АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
KASB PSIXOLOGIYASINING ILMIY TADQIQOT METODLARI
Reja:
1. Kuzatish metodi
2.Test metodlari
3. Biografiya va anketa matodlari
4.Djon Moreno “Sotsiometriya metodi”
5.Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari
Avvalo metodlar haqida ikki og’iz so’z. Metod so’zi –
yunoncha methodos
bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana
yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham,
bilim
berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan
uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi
qo’llaniladigan tadqiqot metodalri haqida so’z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o’rin
egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Mazkur
metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo’lib hisoblanib, uzoq o’tmish
zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan
biri bo’lib, keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti,
ko’lami yanada kengaydi,
murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar,
kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi, sifat
hamda mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi.
Kuzatishning
texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari,
usullari paydo bo’ldi, xolisonalik (ob’ektivlik) darajasi ortdi,
ishonchliligini
ifodalovchi mezonlar, o’lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish metodi
psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kiritilib,
uning barcha
sohalarida qo’llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiylik imkoniyatining yuksakligi, statistik
hisoblashga beriluvchanlik xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi.
YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan
jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
- voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi)ni kuzatish
oqimini muayyan qismlarga,
yo’nalishlarga ajratish (nemischa – lotincha «kvantifikatsiyalash», ya’ni eng zarur,
birinchi darajali jihatlarini saralash);
- kuzatishning ko’lami (hajmi), xususiyati va o’ziga xosligini aniqlash, ya’ni
uning nimalarga qaratilganini belgilab olish;
- kuzatish
jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa,
ko’rinishning o’ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni
frantsuzcha – lotincha «fiksatsiyalash»);