Men Prezident nomiga yo’llagan shikoyat xatimga bo’lgan voqiyalarni qog‘ozga yozib o’z xoliday batafsil yoritib ifodalab berolmasman balki! Lekin men 2017 yil 17 noyabr kunidagi milliy buyumlarimizni, qayta tiklash, qadirlash, xunarmandchilikni rivojlantirish xalqni ish bilan band qilish to’g‘risidagi Respublika Prezidenti qarorini maqsad-moxiyatini anglab yetganim uchun! Tadbirkor bo`lganim uchun, Prezident qarorini hurmat bilan qabul qildim! Prezident siyosatini qo’llab quvatlamadim. Muhtaram Sh.Mirzyoyev siz ishonib vakolat bergan mansab berib qo`ygan ayrim manqurt nonxo’rlar nafsini tiya bilganida bir oddiy ayol,oddiy tadbirkor his qilgan tuyg‘uni, xis qilgan masulyatni xis qilganda yedi! Bizni mamlakatimizda xam Demokratiya xukumronlik qilgan kambag‘allar, musofirlar, mardikorlar, tirik yetimlar soni kundan–kunga ko’paymagan bo`lar edi. Muhtaram Prezident Sh.Mirziyoyev siz millatni g‘ururi qadrini tiklash uchun eng to’g‘ri yo’lni tanlab ,eng to’g‘ri qaror qabul qildingiz! Lekin eng muhum narsani e`tiboringizdan chetda qoldirdingiz! Sizni qarorinigiz bilan yo’qolib ketgan milliy buyumlarimiz qayta paydo bo`ldiyu ,kimlarnidir manfati uchun xizmat qiladigan prokatga aylandi. Xalq musofirchilikda mardikorchlikda xalqi qashshoq yahsyotgan davlatni butun dunyoni chorlab xalqaro anjuman o`tkazish .Bu yaratgan ham xush yoqmadi!
O‘zbekistonda xalqaro anjuman kunlari ayni avjiga chiqqan bir paytda butun yer yuziga o`lat tarqaldi! Xattoki kofirlar ham tavba tazarruk qildi;Astofurullox bizni O`zbekistonimizdagi armaturaniyam butun yutadigan xudo berdi deb koronavirusga ham og‘zini ochgan ayrim kalamushlar Prezidant sovrinini xalqqa berib qo`yadi deb o`ylaysizmi ? 2020 yilda karantin boshlangan davrda hech qaysi bir davlatdni xalqi O`zbekistonni xalqichalik xor bo`lmadi! Butun internetni O`zbek xalqini musofirlarini faryodi tutib ketdi.
Muhtaram Prezident xalq sizga ishongan edi. Ishsizlikdan mutojlikdan qiynalgan xalq minglab odamlar kredit oldi. Kimdir eshigidagi qaroqog‘ozni qaynatib turgan bitta sog‘in sigiriniyam sotdi yana kimdir menga o`xshab erini bolasini musofirchilikdan mardikorchilikdan ishlab topgan puliga, tadbirkor hunarmand, guvoxnomasini, savdo-sanoat palatasini guvoxnomalarini sotib olishdi.
Tadbirkor hunarmand bo`lganiga ming pushaymon bo`lib kreditni qaerdan to’lashni bilmay xisob-kitobini yettiirib kalavani uchini tuta olmay o`zini aybdor qilib bola-chaqasini bilan kunlik ish qidirib kredit to’layotganlarni yana kimdir menga o`xshab bola-chaqasini tashlab chet davlatga mardikorchilik qilib kredit to’layotgan minglab vatandoshlarimni ko`rdim.
Meni boshqalardan farqim shundaki , Men bunday vaziyatga birinchi marotaba tushishim yemas edi, kalamushlar chaynab chigal qilib tashlagan kalavani uchi meni qo`limdaligidir. Meni xaqiqiy hunarmandchiligimni ish bilarmon ayol ekanligimni jahon bozoriga chiqishim mumkin ekanligini Prezident sovriniga ega chiqishim mumkinligidan xovotirlanib meni oldimga band qo`yib boshlagan edi.
Muhtaram Prezident Sh.Mirziyoyev 2017 yil 17 noyabr kunidagi milliy buyumlarimizni qayta tiklash qadirlash ,hunarmandchilikni rivojlantirish xalqni bilan band qilish to’g‘risidagi Prezident qarori xali yam o`z kuchida bo`lsa men ushbu Prezident qaroriga qo`shimcha taklif kiritmoqchiman. Men buncha o`zimni to’liq xaqqim bor deb hisoblayman.
Men bir ayol boshim bilan vatanimni ravnaqiga ,xalqimni farovonligiga kelajak yosh avlodni vatanga mehr-muhabbat ruxida tarbiyalashga o`z hissamni qo`shdim. Men Prezident qarorini hurmat bilan qabul qildim ,Prezident siyosatini qullab-quvatladim . Men o`z yurtimda tadbirkor hunarmand bo`lib xo`rlandim ozor ko`rdim moddiy ma’naviy zarar ko`rdim. Lekin men bugun shu narsani anglab yetdimki o`tgan davr menga maktab eng katta oliygoh bo`ldi! Men yana qayta o`z yurtimda tadbirkor bo`lib ishlamoqchiman ,minglab yoshlarga hunar o’rgatib musofirchilikda yurgan O`zbek xotin qizlarini vatanga qaytarishni ular ish bilan band qilishni o`z zimmamga olmoqchiman albatta buni Prezident xoxlasa meni qo`llab –quvvatlasa.
Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev men Prezident rahbarlarga bergan va’dalarini ustidan yuz foiz oshig‘i bilan chiqdim.Prezidentdan rahbarlaridan menga bergan va’dalarini ustidan chiqishlarini talab qilishga yuz foiz xaqqim bor .
Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev meni Prezdent bilan yuzma –yuz uchrashib yana tadbirkor bo`lib ish boshlamoqchiman men endi kimlarnidir manfati uchun unvon olishi uchun yoki prokatga ishlamoqchi emasman .
Maqsadingiz davlatni obro’yi xalqni manfati bo`lsa Qashqadaryoga kelishingizni ,men e’tiroz bildirayotgan ayrim rahbarlar bilan meni yuzlashtirib xaqiqatni bilishingizni hoxlardim va meni yana qayta Tadbirkor hunarmand bo`lib ishlashim uchun meni oldimga band qo`ymasliklarini talab qilaman.
Yoriyeva Moxira Abdusomadovna
Xurmatli meni maktubimni ilk bor qo`lga olib o’qiyotgan Prezident vakili meni ushbu ochiq xatimni Prezidentimizga o`z vaqtida yetkazishingizni sizdan iltimos qilib so’rayman .
(Xar ehtimolga qarshi o`zimni video murojatimdan shikoyat xatimdan bir necha nusxada ko’paytirib o`zimga ishonchli bo’lgan insonlar qo`liga topshirdim video murojatimni internetga joylashtirishga tayorlagan edim.) Meni ochiq xatim Prezidentga etib bormaganda kechiktirilganda yoki shikoyatim tufayli menga biron taziq tuxmat uyushtirilganda ,video murojatimni internet tarmoqlarda tarqalishiga siz sababchi bo`lishingiz mumkin.
Tel: +998 90 288 18 74 06.04.2022
Ilova: Ochiq xat 3 varaqda
Shikoyat xati 15 varaqda