Bog'liq Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro
Traditsionalizm «ortodoksal islom» nomi bilam ham yuritiladi. U o’zbek tilida ilk islom ta’limoti, Qur’on va sunnalarda qayd etilgan g’oyalarini asl mohiyatiii saqlab qolish, zamon, davr o’garishi bilan ayrim islom aqidalarining ham o’zgarishi mumkinligi haqidagi fikrlarni inkor etuvchi ruhoniylar faoliyati bilan bog’liqdir. Traditsionalistlar nuqtai nazaricha, islom dinining aqidalari, olam haqidagi Alloh ta’limotn abadiy va mutlaqdir. Zamonda va tarixda bo’ladigan har qanday o’zgarish Alloh tomonidan oldindan belgilangan va hukm qilingan bo’lib, barcha narsa va hodisalar uning irodasi bilan sodir bo’ladi va mavjuddir. Traditsionalizm islom dinida hurfikrlilik va erkinlik bo’lishiga tish-tirnog’i bilan qarshi chiqadi, islomdagi o’zgarishlarni tanqid qiladi. Buning yorqin ko’rinishi XVIII asr oxirlarida paydo bo’lgan va xozirgi kunda jahonning qator mintaqalarida ortodoksal islomni targ’ib qiluvchi o’ta janggari oqimlardan biri vahhobiylikhisoblanadi.34 Modernizm, ya’ni islom dinini ijtimoiy taraqqiyot, fan va texnika yutuqlari bilan uyg’unlashtirishga urinish muayyan darajada mafkuraviy yo’nalish yoki ta’limot mavqeiga egadir. Islom modernizmi asosan XIX asrlarda paydo bo’lgan. U islom dunyosining ilg’or fikrli ziyolilari tomonidan yaratilgai. Ular G’arbda burjua munosabatlarining rivojlanishi ijobiy samara berganligi va fan-texnikaning gurkurab rivojlanishiga olib kelganligini ko’rib, jamiyatlarini xam isloh qilish, shariat qonunlari burjua huquqini tiklashni taklif qildilar. Turkiya XX asrning 20- yillarida Sharq mamlakatlari orasida birinchi bo’lib kapitalistik munosabatlar o’rnatgan. Turkistonda bunday urinishlar jadidlar harakatida ko’zga tashlanadi. Jadidlar islom mistik qarashlar o’rniga ilm-fanni rivojlantirish milliy taraqqiyot uchun qanchalik zarur ekanligini birinchilar qatorida anglab etganlar.
Mavzu bo’yicha savollar:
Islomning vujudga kelishi sabablarini aniqlang.
Arabiston yarim orolining aholisi islomgacha qaysi dinga e’tiqod qilgan?
Hanifiylar harakati qanday g’oyaga asoslangan?
Muhammad alayhissalomning Makka shahridagi da’vatlarining muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanishi sababini ko’rsating.
Nima uchun Yasrib shahri aholisi Muhammad alayhissalomning da’vatlarini qabul qilgan?
34 Диний бағрикенглик ва мутаасиблик. Т., 2007. 31-32 бетлар.
Islom iymoni aqidalari deganda nimani tushunasiz?
Islom arkonlariga nimalar kiradn?
Islomning asosiy bayramlarini izohlab o’ting.
Islomla yunalishlar va oqimlarning yuzaga kelish sa- bablari nimalardan iborat?
Sunniylik va shialik o’rtasidagi tafovutlarni aniqlang.
Shialarning islomning muqaddas manbalariga munosa- batlarini izohlang.
Nima sababdan xorijiylariing tarafdorlari juda kam sonli bo’lib qolgan?
Nima sababdan sunniylikka e’tiqod qiluvchilar ortodoksal islom tarafdorlari deb ataladi?
Sunniylikda diniy ekstremizmning manbai bo’lgan diniy-huquqiy maktabni aniqlang.
Sufizm oqimining asosiy g’oyalarn va maqsadi nimalardan iborat? 16.Markazi Osiyoda tasavvufning qaysi tariqatlari yuzaga kelgan?
Islomdagi an’anaviylik va zamonaviylik jarayonlarining o’ziga xosligi nimalardan iborat?