АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
-
inson identifikatsiyasi (o’quvchining bilimlarini o’ziga singdirish jarayoni,
uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o’zlashtirib borish va boshqalar),
-
refleksiya (inson o’zini – o’zi anglash hamda bo’lg’usi faoliyatni amalga
oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq
etish imkoniyatlari tug’ilishi kabilar).
SH.Byuler intellektual taraqqiyotni quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi shart
deb hisoblaydi:
-
sinkretizm (tushunchalarni bir – biridan ajrata olmaslik holati);
-
agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi,
vaqtni noadekvat, noto’g’ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo’laklariga
binoan bir umuiyatga yaxlitlash, birlashtirish);
-
xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson o’zi tug’ilib o’sgan Vataniga biron –
bir jihatdan yordam berishi;
-
realiya (realizm, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol
tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat
fikrlashning ko’rinishi singari).
Jahon psixologlari to’plagan ilmiy materiallarni umumlashtirib, intellekt
muammosini tadqiq qilishda diqqat – e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb
hisoblaymiz:
-
intellektning yosh davr xususiyatlariga bog’liqligi;
-
jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi;
-
millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi;
-
oilaning ijtimoiy – iqtisodiy statusi bilan uyg’unlashuvi;
-
ota – onalarning ma’lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi;
-
biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, xislatlari qanchalik rol
o’ynashi va hokazolar.
Uzluksiz ravishda o’tkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir qator
ilmiy nazariyalar (kontseptsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi intellekt
muammosini o’ziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib keladi:
-
muammo yechimi uslubi va strategiyasi;
-
intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi;
-
vaziyatlarga
nisbatan
alohida
yondashishning
samaradorligi
yoki
mahsuldorligi (ma’naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funktsional tomonlari,
yo’nalishlari;
-
alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni taqozo
etish xususiyati, holati;
-
kognitiv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar.
SHaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday omillar
bilan uzviy bog’liq ekanligi ko’zga yaqqol tashlanadi:
-
bilish, o’qish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ
darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi;
-
yangilikni qidirish, muammo yechimini topish, muayyan vositalar tanlash
hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon bo’lishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |