O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Miromonovichga



Download 25,45 Kb.
bet1/2
Sana21.05.2022
Hajmi25,45 Kb.
#605767
  1   2
Bog'liq
Ochiq xat


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
Miromonovichga

Hunarmand tadbirkor


Yorieva Moxira tomonidan

O CH I Q X A T
(t a l a b n o m a t a r t i b d a)
Assalomu alaykum Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev men siz bilan birinchi maratoba yuzma-yuz uchrashganimda men sizni yuzingizdagi tabassumni bizga bildirgan ishonchingiz deb qabul qildim. Maqtovingizdan g‘ururlandim va’dangizga ishondim.
Men Prezident va’dasiga qaroriga ishonib oilam barbod bo’lishiga oz qoldi, ayol boshim bilan musofirchilikni ko`rdim.Musofir yurtda o’lim bilan yuzlashib yer bilan osmon o’rtasida muallaq turdim, bo’ynimda yetmish millon qarzim bor edi. Bolalarim endi nima qiladi meni qarzlarimni qaerdan to’laydi odamlar qarzni so’rab kelsachi xali turmushga chiqmagan qizimni bo’yniga yigirma millon kredit to`lay olmasa nima bo`ladi. Majburiy ijro degani bolalarimni ikki xonali uyidan ham chiqarishadi.1999-yilda tug‘ilgan qizim Mustafaeva Charos 2018 yil kollej bittiruvchisi edi , shu yili Pedagogika Universitetiga hujjat topshirmoqchi edi.Men qizimga tadbirkor, hunarmand bo`lasan dedim. O’g‘lim Mustafoev Fozil 1995 yilda tug‘ilgan 2014 yildan buyon Rossiyada ishlaydi. Ishlab yiqqan puliga hovlilik tayyor uy-joy sotib olmoqchi edi. Men bolamni ishlab topgan puliga yana uzimni tadbirkorlik ishimni yuritib turgan ro’zg‘orimga ishlatib turgan pullarimizga Prezident qaroriga ishonib 25-nafar xotin qizlar bilan hunarmandchilik ishini boshladim.
Millliy buyumlar tayyorlanadigan, saqlanadigan muzey qurmoqchi bo’lib yer ham sotib oldim, bolalarim fikrimga boshlagan ishimga qarshi chiqisha olishmadi. Men nodon ona nima qilib qo’ydim, bolalarimni orzu xavasini yo’qqa chiqardim, bolalarimni mehnat qilib topgan puliga qaysidir muttaham tekinxo’rlarga unvon olib berdim. Men musofir yurtda o’lim bilan yuzlashib ajal bilan emas Prezident tashabbusi bilan o’tkazilgan xalqaro anjuman maydonidagi iblis shaytonlar bilan olishdim.
Yer bilan osmon o’rtasidagi muallaq turib tubanlikka qarab yiqildim tubanlikka yetmasimdan ko’m-ko’k adirdan tepalikka qarab yurib ketdim “Olloximni” bolalarimga raxmi keldi..
Meni Musofir yurtda ikki marotaba o’limdan asrab xaqqimni talab qilishimga xaqiqatni aytishimni Prezident bilan uchrashimni ko`nglimga soldi. Men 3–yil musofirchilikda yurib qarzlarimni to’ladim, o`zimni sog‘ligimni tikladim. 2021yil 27 sentabr kuni vatanimga qaytib keldim. 2-3 oy maboynida yuragimdagi bor nafratimni to`kib O’zbekiston Respublikasi Prezidentga vedio murojat tayorladim.
Muhtaram Prezident Sh.Mirzyoyev Prezident sovruni uchun tashabbus: Xalqaro anjuman tashkillashtirishgizdan asl maqsadingiz nima edi. Xalqni manfati. Davlat obro’yi edimi? yoki birinchi Prezidentimiz marhum I.A.Karimov Mustaqil O`zbekistonni birinchi Prezident bo`lib I.A.Karimov nomini tarixda qoldirilgandek siz ham jahonda birinchi anjuman o’tkazgan Prezident bo`lib Sh.Mirziyaev nomini tarixda qoldirish edimi? Marxum Prezidentimiz I. A. Karimov davrida xalq musofirchilikka mahkum etildi. Xalqni musofirchilikdan mardikorlik qilib topgan 4-5 so’m bola chaqasini rizqini ham yig‘ib olish edimi? Xalqaro anjumanlardan xalq hech qanday manfaat ko’rmadi aksincha zarar ko’rdi tadbirkorga, fermerga, xalqqa soliq solindi. Anjuman o’tkaziladigan maydonni bezash uchun hunarmanddan shunchaki foydalandi xolos.
Bu anjuman hech qanday maqsad ham bo’lmadi. Prezident kelishi uchun xokimlarni ishlayotganini ko`rsatish uchun tayorgarlik bo`ldi xolos. Video murojatimda mana shu so’zlarini yuragim to’la nafrat g‘azab bilan aytdimu yana o’ylab qoldim balki Prezident bu ishlaridan xabari yo’qdir! Nafsini tiya bilmagan yeb to’ymagan yalab ham to’ymaydiganlar mansab parastlar uchun xammani yuziga qora tortilishini, internetga chiqib butun dunyoni og‘zimga qaratib o`z yurtimni sharmanda qilishni xoxlamadim. Shu siz ham butun dunyo O’zbekistonga xozirgi vaqtda past nazar bilan qarayapdiku. Men vatanimni o’z uyimday yaxshi ko`raman ayolman onaman yetti o`lchab bir kesdim. Prezident nomiga ochiq xat va shikoyat xati yo’llashga qaror qildim.

Download 25,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish