O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Пясковский А.В.
Революция 1905-1907 гг. в Узбекистане. Ташкент, 1957, 
стр. 177-178.
358
www.ziyouz.com kutubxonasi


tashkil etgan dehqonlar o ‘rtasida deyarli hech qanday tashviqot 
yuritilmaganiga ishonch hosil qilishdi. Ular sosial-demokratlar 
organi b o ‘lgan «Soldatskiy listok - Pravda»da bosilgan «Ishchilar 
nima istaydi?» deb nomlangan maqolada qo‘yilgan masalaga alohida 
diqqat bilan qarashadi. Zotan, bu maqolada sosial-demokratlar milliy 
masalada millatlaming o ‘z huquqlarini o ‘zlari belgilashlari, milliy 
davlat tuzib, Rossiyadan mustaqil b oiishlariga kafolat berishni 
yoqlaganlari holda, bu erkinlikning faqat Ovmpo millatlariga oid 
ekanligini uqdirganlar. Xususan, unda polyak, litva, fin, yaxudiylar 
eslatilib, Turkiston xalqlari esa mutlaqo tilga olinmagan. «Rus 
xalqini talagan va ezgan holda, - deya yozilgan edi o ‘sha dasturiy 
maqolada, - hukumat polyaklar, litvaliklar, finlar, yahudiylar, 
gmzinlar, armanlar va boshqa m s bo‘lmagan millatlami juda qattiq 
ezmoqda... Barcha millatlar ishchilarining manfaatlari bir xil: ms, fin, 
polyak, hamda yahudiy ishchilari o ‘z manfaatlariga ko‘ra, bir-birlari 
bilan ms ishchisi va ms kapitalistlariga qaraganda yaqinroqdir». 
Turkiston sosial-demokratlari o ‘lkada yashovchi fin, polyak va boshqa 
millatlarga nisbatan ham qattiq ezilgan o ‘zbek, qirg‘iz, turkmanlami 
tilga olmaganliklari ulaming hech qachon o ‘lka tub aholisi manfaatini 
o‘ylab, jiddiy ish tutmaganligidan, aniqrog‘i, hokimiyat talab bu 
firqaning ham mustamlakachilikdan voz kechgisi y o ‘qligidan dalolat 
berar edi.
Afitidan, mahalliy aholi podshohdan hokimiyatni tortib olishda 
yordamchi - qora kuch b o ‘lishini ko‘zda tutmagan edi. Shunga ko‘ra, 
Vasilev va Kvisinskiy eserlaming uzoqni ko‘zlab, mahalliy millatlar 
o ‘rtasida keng k o ‘lamda ish boshlaganliklaridan voqif bo‘ldilar va 
aynan shu firqaga nisbatan keskin choralar ko‘ra boshladilar.
1906 
yildagi voqealar tadrijida eserlaming nufuzi sosial- 
demokratlamikidan qolishmagan. Ular 1-may munosabati bilan bir 
necha varaqa va xitobnomalar chiqardilar. Toshkent Bosh temir y o i
ustaxonasidagi ish tashlash va uning g ‘alaba bilan tugashida, shub- 
hasiz, shu firqalaming roli katta b o ig a n . Polisiya, kazaklar, 
harbiy qismlar tazyiqi tem iryoichilar irodasini buka olmagani, 
m a’muriyatning ularga t o i a yon berishi butun o ik a d a Toshkent 
temir y o i ustaxonasining obro‘sini ko ‘tarib uni «Ishchilar qal’asi» 
nomi bilan mashxur qildi. Usha yili ommaviy ish tashlashlar 
boshqa sanoat korxonalari ham keng tus oldi. 1906 yil 29 iyunda 
Toshkent temir yo ichilari ishchi noiblari kengashini tashkil qila- 
dilar. Ulaming endigina shakllanib kelayotgan mahalliy ishchilar 
sinfining jipslashishiga ta’siri katta b o id i. Masalan, Toshkentdagi 
Dyurshmidt ichak-tozalash zavodida bir ishchining b o ‘shatilishiga
359
www.ziyouz.com kutubxonasi


qarshi norozilik tariqasida 13 o ‘zbek ishchisi ish tashlagani ana 
shundan dalolat beradi. Eserlar 1906 yil 3 iyulda Toshkentdagi 
saperlar qo‘zg ‘alonida va ularga qo‘shilgan Turkiston va Kaspiyorti 
temir y o i batalonlari isyonida asosiy rol o ‘ynadilar. O ik a d a paydo 
b o ig a n kasaba uyushmalarida esa sosial-demokratlar ta ’siri salmoqli 
b o id i. Maxsus b o iim ulami «Yangi ishchi noiblari s h o io s i» 1 deb 
atadi.
Ichki ishlar vazirligi Polisiya departamentining siyosiy b o iim i 
b o sh lig i Vasilevga shu ishlar yuzasidan maxfiy tergov o ikazishni 
buyurgani bejiz emas edi. Markaz Turkiston general-gubematori 
D.I.Subbotich (1852-1920)dan noroziligini yashirmay, uni Peter- 
burgga chaqirib olgani Vasilevga ayon edi. Subbotich podshoh 
generallari o ‘rtasida jangovar o im ish i bilangina emas, balki ilg‘or 
fikrlari va tabiatan yumshoq ko'ngilligi bilan ham ajralib turar edi. 
U lavozimiga tayinlangan kundan e ’tiboran ish tashlagan ishchilar, 
murosayu-madora bilan hal etish muzokaralar olib borib, ishni 
tinchlik, murosayu-madora bilan hal etish siyosatini yuritgan edi.
Sosial-demokratlar ta ’siridagi «Russkiy Turkestan» gazetasi bu 
hakda shunday yozgan: «General Subbotich porox hidiga to ‘yingan 
mundir kiygan. Ablah tuhmatchilarga bu kamlik qildi. Ular general 
Subbotich o ‘z mundirini xalq qoni bilan b o ‘yashini istagan edilar».
Agar biror ona uning nomini la’nat bilan tilga olmasa, agar u 
bironta ham dor qurmagan b o is a , q o ila ri esa manfur inqilobchilaming 
qoni bilan b o ‘yalmagan b o is a , u qanday qilib general-gubemator 
b o iib qoladi»2.
Viloyat harbiy gubematorlarining takliflari inobatga olinib, 
o ik a d a harbiy mirshablik holati joriy etildi. Yangi general-gu- 
bem atom ing b u y ru g ig a muvofiq, 0 ‘rta Osiyo temir y o ii tarm o g i 
unga yondosh shaharlar bilan 3 hududga b o iin ib , ularga vaqtli 
general-gubematorlar tayinlandi. Birinchi hududga Kaspiyorti vilo­
yati b o sh lig i, general-leytenant Grekov, uchinchisiga esa 1-Tur- 
kiston armiya korpusi qo‘mondoni, general-leytenant Shpisberg 
vaqtli general-gubemator qilib tayinlandi. Markaz Turkiston o ik a - 
sini ruslashtirish jarayonini yanada kuchaytirish borasida keskin 
o ‘zgarish yasashni lozim topadi. Bosh vazir va Ichki ishlar vaziri 
P.A.Stolipinning bu y ru g ig a muvofiq, rus mujiklarini ommaviy 
ravishda Turkistonga ko‘chirish uchun «Sirdaryo k o ‘chimv tumani 
boshqarmasi» tashkil qilindi.
10 ‘R MDA, 461-TF, 1-ro‘yxat, 984-ish, 1-varaq.
20 ‘R MDA, 461-TF, 1-ro‘yxat, 984-ish, 1-varaq.
360
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu davrda mahalliy aholiga tegishli yerlami zo‘rlik bilan tortib 
olish va k o ‘chirib keltirilgan rus dehqonlariga taqsimlab berish 
jarayoni kuchaydi.
To‘qqiz yil ichida Sirdaryo, Farg‘ona ko‘chiruvchilik rayoni 
b o ‘yicha mahalliy xalqning 744, 9 ming desyatina yeri tortib olinib, 
ruslarga taqsimlab berildi. Podshohning ziroatchilik b o ‘yicha vaziri 
Krivoshein imperatoming diqqatiga Turkistondagi rus koloniza- 
siyasi istiqboli haqidagi dasturini havola qilib, o ik a d a 300 ming 
baq u w at rus xo‘jaligini barpo etish uchun 3 million desyatiga 
sug‘oriladigan yemi musodara qilishni taklif qildi. Imperiya oliy 
doiralari ana shu maqsadni amalga oshirish uchun Turkistonda 
shafqatsiz ish ko‘ruvchi «kuchli va baquw at» hokimiyat bo‘lishga 
mayl bildirdi. Peterburg Turkiston general-gubematori va viloyat 
harbiy gubematorlarining huddi shu xususdagi barcha talablarini 
qondirdi.
Ichki ishlar vazirligi general-gubematorga «agentura harajatlari 
uchun» 3 ming rubl ajratdi. Samarqand harbiy gubematori general- 
mayor Gesketning viloyatlarda jinoiy-siyosiy qidiruv idoralari 
tashkil etish va ularni gubematorlarga b o ‘ysundirish taklifi ham 
amalga oshirildi. Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Yettisuv va Kas- 
piyorti viloyatlarida shunday idoralar ta ’sis etildi1. Viloyat harbiy 
gubematorlariga harbiy dala sudlari joriy etildi, mirshablarga esa 
«tartibsizliklar sodir b o ‘lganda» osmonga emas, balki to ‘g ‘ridan- 
to ‘g ‘ri olomonga qarata otish huquqidan foydalanishga ijozat berildi. 
Shuningdek, Turkiston m a’muriyatiga mahalliy aholiga nisbatan 
ko‘llaniladigan jazo choralarini rus ishchi-dehqonlariga ham q o ilash
xukuki berildi.
Desantchilar agenturasi yuborayotgan axborotlarda o ‘lkadagi 
harbiy xizmatchilar o ‘rtasida inqilobiy kayfiyat haqida m a’lumotlar 
tashvishli edi. «Samarqand ko‘chasida general Ivanovning uyida 
istiqomat qiluvchi shtabs-kapitan Aleksey Alekseevich Xlebnikov 
huzurida ikki yig‘ilish o ‘tkazildi. Bu yig‘ilishlarda zahiradagi bata- 
reya shtabs-kapitani Karpovich, Toshkent rezerv bataloni shtabs- 
kapitani (familiyasi noaniq), qal’adagi siyosiy mahbuslami ko‘chi- 
rishda yordam bergan zobit, avval 2-Turkiston o ‘qchi bataloni 
komandiri, polkovnik, so‘ng unvoni pasaytirilgan poruchik Nikolay 
Nikolaevich Solodyagin qatnashdi. Harbiy tashkilot haqida samar- 
qandlik savdogar Subenikov qimmatli m a’lumotlarga ega b o ig an .
10 ‘R MDA, 461-TF, 1-ro‘yxat, 1990-ish, 16-varaq.
361
www.ziyouz.com kutubxonasi


Uning bog‘ida nomlari eslatilgan zobitlar k o ‘p bor b o iish g an va shu 
joyda bosmaxona ham b o ig a n » '.
Siyosiy izquvarlar Turkiston eserlarining Peterburgdagi eserlar 
bilan yaqin aloqasini ham aniqlashdi. 1908 yilning iyul oyida Peter- 
burg eserlari Toshkentga doktor Moisey Slonim nomiga Rus-Xitoy 
banki orqali 5 ming rubl yuborganlar2.
Turkiston o ‘lkasida faol ish ko‘rayotgan eserlaming jangovar 
gumhi haqidagi tergov materiallari 7 jildni tashkil etib, bevosita 
Peterburgning diqqatini o ‘ziga tortdi. Eserlar safida musulmonlar ham 
borligi va ular nufuz jihatidan ham katta m avqe’ga egaligi Vasilevni 
bezovta qildi. Niyozboev - Karimov ishi shular jumlasidandir. 
Toshkentda Starogospital ko ‘chasidagi 52-uyda yashovchi savdogar 
Sobirjon Solixovich Abdullin aslida eserlaming rahbarlaridan biri 
b o ‘lib chiqdi. «Spokoyniy» laqabidagi 27 yoshli musulmon yigit 
«Kum», «Master», «Bogachka» lakabli eserlar bilan aloqada b o i ­
gan. U «Bogachka» laqabli yigitning bileti bilan Orenburgga j o ‘naga- 
nida, orqasidan kuzatuv borligini payqab, yashirinadi. Jandarmlar 
uni Ufada q o ig a tushirishganda o ‘zini Gumar Husainovich Karimov 
deb atagan. Karimov aslida Niyozboev b o iib , taniqli eser, Qozon va 
Orenburgdagi ishlarda qatnashgan. Jandarm tergovi uni Orenburgda 
G abdurrauf Hakimboevich Niyozboev nomi ostida yashagani, kasbi 
o ‘qituvchiligi, doimiy manzilgohi Toshkent ekanligini aniqladi. U 
eserlar firqasi Markaziy Q o‘mitasida «Qozonlik», «Yahudiy» kabi 
laqabda alohida hisobda turgan. Podpolkovnik Vasilev «Toshkent 
va Chimkentdagi eserlar guruhlari» deb nomlagan maxsus ishda 
quyidagi m aium otlam i aniklagan. 1906 yilda Qozonda eserlar 
firqasi gumhi tashkil etilib, qo‘mita a ’zoligiga G abdurauf Niyozboev, 
G iy o s Ishoqov, Ishoq Bikchurin, Shokir Muhammadyorov, Fuad 
To‘xtarov saylanadi. Ular yashirin bosmaxona tashkil qilib, 3 marta 
xitobnoma chiqarishgan. Ufada yashagan Faisxon Usmonov tatar 
bosmaxonasini Karimov-Niyozboevga topshirgan. Ashxobod harbiy- 
inqilobiy tashkilot a ’zosi Ilya Petrovich Andreev - (firqaviy laqabi 
« 0 ‘rtoq Foma»). «Polkovnik» bilan aloqada b o iib , Toshkentdan 
pul olib turgan. Yashirin bosmaxonada eserlaming «Za narod» va 
«Molot» degan gazetalari chop etilgan. Niyozboev-Karimov ikki 
marta Kishinyov shahriga borib, Turkiston eserlari uchun qurol- 
yarog‘ sotib olgan va bu hakda Toshkentga telegrammalar jo ‘nat- 
gan. Niyozboev qurol-yarog‘ transporti bilan Orenburgdan o iay otib ,
10 ‘R MDA, 461-TF, 1-ro‘yxat, 2027-ish, 52-varaq.
2 Shu arxiv, 1990-ish, 16-varaq.
362
www.ziyouz.com kutubxonasi


Toshkentga davlat xuzuridagi advokat yordamchisi Charkovskiy 
nomiga shartli telegramma yuborgan. Podpolkovnik Vasilev nomi 
tilga olingan Charkovskiyning o ‘zbek jadidlari bilan yaqin aloqasidan 
xabardor boTib, uni alohida xavfli shaxslar qatoriga qo‘shdi'.
1908 yilning 10 yanvarda tintuv vaqtida Toshkentda istiqomat 
qiluvchi eserlardan Petr Gordeev va Timofey Nikitinning uylaridan 
inqilobiy ruhdagi adabiyotlar bilan birga gektografda bosilgan 
«Musulmonlarga!» deb nomlangan xitobnomaning 58 nusxasi chiq­
qani ham Vasilevni tashvishga soldi. Bu dalil eserlaming mahalliy 
aholi o ‘rtasida qandaydir aniq ish yuritayotganidan darak berardi. 
TRMB boshlig‘i Kvisinskiy esa unga eserlar firqasi Turkiston 
viloyat qo‘mitasining taniqli arbobi Viktor Chemiyning aslida Qozon 
dorilfununining talabasi Abbosali Qadimov boTib chiqqani haqi- 
dagi xabari ham tashvish uchun asos edi2.
Musulmonlaming inqilobiy firqalardagi ishtiroki Peterburgni 
g ‘oyat tashvishga solayotgani siyosiy idoraga m a’lum edi. Peter- 
burgda izquvarlarga yordamga kelgan. Alohida jandarm lar korpusi 
rotmistri Korobchakov 1908 yil 26 iyulda Abbosali Qadimovning 
iziga tushganini yozib, bu eser uch sherigi bilan tijorat idorasi 
xodimlariga Samarqandda hujum uyushtirib 4150 mbl pul, oltin 
buyumlar va hujjatlarini tortib olgani, polisiya ulardan ikkitasini 
qoTga tushirganini m a’lum qilgan. 1908 yilning iyulida imperiya 
Ichki Ishlar vazirligi Polisiya departamenti TRMB boshlig'iga 
mutlaqo maxfiy axborot yoTladi. Unda eserlar firqasi Markaziy 
Q o‘mitasi topshirig‘i bidan Odessa viloyat qo‘mitasi vakili «Sergey» 
Toshkentda allaqanday vazifani bajarib, Odessaga qaytgani xabar 
qilinib, eserlar Toshkentda qandaydir muhim tadbimi amalga oshir- 
moqchi ekanliklari to ‘g ‘risida taxmin bildirgan. 22 iyulda «Sergey» 
Peterburgga borgan va Markaziy Q o‘mitadagi maslahatga ko'ra 
imperatoming joniga suiqasd qilish rejasini tuzgan. Buning uchun 
u Toshkentdagi davlat xazinasini talab 700 ming mblni qo‘lga 
kiritmoqchi, agar bu ish amalga oshmasa, biron xususiy bank, yo 
pochtani talab, yuz ming rublga yaqin pul jam g ‘armoqchi b oigan, 
M ablag‘ Peterburgda podshohni o id irish ishida asqotishi kerak 
b o ig a n . Aka-uka Valiskiylar pul transportidan 300 ming mblni 
o ‘g ‘irlab eserlar firqasi Turkiston viloyati ko‘mitasiga topshirgan. 
Q o‘qon bankidan Timofey Niasov yuz ming mbl olib shu qo‘mitaga 
bergan’.
1 0 ‘RMDA,461-TF, 1-ro‘yxat, 1488-ish, 12-varaq.
2 Shu arxiv. 125-ish, ! 1-varaq.
O 'R MDA. 461-TF, 1-ro‘vxat. 2007-ish, 13-varaq.
363
www.ziyouz.com kutubxonasi


Podpolkovnik Vasilev, rotmistr Korobchakov va TRMB boshi- 
g ‘i Kvisiiskiylar birgalikda ishlashi, hamkorliqda izlanishi natija- 
sida Turkiston eserlari yetakchisi Sergey Ososkov hibsga olingan. 
Ososkov ishi bo‘yicha eserlar jangovar drujinasidan 100 kishi 
javobgarlikka tortildi. Sud xukmi bilan Sergey Ososkov 29 iyulga 
o 'tar kechasi qatl qilindi. Bu tadbir esa butun o'lkani oyoqqa 
turg‘izgan voqealarga turtki berdi. 1908 yil 22 sentyabrda o ‘quv 
mashqlarida 1-Kaspiyorti batalonining 4-rotasi askarlaridan Lavren­
tiy Kuzmenko, Anisim Xripchenko, Nikifor Malsev va Petr Koltun 
general gubemator va uning mulozimlariga qaratib o ‘q uzishgan. 
General-gubemator Mishchenko va uning soqchi ofiseri yaralandi. 
Bu voqea «TurkVO qo‘mondoni joniga suiqasd haqida» deb atal- 
gan tergov materiallarida batafsil bayon etilgan1. TRMB boshlig‘i 
general-ad’yutant M ishchenkoning yarador qilinishi inqilobchilar- 
ning Ososkov qatliga birinchi javobi ekanligini qayd qilib, «bu 
sohadagi dahshatli ishlaming birinchi yirik ko‘rinishi» ekanligini 
ta ’kidlagan. «Turkiston inqilobchilari, - deb yozgan edi Kvisinskiy 
1908 yil 17 dekabrda Peterburgga yuborgan axborotida, - o ik an in g
bosh hokimini hech qachon kechirishmaydi va General gubemator 
M ishchenkoning o ‘limi allaqachon hal qilingan»:. Mazkur axborot- 
da maxfiy siyosiy polisiya boshligi o ‘zining eserlar terroridan 
qo'rquvini ham yashirmagan: «Xuddi shu tarzda mening taqdirim 
ham hal qilingan. Bu masalada inqilobchilar kuzatuvi yaxshi y o ig a
ko‘yilgan. Mening yordamchim rotmistr Kelleming Ashxobodga 
yashirin borgani ham ulaming nazaridan qochmadi»3. TRMB maxfiy 
agent «Gomiy»ning axboroti ham Kvisinskiy gumonini tasdiqlagan: 
«Toshkent turmasidagi maxbus Chemishev muhim ko‘rsatma berish 
bahonasida o ‘zini Turkiston rayon muhofaza bo'lim iga olib borili- 
shini, u yerga borgach b o ‘lim boshlig'i Kvisinskiy bilan uchrash- 
ganda esa uni o ‘ldirishini aytdi»4.
Vasilev va Kvisinskiyning mahkamalari Toshkent, Chimkent va 
Kaspiy ortidagi eserlar tashkilotlarini aniqlab eserlaming mashhur- 
lari ustidan «55 lar jarayoni» deb atalgan sudni uyushtirgan bo‘lsalar 
ham, inqilobiy varaqa, xitobnomalar va amaldorlarga suiqasd uyush- 
tirish hamda terror davom etdi. 1909 yil 21 fevralda Toshkent bosh 
temir y o ‘l ustaxonalarida « 0 ‘rta Osiyo temir yo‘li Toshkent rayon 
qo‘mitasi» xitobnomalari paydo bo‘ldi. Ular ishchilami kurashga
' Shu arxiv, 1-TF, 1-ro‘yxat, 567-ish, 40-varaq.
; 0 ‘R MDA, 461-TF, 1-ro‘yxat, 567-ish, 40-varaq.
30 ‘R MDA, 461-TF, 1-ro‘yxat, 2007-ish, 40-varaq.
40 ‘R MDA, 1-TF, 1-ro‘yxat, 2032-ish, 34-varaq.
364
www.ziyouz.com kutubxonasi


chorlab, «jandarmlar, q o iiq ch ilar va ig‘vogarlar bilan o ia b tashlan- 
gan og‘ir sharoitga qarshi» ko iarilish zarurligini uqtirgan. Huddi 
shu tashkilotda ish ko‘rayotgan rus inqilobchilari faoliyati haqida 
general-gubemator 1909 yil 3 oktyabrda imperiya harbiy vaziriga 
shunday deb yozgan: «Inqilobiy tashviqot «Butunrossiya temir y o i 
ittifoqi 0 ‘rta Osiyo b o iim i» deb nomlangan temir y o i xizmatchila- 
rining jinoiy tashkiloti a ’zolari o ‘rtasida yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 
Huddi shular orasida k o ‘pdan-ko‘p terroristik aktlar, talonchiliklar, 
faol chiqishlar sodir b o id ik i, temir yo‘1 jandarmeriyasi va polisiya 
mazkur ittifoq oldida ojiz b o iib qoldi»1. General-gubemator shu 
ittifoq a ’zolaridan 200 kishini o ik a d an chiqarib yuborgan b o is a
ham, tinchlik boim ayotganini qo'shimcha qilgan.
«Shuni komil ishonch bilan aytish mumkinki, - deb yozgan edi 
general-gubemator Peterburgga, - o ik a d a qattiq va kuchli hokimiyat 
b o iib tursa va eng muhimi ms aholisi katta tartibsizliklami keltirib 
chiqarmasa, tuzem aholining osoyishta turishiga kafolat bersa 
b o ia d i» 2. 0 ‘lkaning bosh hokimi sanoat va tijorat ishiga omilkor
amaliy foyda keltiruvchi har qanday yangiliklarni tez ilg‘ab oluvchi 
tuzem aholi imperiyada ro ‘y berayotgan voqealarga g ‘oyat sezgirlik 
bilan qarashini uqtiradi3. Turkiston general-gubematori o ik ad ag i rus 
aholisida «ozodlik harakati» temir yo‘1 qurilgandan so‘ng o ik a g a 
oqib kelgan ishchilar paydo b o ig a n davrdan boshlangan»4 deb 
yozadi. O ik an in g bosh hokimi mahalliy aholi o'rtasida inqilobiy 
tashviqot hali-beri ildiz otolmaydi» degan xulosaga kelgan holda 
buning sabablariga to'xtaladi.
Imperator noibi shu fikrini asoslab. mahalliy aholiga inqilobiy 
tashviqot tarqalmasligi uchun «juda katta to ‘siq» borligini yozadi5. 
Shu bilan bir qatorda u rus inqilobiy firqalari «hali nima qilayotgan- 
larini olzlari ham bilmaydilar, tuzem aholi ulaming maqsadlari bilan 
hech qachon mushtarak b o ia olmaydilar»'’ deya, agar mahalliy aholi 
inqilob ishiga tortilib qolsa, ularning harakati «barcha ruslarga qarshi 
qaratiladi yoki xuddi Kavkazdagiga o'xshab keng «qaroqchilik» 
tusini oladi»7 deb bashorat qiladi.
1 O 'R MDA, 1-TF, 31-ro‘yxat, 567-ish. 5-varaq.
: 0 ‘RMDA, 1-TF. 31-ro‘yxat. 367-ish, 21-bet.
: 0 ‘RMDA, 1-TF, 25-ro‘yxat, 89-ish. 156-bet.
40 ‘RMDA, 1-TF, 31-ro‘yxat, 367-ish, 21-bet.
'O 'R M D A , 1-TF, 25-ro‘yxat, 89-ish, 156-bet.
' 0 ‘sha joyda.
7 0 ‘sha joyda.
365
www.ziyouz.com kutubxonasi


Peterburg desantchilari ham shu zaylda fikr yuritib, o ‘lka tub 
aholisi inqilobiy voqealarga tortilsa, ularda milliy ong uyg‘onib, 
ozodlik kurashi kuchayishi mumkinligi xususida o ‘z mulohazalarini 
bildirishdi. Qarshi chora sifatida ular xukumatga moyil tabaqalar 
o ‘rtasida tashviqotni kuchaytirish choralari ko‘rishayotganini bil- 
dirishgan. Xususan, ular tashabbusi bilan «davlatpanoh imperator»ga 
bag‘ishlangan duo matni tayyorlanib, joylarga yuborildi. Xususan, 
Samarqand viloyatidagi masjid va madrasalardagi imomlar uchun 
moMjallangan 190 duo matni harbiy gubematorga jo ‘natilib, mahal­
liy aholi o ‘rtasida tegishli tashviqot yuritishda musulmon ruhoniyla- 
ridan unumli foydalanishga ko'rsatm a berilgani shu maqsadga 
qaratilgan edi1.
Desantchilar Rossiyadan yangrayotgan hukumatga qarshi xitob- 
lar Turkistonda kuchli aks-sado berayotgani, natijada mavjud tuzum- 
ga aholiga yetib borayotganligini yozadi2. Ulaming xulosasiga 
k o ‘ra, ms inqilobchilari va mahalliy aholi o ‘rtasida vositachi sifa­
tida «Kavkazdan kelgan arman, gmzin, fors, lezgin va boshqalar- 
dir»3.
Turkiston general-gubematori mahkamasining maxsus bo‘limi 
imperiya ichkarisidan surgun qilingan kishilar «shu kungacha sodiq 
va osoyishta tuzem aholini ham yo'ldan urayotganini»4 qayd qilgan.
Maxsus b o ‘lim general-gubematorga yo‘llagan maxfiy axboro­
tida inqilobiy harakat o ‘lkaning barcha qishloqlariga ham ko‘chgani 
va bu joylarda o ‘ziga xos usulda namoyon bo ‘layotganini shunday 
ta ’riflaydi: «Hozirgi kundagi siyosiy jinoyatlar olomonning to ‘po- 
loni, g ‘alayoni, talonchiligi, qotilligi kabi holatlar bilan uzviy bog‘- 
langan»5.
Sankt-Peterburg desantchilari 1906-1908 yillarda sosial-inqilob- 
chilar (eserlar) bilan mahalliy taraqqiyparvarlar o ‘rtasidagi ittifoqni 
parchalash uchun astoydil urinishdi. Eserlaming yashirin matbuo- 
tidagi maqolalarda yozilgan fikrlar xavfli edi. «Hammaga m a’lum, -
deb yozgan edi eserlaming «Molot» gazetasi, - xususiy tashabbusga 
yo‘l ochilgach, tuzemeslaming ziyoli kuchlari o ‘z bilimlari bilan 
ona yurtlariga xizmat qilmoqchi bo‘ldilar, jo ‘shqin inqilob tufayli 
uyg‘ongan ras jamiyati boshidan kechirayotgan jarayonga ulami 
jalb qilmoqchi b o ‘lishdi, ammo ulaming bu istagi boshidanoq
1 0 ‘RMDA.461-TF, 1-ro‘yxat, 1988-ish, 140-bet.
: 0 ‘RMDA, 1-TF, 31-ro‘yxat, 367-ish, 12-bet.
:’0 ‘sha joyda.
•*0‘RMDA, 1-TF, 31-ro‘yxat, 367-ish, 12-bet.
^O 'sha hujjat, 13-bet.
366
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo ‘g ‘ib tashlandi. Hokimi mutlaq zolimning bir dastxati bilan 
tuzemeslaming taraqqiyparvar madaniy gazetalari «Taraqqiy», 
«Xurshid», «Osiyo» yopib qo‘yildi. Hozirgi kunda, har bir davlatning 
istiqboli uning madaniyati darajasiga bog‘liq bo‘lgan yigirmanchi 
asrda, o ‘z xududida o ‘nlab G ‘arbiy Ovrupo davlatlari bemalol 
sig‘adigan besh viloyatdan iborat Turkistonda, mahalliy aholi 90 
foizni tashkil etuvchi o ik a d a mahalliy tilda chiquvchi bironta ham 
xususiy gazeta yo‘q, aholi ataylab zo ‘rlik ila jaholatda saqlanmoqda, 
chunki rus gazetalari ularga yetib bormaydi. Rus vatikani umuman 
m a’rifatni yoqtirmaydi va har bir ilg‘or organda o ‘zining ashaddiy 
dushmanini ko‘radi. Atigi ikki yil davomida podsho gumashtalari 
tomon «Russkiy Turkestan», «Turkestan», «Vperyod», «Fergana», 
«Samarqand», «Noviy Samarkand», «Rabotnik», «Tashkentskiy 
kurer», «Turkestanskaya jizn» gazetalarining yopilgani buning yaq- 
qol dalilidir»1. Bu maqolada nomlari eslatilgan «Taraqqiy», «Hur- 
shid», «Osiyo» kabi gazetalar desantchilami g ‘oyat qiziqtirdi.
Toshkent eski shahar polismeysteri podpolkovnik N.N.Karaulsh­
chikov «Tuzem aholi o'rtasidagi ozodlik harakati» mavzusida yozgan 
m a’ruzanomasida so‘nggi vaqtlarda yerli aholi ancha dadillashib 
ijtimoiy hayotga uyg‘onganliklari va bu sohada ilg‘or ziyolilar 
minbariga aylangan «Taraqqiy» gazetasi salmoqli ta’sir ko‘rsatishini 
alohida uqtirib o'tgani bejiz emas. Shuning uchun ham desant rahbari 
alohida jandarmlar korpusi podpolkovnigi Vasilev o ‘zining dastlabki 
faoliyatini o ‘zbek ziyolilari - tarakqiyparvarlarning rus inqilobiy 
firqalari bilan aloqasini aniqlashdan boshladi. U Toshkent shahar 
hokimidan jadidlar yetakchilari va ulaming matbuot nashrlari haqida 
m a’lumot talab qildi. «Menga shuni xabar qilishingizni iltimos 
qilamanki, - deb yozgan edi Vasilev, - 1907 yilda Toshkentda sart 
tilida «Xurshid» sarlavhasi ostida gazeta chiqqanmi? Kim uning 
maharriri bo‘lgan, qachon chiqa boshlagan, qanday sabablarga ko‘ra 
to'xtatilgan, uning y o ‘nalishi qanday b o ig a n , qanday bosmaxonada 
chiqqan, necha nusxada tarqatilgan?» Toshkent shahar b o sh lig i 
tezkorlik bilan unga javob yoilagan: «Xurshid» gazetasi sof sart 
tilida 1907 yilda chiqqan.
Muharriri Shayxovandtahur dahasining Darxon mahallasida 
istiqomat qiluvchi Munavvarqori Abdurashidxonov, yordamchisi 
Fansurollohbek Xudoyorxonov va kotibi «Padarkush» mahallasida 
yashovchi sart mulla Muhammad Rahimhoji M uhiddinxo‘jaev.
1 Turkistonda rus davlatchiligini o'm atishning qisqacha ocherki. «Molot» 
gazetasi, 1908 yil 25 dekabr soni.
367
www.ziyouz.com kutubxonasi


Gazeta 6-7 oy mobaynida chiqib, xukumatga qarshi maqolalari ham­
da xalqqa qaratilgan xitobnomalari uchun yopilgan. Gazeta juda so‘l 
y o ‘nalishda bo‘lib, obunachilari soni 300 dan ziyod edi»1.
Podpolkovnik N .Vasilev taraqqiyparvarlar chiqargan gazetalar 
xususida barcha m a’lumotlami to ‘plagach, ularda bosilgan maqolalar 
mavzulari va mazmunlari xususida Turkiston general-gubematori 
mahkamasi qoshidagi ichki va tashqi razvedka komissiyasi, maxsus 
b o iim va TRMB mutaxassislaridan batafsil axborot to ‘pladi. Ulami 
chuqur tahlil qilgan holda bu gazetalar ommaviy targibotchi va 
tashviqotchi boiish id an tashqari ommaviy tashkilotchi xizmatlarini 
bajarganini aniqladi. Bu gazetalar o ik a d a yashirin ish ko‘ruvchi 
taraqqiyparvarlar firqasini shakllantirmoqda. Ulardagi materiallar 
esa bu firqaning strategiyasi va taktikasini aniqlashda o ‘ziga xos 
k o ‘zgu vazifasini o ‘taydi.
Maxfiy polisiya va siyosiy razvedka birgalikda umumxulosaga 
kelishdi. Turkiston o ik a si mahalliy aholisining fikrlovchi qatlami 
Rossiyadagi siyosiy voqealarga befarq emas, aksincha sergaklik bilan 
qarab ulardan tegishli xulosalar chiqarmoqda. Tarakkiyparvarlaming 
yetakchilaridan biri - iste’fodagi genenal-mayor Jo ‘rabek Qalandarov 
maslaqdoshlari bilan 1906 yil 28 yanvardagi majlisida ochiqdan-ochiq 
Rossiyadagi inqilobiy voqealar va imperiyadagi mushkul vaziyatdan
Turkiston mustaqilligi y o iid a foydalanish zarurligini aytgani be- 
jiz emas. Rossiyadagi ayrim siyosiy kuchlar metropoliyadagi ta ’sirla- 
rini kuchaytirish uchun Turkistonda tartibsizliklami chiqarib xuku- 
matning asosiy kuchlarini chalg itish niyatida ish koiishm oqda. Ular 
m a’muriyatga qarshi Turkistondagi harakat nafaqat amaldorlarga va 
balki butun mslarga qarshi harakatga aylanib ketishini bilmaydilar.
Turkistondagi taraqqiyparvarlaming mayor Lyakost yozganidek 
«milliy dasturi» nimalami o ‘z ichiga olgani va qanday g ‘oyalami o ‘zi 
ilgarisurgani xususida agentura axborotlarida uzuq-yuluqm aium otlar 
uchrar edi.
Podpolkovnik N.Vasilev va saroy maslahatchisi L.Kvisinskiy 
ulami umumlashtirib o ‘z fikrlarini Sankt-Peterburgga yoilashdi. 
Turkiston general-gubematori, kavaleriya generali A.Samsonov ham 
imperatorga o ‘z taqdimnomasini yubordi.
Sankt-Peterburg doiralarida ular jiddiy tashvish uyg‘otdi. Chunki 
desantchilar bilan general-gubemator fikrlari juda o ‘xshash b o iib
ikkisida ham Turkiston aholisi ongida katta to ‘ntarilish yuz bergani va 
uning oqibatlari imperiya birligi uchun xatarli ekani uqtirilgan edi.
1 O 'R M D A , 1-TF, 31-ro‘yxat, 567-ish, 34-bet.
368
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish