beklari, qozilami va mansabini suiste’mol qilgan hokimlami
lavozimlaridan tushirib, adolatparvar odamlarni o ‘rinlariga qo‘ygan.
U taxtga chiqqan yilidan boshlab yurt barqarorligiga rahna solib,
mamlakatda boshbodoqlikni kuchaytirgan Karmana, Shahrisabz,
X o‘jand, Mari hukmdorlari ustiga yurishlar qilib ularni markaziy
hokimiyatga b o ‘ysindirgan. Tashqaridan xavf solayotgan A fg'onis
ton hukmdori Temurshoh qo'shinlarini tor-mor qilib yurt tinch-
ligini ta’minladi. U m a’muriy, moliyaviy
va adliya sohasida
islohotlar o'tkazdi. Kumush tangalar zarb etdi. Bozorlardagi narx-
navolami tartibga soldi. Shariatga xilof yorg‘u, boj, tushmal,
yasok, oliq-soliq kabi soliqlardan ozod qildi. Eng muhimi, Buxoro
fuqarolarini bepul ishlab berish majburiyatlarini bekor qildi.
Amir Shohmurod qonun ustivorligini qat’iy amalga oshirgan.
Kimki, mansabi, lavozimi, martabasidan qat’iy nazar qonunga
xilof tarzda ish qilsa, kim b o iish ig a qaramay jazoga tortilgan.
Sud jarayonida amiming o ‘zi ham qatnashgan hollar ham bo'lgan.
Shariat amrini bajarish fuqaroning turmush tarziga aylantirilgan.
Shohmurod maishiy jihatdan ham barchaga o 'm ak bo'lgan, hech
bir amir undan oldin ham keyin ham qilmagan ishni qilgan. Uning
kundalik harajati to 'rt tangadan oshmagan.
Eb-ichishi va kiyinishi
oddiy bo'lgan, biron-bir amaldoming uyiga ziyofatga bormagan,
hech kimdan sovg'a-salom olmagan, o 'z sharafiga turli dabdabali
tadbirlar o'tkazilishiga y o i qo'ym agan1.
* * *
Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin,
Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog', G'uzor,
Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjo'y, Hisor, Ko'lob, Qorate-
gin, Darvoz,
Baljuvon, Sho'g'non, Ro'shon, Q o'rg'ontepa, Qobo-
diyon, Kalif, Q obog'li va Xorazm bekliklaridan iborat edi. Beklik-
lar mahalliy qabila boshliqlari, katta mulk egalari tomonidan
boshqarilgan. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo'yiladigan
hokimlar - beklar idora qilgan. Hokim huzurida yuzlab mahalliy
m a’murlar xizmat qilgan. Manbalar amirlikda mahalliy m a’murlar
shtati 30 ming kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim
va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi,
ular mahalliy aholidan olinadigan turli-tuman soliq va to'lovlar
hisobiga tirikchilik qilganlar.
1
Shamsutdinov R.. Karimov Sh., Ubaydullaev O'.
Vatan tarixi. Т.: «Sharq»,
2003, 78-bet.
57
www.ziyouz.com kutubxonasi
Amirlikning harbiy kuchlarini otliqlar va sipohlar tashkil etgan.
Q o‘mondonlik lavozimlaridagi zobitlaming
harb ilmi talab daraja-
sida bo‘lmagan. Harbiylar harbiy mashqlarga nisbatan ko‘proq
jism oniy mehnat bilan band boiganlar. Q o'shinda yuzboshi,
mingboshi singari harbiy lavozimlar b o iib , umumiy qo‘mondonlikni
lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo‘shini muntazam b o im a -
gani sababli, zaruriyat b o ig an d a ularni to ‘plash qiyin kechgan.
Buxorodagi vaziyat ko‘p jihatdan Xiva xonligiga ham xos
b o ig an . Xonlik janubda Eron, Sharqda Buxoro amirligi, G ‘arbda
Kaspiy dengizi, Shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi.
Suvsiz va poyonsiz Qoraqum, Qizilqum
sahrolari Xiva xonligini
geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo‘ygan edi.
Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Kat, K o ‘hna
Urganch, Xazorasp, Q o‘ng‘irot, X o‘jayli, Kurdar (hozirgi Chimboy)
shaharlari xonlikning yirik shaharlari hisoblanar edi. 0 ‘rta Osiyoning
eng boy savdo markazlaridan biri b o ig a n Xiva shahri 1598 yildan
boshlab xonlikning poytaxti b o ig an . Shahar ikki qism - Ichon qal’a
(shahaming ichki qismi) va Dishon qal’a (shahaming tashqi qismi)
dan iborat edi. Ichan qal’ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid,
22 madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan. 1842 yilda Dishan
qal’a qurilib, devor bilan o ‘rab olingan. Dishan qal’ada hunarmandlar,
savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar istiqomat qilganlar.
Aholining ko‘pchilik qismini o ‘zbeklar tashkil qilib,
ulardan eng
kuchli va k o ‘p sonlilari qo‘ng‘irot, nayman, qiyot, uyg‘ur, nukuz,
q a n g ii, xitoy, qipchoq qabilalari edi. 0 ‘zbek qabilalari asosan
Amudaryo tarmoq yoygan qismda, kanal bo‘ylarida joylashgan.
Aholining anchagina qismini (taxminan to'rtdan birini) turkmanlar
tashkil etgan. Turkmanlar qadimgi o ‘g ‘izlaming avlodlari b o iib ,
forscha so‘zlashuvchi mahalliy xalqlar va o'zbeklar bilan qorishib
ketgan edi.
Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va
Orol dengizining janubiy qirg‘oqlari ham Xiva xonligi tasarmfida
edi.
Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik qoraqalpoq-
laming asosiy m ashg‘uloti edi.
Muhammad Rahim I (1806-1825 yillar) davrida Xiva xonligi-
dagi o ‘zaro urushlar biroz pasaydi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga
yetdi. Mamlakatda o ‘tkazilgan soliq islohoti,
bojxonaning joriy
etilishi, oltin pul chiqarilishi x o ‘jalik ishlariga o ‘zining ijobiy
ta’sirini ko‘rsatdi. 0 ‘z vaqtida yig‘ib olingan soliqlar xonlik xazinasi,
daromadini oshirdi. Xonlikda eng nufuzli lavozim qushbegi (bosh
vazir) b o iib , u soliqlarni to ‘plash va xonning muhim topshiriqlarini
bajarish bilan shug‘ullangan.
58
www.ziyouz.com kutubxonasi