3.Axborotlarni o’lchash. Sonli ma’lumotlarni kodlash
Siz ko’rishingiz, eshitishingiz yoki o’qishingiz mumkin bo’lganlarning
barchasi - axborotdir. Kundan kunga axborot hajmi ortib bormoqda.
Axborotlardan foydalanish uchun, aytaylik oson topish uchun, ularni saqlash va
tizimlashtirish zaruriyati yuza keladi. Bu jarayonlarni osonlashtirishda bizga
raqamli axborot tashuvchilari yordamga keladi.
Ma’lumki kompyuter axborotlarni tizimli (sistema) blokidagi qurilmalar
yordamida qayta ishlaydi. Axborotlar tizimli bloki qurilmalariaro kabellar orqali
uzatiladi. Yoki biz tashqi qurilmalar- klaviatura yoki sichqoncha yordamida
kompyuterga buyruq beramiz.
Biz kitob o’zida muayyan mazmunni mujassamlashtirigan so’z va
jumlalardan iborat ekanligini yaxshi bilamiz. Har bir so’z harflar asosida
shakllantiriladi. Demak, biz o’zimizga kerakli bilimlarni - ya’ni axborotni
kitobdan olishimiz mumkin. Kompyuter harfni, so’zni, jumlani, kitobni yoki
borliqni inson kabi tushuna olmaydi. Kompyuter qurilmalarida barcha axborotlar
signallar asosida ayrboshlanadi, qayta ishlanadi, saqlanadi va h.q. Kompyuter
signalni uning borligi (ha) yoki yo’qligi (yo’q) bilan ajratadi.
Kompyuter signallarini hosil qilishda «ha» yoki «yo’q» so’zlarini raqamli
ekvivalenti sifatida 0 yoki 1 raqamlari olinadi. Raqamlar soni 2 ta bulgani uchun
ular ikkilik sanoq sistemasidagi sonlar sifatida qaraladi.
Bitta raqam: 0 yoki 1 bit deb ataladi. Demak, bir bit: 0 yoki 1 raqamlarni
biridan iborat bo’ladi. 1 bit (binary digit) so’zi ikkilik sanoq sistemasidagi raqam
degan ma’noni anglatadi.
Bit - bu kompyuterdagi eng kichik axborot birligi bo’lib, u 0 yoki 1
raqamlarni biridan iborat bo’ladi. Uni kompyuter saqlashi yoki uzatishi mumkin.
Matematikada 1, 2 va 3 raqamlarni - kombinasiya qilish orqali 6 ta sonii
tuzish mumkin, ya’ni 123, 321, 213, 312, 132, 231.
Agar 0 va 1 sonlardan iborat 8 ta raqam olinsa, kombinasiyalar soni 256
tani tashkil qiladi (2
8
=256) va bu kombinasiyalar soni alfavitdagi harflar, sonlar va
belgilarni ifodalash uchun yetarli bo’ladi.
0 yoki 1 raqamlaridan iborat 8 ta raqam 8 bitni tashkil qiladi.
Kompyuterlarda axborotlar o’lchamini hisoblashda 8 bitni 1 bayt deb
nomlash qabul qilingan. Bayt birligi orqali axborotlarni kompyuterlardagi
axborotlarni o’lchami aniqlanadi.
Uzunliklarni hisoblashda sm hisobi dm ga, dm hisobi m ga, m hisobi km ga
aylangani kabi, kompyuterlarda axborot sig’imini hisoblashda baytdan boshqa
h
isoblashlar ham qo’llaniladi.
2
0
=1, 2
1
=2, 2
2
=4, 2
3
=8, 2
4
=16, 2
5
=32, 2
6
=64, 2
7
=128, 2
8
=256, 2
9
=512,
2
10
=1024, …
2
0
=1 bir bit, 0 yoki 1 raqamlaridan biri;
2
3
= 8 bit = bir bayt
Demak, 8 bit = 1 bayt, 1024 bayt = 1 kilobayt;
Kompyuterlarda axborotlar o’lchamini aniqlashda quyidagi o’lchov birliklari
ketma ketligi o’rinli bo’ladi: Bayt; kilobayt; megobayt; gegabayt; terabayt;
petabayt; eksabayt; zettabayt; yottabayt.
Do'stlaringiz bilan baham: |