«Sonlar» kitobiga ko’ra Yahudiy xalqining Muso payg’ambar boshchiligidagi Misrdan chiqishining ikkinchi kuni ularga urushga yaroqlik barcha erkaklarning hisobini olishga buyurdi. Bu kitobda Muso payg’ambar rahbarligidagi Yahudiylarning qabila, urug’, avlodlar bo’yicha asosiy namoyandalarining nomlari sanab o’tiladi. Yana, unda Misrdan chiqqan Banu Isroil qavmining Muso payg’ambar bilan kechirgan hayotlari va tortgan qiyinchiliklari va olib borgan janglari haqida so’z boradi. Yahve Musoga janglarda qo’lga kiritilgan o’lja va asirlarning hisobini olish va ularni qanday taqsimlash borasida ko’rsatmalar beradi.
«Ikkinchi qonun» kitobi 34 bobdan iborat. 27, 31, 34-boblardan tashqari qolgan qismlari birinchi shaxs nomidan yozilgan. Bibliyada keltirilgan rivoyatga
ko’ra, birinchi avliyo Xilkiya nomli shaxs Iosiya podshohligining 18 yilida, ya’ni mil.av. 621 yilda Quddus (Ierusalim) ibodatxonasida Qonun kitobini topgan.
«Ikkinchi qonun»ning asosi ana shu Qonun kitobi hisoblanadi.
Talabalarga Yahudiylik dini haqida ma’lumot berar ekanmiz, bu din eng qadimgi monoteistik dinlardan biri bo’lishi bilan birga, jahon dinlari bo’lmish xristianlik va islom dinlari vujudga kelishi va ta’limotining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan din ekanligi haqida to’xtalib o’tishimiz lozim.
Yahudiylar falastindan Assuriya quvg’inlari paytida – mil. avv. VIII-VI asrlarda Eronga ko’chib kela boshlaganlar. Erondan O’rta Osiyoga esa taxminan mil. avv. V- III asrlarida ko’chib kelgan. Samarqand va Buxoroda Yahudiylik diniga e’tiqod qiluvchi Yahudiylar yashay boshlaganlar.
Markaziy Osiyoda yashayotgan (hozirgi kunda kam qolgan) Yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko’rinishlar tartibiga muvofiqto’rt xil: evropalik, buxoro, gruzin, tog’li yoki tat Yahudiylariga bo’linadi2.
2. Talabalarning diqqatini Hindiston xalqining boy madaniyatiga qaratib, uning eng qadimgi muqaddas bitiklari va ular bilan bog’liq dinlar, ularning shakllanishi haqida atroflicha ma’lumot bermog’imiz lozim. Mil. av. ikkinchi ming yillik o’rtalarida Hindistonning shimoli-g’arbiy qismiga, hozirgi Panjob hududiga g’arbdan Hindikush dovoni orqali o’zlarini oriylar deb atalgan jangari xalqlar bostirib kela boshladilar. Bu xalqlar Eronga ko’chib kelgan qo’shni qabila tillariga juda Yaqin bo’lgan, hind-evropa tillaridan kelib chiqqan tilda gaplashar edilar. Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo’lishlari bilan birga she’riyatga ham usta edilar. SHu yo’l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni o’zlari xohlagan tarafga o’zgartira oldilar. Ular o’zlari bilan muqaddas yozuvlari – Vedalar (sanskr.
Do'stlaringiz bilan baham: |