Tojikiston-Xitoy munosabatlari
Markaziy Osiyoning 5-mamlakati Tojikiston ham Xitoy ambisiyalaridan holi emas. 2017 yilda Xitoyning Tojikistonga to'g'ridan-to'g'ri sarmoyasi 95 million dollarga etdi. Ta`kidlab o'tish joiz-ki, bugun Xitoy, qachonlardir Rossiya ta`sir doirasida bo'lgan mintaqadagi eng yirik savdo sherigi xisoblanadi.
Ammo, shuni ham nazardan qochirmaslik lozimki, Rossiya Markaziy Osiyoda, ayniqsa savdo va energetika sohasida kuchli pozisiyasini yo'qotgan bo'lsa ham, hamon mintaqaviy xavfsizlik sohasida muhim rol o'ynaydi.
Umuman, bu vaziyatda Rossiyaning mintaqaviy ta`siri birdaniga butkul yo'q bo'lishi u qadar mantiqli ham emas, ayniqsa Moskva va Pekin munosabatlari mustahkamlangan bir paytda.
Bundan tashqari, Kremlь Markaziy Osiyodagi madaniy, til va siyosiy doiralarida mustahkam o'rnashuvini hozirgacha saqlab qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |