O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


X IX asr oxiri va X X asr b osh la rid a T u rk iston d a m illiy



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

X IX asr oxiri va X X asr b osh la rid a T u rk iston d a m illiy
in u x o lifa tn in g y u za ga k elishi va u n in g sh ak llari
XIX asr oxiridagi siyosiy vaziyatni o ‘sha davr zamondoshlari- 
dan biri - general-gubemator rafiqasi V.Duxovskaya o ‘z kundaligida 
juda lo‘nda va aniq tarzda shunday ifodalagan. «Pinxona g'alayon 
tobora kuchayib bormoqda. Bu yerda biz qaynoq vulqonda yasha- 
yotgandaymiz. Xuddi momaqaldiroq oldidagi mudhish sukunat 
xavotirligimizni yanada kuchaytirmoqda»:. Imperiya oliy harbiy- 
siyosiy doiralari vakilining bu iqron chuqur asosga ega edi. Shu 
davrda o ‘lkada mustamlaka tuzumiga qarshi jiddiy muxolifat yuzaga 
kelgan edi.
Milliy muxolifotning g ‘oyaviy, m a’naviy va nazariy asosini esa
XIX asming oxirlarida Rossiyaning qaram musulmon o ‘lkalarida 
ko‘tarila boshlagan m a’rifatchilik harakati tashkil qildi. Bu harakat- 
ning rahnamosi mashhur Qrim m a’rifatparvari Ismoilbek Gasprin- 
skiy edi.
Rossiya imperiyasiiing mustamlakachilik siyosatiga qarshi 
Turkistonda milliy muxolifotni yuzaga kelishida Ismoilbek Gasprin-
1 Всеподданнейший доклад Туркестанского генерал-губернатора генерала 
от инфантерии Духовского. Ислам в Туркестане, 1899, стр. 6.
2 Варвара Духовская
Туркестанские-восиоминания. СПб, 1913, стр. 37.
336
www.ziyouz.com kutubxonasi


skiyning xizmati kattadir. Uning 1881 yilda nashr qilingan «Rossiya 
musulmonligi» kitobi bu sohada qo‘yilgan birinchi qadam edi.
Ismoilbek Gasprinskiy (1851 -1914) o ‘z davrining yetuk ziyolisi, 
Sharq va G ‘arb olamini kezgan va bilgan inson sifatida musulmon 
xalqlari istiqloli uchun kurashgan va bu yo‘lda butun umrini sarf- 
lagan. U ziyolilar o ‘rtasida birinchi bo‘lib Fridrix Engelsning 
Rossiyani Sharqdagi siyosatiga doir fikriga qarshi chiqqan. F.Engels 
Rossiya Sharqqa nisbatan madaniylashtiruvchi rol o'ynaydi, 
deb yozgan va uning xulosasini markschilardan tortib buyuk rus 
shovinistlari ham qo‘llab-quvvatlashgan va hatto qator adabiyotlarda 
shior sifatida ko‘tarilgan.
-
So‘nggi yillarda, - deb yozadi I.Gasprinskiy shu kitobida. -
Rossiyaning Sharqdagi buyuk madaniyatlashtiruvchilik xizmati 
haqida tez-tez o ‘qishga va eshitishga to ‘g ‘ri kelmoqda. X o‘sh, bu 
xizmat nimada namoyon bo‘lishi kerak? Nahotki, uning m a’nosi 
qozini uezd boshlig‘iga, noibni pristavga, beklikni oblastu guber- 
niyaga, ushrni tan solig‘i-yu yana boshka «ber-ber»larga ipak 
to ’nu beshmetni dvoryanlik yoqasiga almashtirib qo'yishdan 
iborat b o ‘lib, boshqa qilinadigan ish qolmagan bo‘lsa?»2 Gasprin­
skiy «Rossiyaning Sharqdagi madaniylashtiruvchilik roli»ga mana 
shunday tanqidiy qaraydi va bu savolga salbiy javob beradi. Ros­
siyani aksincha, Sharq xalqlarini atayin ilm -m a’rifatdan uzoqda 
saqlab kelayotganlikda, musulmonlaming tilini, dinini tunnush 
tarzini buzishda ayblaydi.
Gasprinskiy Rossiya imperiyasi hukmdor doiralarining o ‘z- 
lariga tobe musulmon mamlakatlariga nisbatan tutgan mus­
tamlakachilik siyosatini tahlil qilib uning ikki asosiy y o ‘nalishini 
ko‘rsatadi. Ulardan birinchisi mslashtirish, y a’ni assimilyasiya, 
ikkinchisi esa hamkorlik. Birinchi y o ‘nalishda mustamlaka xalqlari 
milliy taraqqiyotiga hech qanday yo ‘l berilmaydi, ular to ‘la ruslash- 
tirib bo ‘lingach, vakillari mamlakat idora ishlariga jalb qilinadi. 
Ikkinchi yo ‘nalishda milliy taraqqiyotga yo‘l qo‘yiladi va u tegishli 
darajaga ko‘tarilgach hukumat ishlariga tortiladr.
Gasprinskiy Rossiya o‘z mustamlakalariga nisbatan har ikki

Begcili Qosimov, Sharif Yusupov, Ulugbek Dolimov, Shuhrat Rizaev, Sunnat
Ahmedov.
Milliy U yg’onish davri o ‘zbek adabiyoti, Toshkent, «M a’naviyat» 
nashriyoti, 2006, 225-bet.
: 1917 yil oktyabr to'ntarishidan so'ng birinchi tuzilgan Turkiston xukuma- 
tida bironta ham mahalliy m illatlar vakillari bo'lm aganini bolsheviklar shunday 
tarzda tushuntirishgan. Ular mahalliy kadrlar yetishgachgina ular idora ishlariga 
jalb qilinishini ochiq-oydin aytishgan. Mualliflar izohi.
337
www.ziyouz.com kutubxonasi


y o ‘nalishdan foydalanayotganini aytib, Polshada birinchi Finlyan- 
diyada ikkinchi yo‘nalish ustuvorligini k o isatad i va imperiya 
Turkiston general-gubematorligida kanday yo‘nalish yetakchi 
ekani xususida o ‘z mulohazalarini bildiradi. Rossiya birinchi y o in i 
istaydi, lekin bu qiyin va samarasiz. Negaki Turkiy xalqlaming 
juda qadimiy madaniyati bor va uni dillardan siqib chiqarish amri 
mahol. M a’kuli, ikkinchi yo'nalish, chunki u imperiyachilarga 
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Turkiy xalqlar ozgina turtki bilan o ig a n
muddatda yo‘qotgan zehniyatlarini tiklab ola oladilar. Ular turtki 
yordamga ham ehtiyoj sezmaydilar. Masalan, bu xalqlar an ’anaviy 
xayriya y o ii bilan ham maktab-madrasalarini tiklay oladi. Faqat 
uni zamonaviy talablarga javob beradigan darajaga k o ia rish lozim. 
Birinchi navbatda, dunyoviy fanlarga z o 'r berish kerak. Gasprinskiy 
shu zaylda fikr yuritib o ‘rtaga shunday savol tashlaydi. X -X V asr 
Turkistonining qomusiy olimlarini mana shu madrasalar yetkazib 
bermadimi? K o‘hna Sharqning universitetlari madrasalar emasmi? 
Yevropa universitetlari arablar hukmronligidagi ispan Andaluziyasi 
(V III-X V asrlar) madrasalaridan andoza olib koiilm adim i? Ana 
shulardan kelib chiqqan holda Gasprinskiy Rossiya musulmonlari 
milliy maoriflarini o ‘z milliy vositalari asosida ko‘rmoqlari 
lozimligini uqtiradi. B oshlangich ta iim va tarbiya mutlaqo ona 
tillarida b o im o g i kerakligini alohida uqtirib o ‘tadi.
«Rossiya musulmonligi» kitobida ilgari surilgan bosh g'oya -
musulmonlarning maktab maorifini milliy asoslarda qurishlari 
lozimligi, milliy, diniy qadriyatlarni saqlab qolishlariga d a’vat Ros­
siya jamoatchiligi o'rtasida katta qiziqish uyg'otdi. Mustamlaka 
siyosatini o'zlarida ifodalagan shovinistlar kitobga qattiq e ’tirozlar 
bildirishdi. Turkiston maorifi rahbarlari N.Ostroumov, M.Miropiev 
va N.Ilminskiy kabi arboblar kitobdagi g ‘oyalar va fikrlar o ik a
ziyolilari uchun yaxshi dastur b o iish i va m a’naviy muxolifat uchun 
nazariy asosga aylanishini payqab unga qarshi chiqishdi. Bu o iin d a
N.I.Ilminskiyning Peterburgga Muqaddas Sinod ober-prokurori, 
ashaddiy shovinist K.Pobedonossevga 1885 yilda y o ilag an mak- 
tubidagi fikrlar diqqatga sazovordir. U Turkistonda chorizm uchun 
qanday kadrlar zarurligi xususida shunday yozgan edi:
-
Bizga ruscha gapirganda tutilib-tutilib qizaradigan, ruscha 
xatni chala-savodlarga yozadigan, faqat gubematordangina emas, 
balki har qanday amaldordan hayiqib qo‘1 qovushtiradigan kishilar 
m a’qul.
Ilminskiy vaziyat taqozo etganda ham xristian b o im ag an ma­
halliy ziyolilar garchand ular ruschani suvdek bilsalar ham mas'ul
338
www.ziyouz.com kutubxonasi


lavozimlarga tayinlanmasliklarini alohida uqtiradi1. Adolat nuqtai 
nazaridan shuni ham eslatib o ‘tish lozimki, Gasprinskiy g ‘oyalariga 
o ‘xshash fikrlami ilg‘or rus ziyolilari, xususan professor N.I.Vese­
lovskiy ham ilgari surgan edi. U 1885 yilda Turkistondagi vaziyatni 
o ‘rganish asosida shunday yozgan: «Biz madaniyat olib keldik deb 
o ‘ylaymiz. Bo‘ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik va osoyishtalik 
berdik deb o ‘zimizni ovutamiz. Ammo bulardan ham yuksak bir oliy 
tuyg‘u borki, bu - millat va uning milliy iftixoridir. Musulmonlar 
holini tushunishimiz kerak. Siyosiy oTim og‘ir, milliy o ‘lim esa 
undan ham og‘irroq. Bizning hukmronligimizda esa ular shunday 
holga tushdilar. Bas, shunday ekan, xukmronligimizga qarshi gala- 
yonlar ro‘y bersa, ajablanishga o ‘rin y o ‘q. Shunday milliy manfaatlar 
borki, ular xalq och yoki to ‘qligidan qat’i nazar, bir kunmas bir kun 
o ‘zini namoyon etajak»2.
N.Veselovskiy ham o ‘zi bilib-bilmay, balki sezib-sezmay 
Gas-prinskiy fikrini tasdiqlab, Rossiyaning «madaniylashtiruvchi 
rol»ini iikor etadi. Bunday inkomi akademik V.V.Bartold Rossiya 
armiyasi general-mayori Jo‘rabek Qalandarovdan xam eshitgan. 
Jo'rabek Rossiyannng Turkistondagi hukmronligini XIII asrdagi 
m o‘g ‘ul istibdodiga o ‘xshatganidan ajablangaiini yashirmagan3.
I.Gasprinskiyning yana bir asari Turkistondagi Rossiyaga 
muxolifat kuchlarga dasturi amal bo‘lganini ta’kidlash joiz. Gap 
uning 1885 yilda Istambulda nashr qilingan «Evropa madaniyatiga 
betarafona bir nazar» risolasi ustida bormoqda. Shunisi qiziqki, 
Yevropa turmush tarzi dunyoning barcha mamlakatlarida o ‘mak 
va timsol tutilgan bir paytda Gasprinskiy uni axloqsizlikda ayblab 
Rim saltanatiga qiyos kildi. Zamonaviy Yevropa ham, Rim saltanati 
ham Sharq nuqtai nazaridan axloqsiz. M uallif o ‘z kitobida fan va 
texnikasi bilan jahonni hayratga solgan Yevropani ham, tobora 
kuchga kirib borayotgan marksizm keng tarqalayotgan sosialistik 
Yevropani ham Osiyo uchun rad qiladi. Uning fikricha qadimga 
Rim imperiyasi madaniy-axloqiy chiriganligi uchun barbod bo‘l- 
gan. «Rumoliklar asir etlari bilan, - yozadi Gasprinskiy, - hovuz- 
larda boqilgan baliqlarga to ‘ymasdan qanday qulagan bo‘lsalar.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish