Qozog'iston-Xitoy munosabatlari
Qozog'iston birinchi bo'lib Xitoy tashabbusiga qiziqish bildirgan va «Bir makon, bir yo'l» loyixasiga qo'shilish maqsadida davlat darajasida «Nurli yo'l» rejasini ishlab chiqqan davlat xisoblanadi.
Xitoy Qozog'istonning energiya importiga tayanadi va o'zining eng yaqin g'arbiy qo'shnisini «Bir makon, bir yo'l» tashabbusini amalga oshirishdagi muhim bo'g'in deb biladi, ammo bir vaqtning o'zida Qozog'iston iqtisodiyoti Xitoy sarmoyasi va savdo bitimlariga juda bog'liqdir.
2017 yilda rasmiy Pekin va Nur-Sulton o'rtasidagi ikki tomonlama savdo aylanmasi 11 milliard AQSh dollarini tashkil etib, Xitoy Qozog'istonning Rossiyadan keyingi ikkinchi yirik savdo hamkoriga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |