O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

qushbegi. otaliq, devonbegi, mingboshi, shayxulislom,
qozikalon, parvonachi, shig'ovul, sarkor, inoq, dasturxonchi, amin,
yasovulboshi
kabi mansabdorlar xizmat qilganlar. Saroy qoshida 
maxsus kengash bo'lib, uning tarkibiga eng oliy mansabdor shaxslar 
kirgan.
Q o'qon xonligida qo'shinni, aslahaxonani, harbiy ishlami ming­
boshi boshqargan. Q o'shinda 
beshyuzboshi, yuzboshi va o'nboshi
harbiy lavozimlari bo'lgan. Q o'shinning bir qismi muntazam xiz- 
matda bo'lib, markaziy hokimiyat ixtiyorida turgan.
Q o'qon xonligi 15 beklik, y a’ni harbiy okrugga bo'lingan 
bo'lib, ularning yarmidan ko'piga xonning o'g 'illari yoki yaqin 
qarindoshlari hokimlik qilganlar. Hokimlar o 'z hududidagi harbiy 
kuchlar qo'mondoni hamda fuqaro boshqaruvining boshlig'i edi. Ular 
o 'z tasarrufidagi qo'shinni o'zlari moddiy jihatdan ta ’minlaganlar. 
Hokimlar harbiy yurishlar oldidan xonning birinchi d a’vati bilan o 'z 
qo'shinlari bilan belgilangan joyga yetib kelishi shart edi. Q o'qon 
xoni zaruriyat tug'ilganda, oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega 
bo'lgan 60 mingtacha sipohni yig'a olardi.
XIX 
asr ikkinchi yarmidagi o'zbek xonliklaridagi vaziyatga baho 
berishda, shuni unutmaslik lozimki, Buxoro, Xiva, Q o'qon xonlikla- 
rida taraqqiyot to'xtab qolmagan. O 'zaro urushlar va parokandalik- 
dan qat’i nazar yaratuvchilik faoliyati davom etgan. Xiva xonligida 
esa sun’iy sug'orish borasida oldingi asrlarga nisbatan k o 'p ish qilin-
60
www.ziyouz.com kutubxonasi


gan. Bunda eng avvalo xonlar va yirik amaldorlar tashabbus 
ko'rsatganlar. Arab Muhammadxon turk qal’asidan Kuygun 
tomon qazitgan kanal, A bulg‘oziy Bahodirxon nomi bilan bog‘liq 
G ‘oziobod kanalining ta ’mir etilishi, Anushaxon zamonida qurilgan 
Shohobod (uzunligi 14 km, eni 30 metr, chuqurligi 3,5 metr), 0 ‘rmish 
(uzunligi 96 km, eni 17,5 metr) kanallari, Ali Sulton qurdirgan 
Toshli yormish kanali hamda M anqitama (XVII), Eshim Yaragan, 
Omonquli, Ingichka, Ixlos, Qilich Niyozboy (1815), Yangiyop va 
Q orako'z (XIX), Shohmurod (1846), Rahmonberdiboy, Toshsaqo 
(1828), K o'hna Urganch-Xonyop (1831), Qoraqalpoq, Xonobod 
(1847), Sipohiy, Muhammadamin (1850), XIX asr 50-yillaridagi 
Kaltaminor, Bog'yop, Amirobod, Saribiy kanallari va boshqa qator 
katta-kichik sun’iy sug'orish inshootlari bilan bog'liq tadbirlar shular 
jumlasidandir.
Q o'qon xonligida Erdona, N orbo'ta hukmronlik qilgan za- 
monlarda So'x daryosidan chiqarilgan kanallar, Olimxon buyrug'i 
bilan qazdirilgan oltita kanal (ariq), Umarxon davrida Sirdaryodan 
chiqarilgan O'zganddan boshlanib Andijon va M arg'ilon oralig'i- 
dagi Shahrixongacha boradigan kanal, Norin daryosidan boshlana- 
digan Yangiariq kanali (1819), Xon va Zarbak kanallari (1803) xonlik 
davridagi obodonchilikdan darak beradi. Xonlikda jamoaviy binolar 
qurilgan, 200 ga yaqin masjid va madrasa, qorixona va maktab barpo 
etilgan, shaharlarda savdo va hunarmandchilik rivojlangan1.
Buxoro shahrining o'zida XIX asr o'rtalarida, y a’ni Rossiya 
bosqinidan oldin, 38 karvonsaroy, 9 savdo timi, 16 hammom, 45 
bozor bo'lgani m a’lum. Shuningdek 200 dan ortiq masjid, 100 dan 
ortiq madrasa mavjudligi ham manbalarda yozilgan. Ular orasida 
Tursunjon (1796-1797), Emazar elchi (1795), Xalifa Niyozqul 
(1807), Xalifa Xudoydod majmuasidagi madrasalar ayniqsa diqqatga 
sazovordir.
Xiva xonligida ham qurilish ko'p bo'lgan. Arab Muhammadxon 
(1616), Hojamberdibiy (1688), Sherg'ozixon (1719-1728), Muham­
mad Amin inoq (1765), Qutli Murod inoq (1809), Olloqulixon 
(1832-1835), Arab Muhammadxon (1870), M usato'ra (1841), Said- 
boy (1842), A m irto'ra (1870), Muhammad Rahimxon (1871), 
Muhammadmurod devonbegi, Otajon to'ra, Qadam yasovulboshi, 
Ibrohimxoja, Yusuf yasovulboshi, Husayn Muhammadboy, D o'st


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish