Yahudiylik ta’limoti: Yahudiylik ta’limoti to’rt asosga tayanadi
Olamlarni yaratuvchi Yagona xudo – Yahvega imon keltirish. Yahve so’zi
«rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi. Tavrotning «Chiqish» kitobida Xudoning Musoga aytgan ushbu so’zi keltiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq, Ya’qublarning parvardigori, u meni sizga yubordi» (Chiqish: 3). Mil. av. VI asr oxirlarida Yahudiy ruhoniylari oddiy xalq hurmatini pasaytirib qo’ymasliklari uchun Yahve so’zini ishlatishni man etib, uning o’rniga murojaat uchun «Adonay» («Rabb, Xoja») so’zini qo’llashni buyurganlar. SHundan so’ng faqat ruhoniylargagina ibodat vaqtida Yahve nomini tilga olishlariga ijozat berilgan. Yahudiylik ta’limotiga ko’ra, Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va Yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab Yahudiylik dinida shanba kuni ulug’ kun hisoblanib, hech bir ishga qo’l urilmaydi.
Yahudiylar er yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular o’zlarini Xudo tomonidan saylangan, muqaddas xalq ekanini, Yahudiyning ruhi Xudoning bir qismi hisoblanishini da’vo qiladilar.
Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra, oxirzamonda Yahve Yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi:
dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun Yahudiylarni Sinion
atrofida to’playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi.
Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan Talmudda bayon etilgan. Unga ko’ra, Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo oladilar.
Yahudiylik ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Tur tog’ida Yahve bilan uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning
«Ikkinchi qonun» kitobidan o’rin olgan bo’lib, Yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart. Ular quyidagilardir:
Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;
But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik;
Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash;
Ota-onani hurmat qilish;
Nohaq odam o’ldirmaslik;
Zino qilmaslik;
O’g’rilik qilmaslik;
Yolg’on guvohlik bermaslik; 10.Yaqinlarning narsalariga ko’z olaytirmaslik.
Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda Yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda Yahudiylar amal qilishi va bajarishi lozim bo’lgan 248 ta buyruq, 365 ta taqiq mavjud. Ular Yahudiyning ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari, marosimlar va bayramlariga taalluqli masalalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar diqqatini Yahudiylikning manbalariga qaratsak maqsadga muvoffiq bo’ladi. Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o’zining muqaddas yozuvlariga ega. Uning asosan ikkita manbasi bo’lib, biri – mil. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketilishiga boshchilik qilgan Muso payg’ambarga Tur tog’ida berilgan Tora (Tavrot; Torah of Moses; Totah shebikhtav, mil. avv. 11-6 asrlar o’rtasida shakllangan), ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bo’lgan yozma manba Talmuddir (3-6 asrlarda shakllangan). Yahudiylikdagi bu ikki muqaddas sanaladigan manba xristian Bibliyasining tarkibiy qismlarini (aynan emas) tashkil etadi.
Xristianlar va Yahudiylar Bibliya so’zini turli tushunadilar. Yahudiylar uchun Ibriy Bibliyasi (Hebrew Bible) xristianlarning Qadimiy Ahdi (Old Testament). Yahudiylar Bibliya so’zi ostida ko’pincha o’zlarining Tanaxlarini (Tanakh) tushunadilar. Musoga tegishli bo’lgan besh kitob «Tavrot» deb ataladi va quyidagi kitoblarga bo’linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4)
«Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun».
Do'stlaringiz bilan baham: |