xususiyatlaridan biri inson faoliyatining
barcha sohalarida kompyuter texnologiyalarining keng qo’llanilishi bo’lib, bu
jarayonda informatika fani muhim o’rin tutmoqda.
"Informatika" fani XX asrining 50 yillari boshlarida paydo bo’ldi. Informasiya
so’zi lotincha "information" so’zidan olingan bo’lib, "tushuntirish", "tasvirlash"
degan ma’noni anglatadi. Biz uni axborot deb qabul qilamiz.
Informatika fanining kelib chiqishi hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan
bog’liq bo’lib, u dasturiy vositalar yordamida axborotlarni kayta ishlash va ularni
uzatish jarayonlari bilan bog’lik sohadir.
Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni ishlab chiqish
va axborotni kayta ishlashning yangi texnologiyalarini yaratishdir.
Informatika inson faoliyatining turli jabhalardagi axborotlarni izlash, to’plash,
saqlash, uzatish, qayta ishlash va foydalanish masalalari bilan shug’ullanadigan
fandir. U axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, hamda dasturiy vositalarga
asoslanadi.
Informatika fani o’rganadigan uchta asosiy tushuncha bor:
-axborot;
-kompyuter;
-algoritm va dastur.
Axborot tushunchasida axborotlar va ularni qayta ishlash masalalari
o’rganiladi. Kompyuter tushunchasida esa kompyuterning texnik va dasturiy
ta’minotlari o’rganiladi. Algoritm va dastur tushunchasida masalalarni
algoritmlashtirish va dasturlash texnologiyalari o’rganiladi.
Respublikamiz rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi uchun davlat
tomonidan ta’lim tizimiga aloxida ahamiyat berilishi bejiz emas. Buning dalili
sifatida 1997 yil 29 avgustida "Ta’lim" to’g’risidagi qonun Prezident tomonidan
tasdiqlanishi aloxida aqamiyatga ega.
Rivojlangan davlatlar tajribasidan shu ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida
axborot tizimining qanchalik suratda takomillashuvi davlat tizimining ravnaq
darajasini belgilashi ma’lum. Shu ma’noda, axborotlarning ishonchliligi, ularning o’z
vaqtida tayerlanishi ko’p jixatdan kompyuter, dasturchilarni mukammal darajada
bo’lishiga bog’liq, chunki bu uch vosita bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda
faoliyat ko’rsatadi.
Shu narsa quvonchliki, Respublikamizni mustaqillikka erishuvi natijasida
hozirgi barcha o’quvchilar va talabalar zamonaviy IBM PC va Pentium
kompyuterlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shu bois ham,
"Informatika" fani Oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan kompyuter savodxonligi
borasidagi uzluksiz dastur tizimiga kiradi va Davlat ta’lim konsepsiyasiga asoslanadi.
Bunday ulkan vazifani muvaffaqqiyatli amalga oshirishda talabalarga davlat
tilida ma’ruzalar matnini yetkazish aloxida ahamiyatga ega, chunki o’zbek tilida shu
kungacha yozilgan ushbu fanga oid adabiyotlar texnika mutaxassisligi bakalavri
tayyorlashga bo’lgan talablarga javob bermaydi. Ma’ruzalar OUMTV Oliy
professional ta’lim Davlat standartiga mos holda "Informatika" fanidan yozilgan
ma’ruzalar matnini asosiy maqsadi: talabalarning kompyuter imkoniyatlaridan
Маълумот
Ахборот
xabardor qilib, kompyuter bilan muloqot o’rnatish usullarini o’rgatish va unda turli
masalalarni yecha olishga yo’naltirish. Shu fanni o’qitish jarayonida talaba hozirgi
zamon kompyuterlari bilan muloqotda bo’lib (operasion tizim va qobiq dasturlar),
uning texnik imkoniyatlarini o’zlashtirishi, algoritmlash usullarini va turli amaliy
masalalarni yechish uchun dasturlash tillari (Beysik yoki Paskal)dan birida dastur
tuza olishi, hamda amaliy dasturlar paketlaridan foydalana bilishi lozim. Talaba
kompyuter imkoniyatlarini va dastur tuzishni o’zlashtirgan holda o’z mutaxasisligi
bo’yicha yechiladigan masalalarga va muammolarga ularni tadbiq qilish
ko’nikmasini hosil qilishi kerak.
Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy obyektlar, shuningdek,
ular o’rtasidagi o’zaro aloqa va o’zaro ta’sirlardan, ya’ni jarayonlardan tashkil
topgan.
Sezish a’zolari, turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi
dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda
zarur va foydali deb topilsa — axborotga aylanadi. Demak, ma’lumotlarga u yoki bu
sabablarga ko’ra foydalanilmayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan,
saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash
mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to’g’risidagi mavxumlikni kamaytirish
uchun foydalanish imkoniyati tug’ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Demak,
amaliyotda foydali deb topilgan, ya’ni foydalanuvchining bilimlarini oshirgan
ma’lumotlarnigina axborot deb atasa bo’ladi.
Inson o’z hayotida tug’ilgan kunidan (ta’bir joiz bo’lsa, hatto ona qornida
dastlabki paydo bo’lgan kunidan) boshlab doimo ma’lumotlar bilan ish ko’radi.
Ularni o’zining sezgi a’zolari orqali qabul qiladi.
Kundalik turmushimizda biz axborot deganda atrof- muxitdan (tabiatdan yoki
jamiyatdan), sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday
ma’lumotni tushunamiz.Tabiatni kuzata turib, insonlar bilan muloqotda bo’lib, kitob
va gazetalar o’qib, televizion ko’rsatuvlar ko’rib, biz axborot olamiz. Matematik olim
axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish orqali xulosa
chiqarish natijasida hosil bo’lgan bilimlarni ham kiritadi. Boshqa soha hodimlari ham
axborotni o’zlaricha talqin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha
tushunilar ekan. Lekin axborotlarning umumiy tomonlari ham borki, u ham bo’lsa
beshta muhim hossaga ega bo’lishligidir. Bular axborotni yaratish, qabul qilish,
saqlash, ishlov berish va uzatish xossalaridir.
Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida qo’llaniladi.
Shu sababli axborot tyexnik-iqtisodiy, falsafiy, shuningdyek gnosyeologik
(axborot anglash vositasi sifatida), kibyernyetik kabi bir qator jihatlari bilan
farqlanadi.
O’z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi: shu bilan birga fanning har
bir tarmog’i, hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo’lsin, undagi axborot o’zining maxsus
tomonlari bilan tasniflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |