O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Isaboeva G.S.
XIX asrda Qo'qon xonligida madaniy hayot. Tarix fanlari 
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya avtoreferati. 
Toshkent, 2010, 21-bet.
61
www.ziyouz.com kutubxonasi


Olim, Qozi Muhammad Salim, Islomxoja, Isfandiyorxon madrasa- 
lari, Saidboy (1842), Oqmasjid (1875) masjidlari, Pahlavon Mahmud 
maqbarasi (1835), Ko‘hna Ark, Toshhovli, Nurullaboy saroylari, 
Juma, Saidboy (1842), K o‘kminor (1852-1853), Islomxoja (1908) 
minoralari ana shunday bunyodkorlik ishlaridan guvohlik beradi.
Farg‘ona vodiysida 1740 yili Eski 0 ‘rda o ‘mida hozirgi Q o‘qon 
shahriga asos solinishi, xonlikning turli shaharlarida bunyod etilgan 
ko‘plab o id a lar, bozorlar, karvonsaroylar, masjidlar, xonaqohlar, 
qorixonalar, madrasalar, chunonchi, Mir (1798), N orbo‘ta, Xonmirza 
Yodgor (1830), Hazrati Sohib (1861), Xudoyorxon (1850, 1870 yillari 
Q o‘qonda, 1873 yili Namanganda, 1874-1875 yili Shohobodda, 
Chustda, Hakimoyim (1869), Olimbek ( 0 ‘shda), Nasriddinbek (An­
dijonda), Toshkentda XIX asrda qurilgan Beklarbegi, Muyi Mubo- 
rak, Eshonqul dodxoh, Yunusxon, Abulqosim madrasalari ham shular 
qatorida turadi.
Shunday rivoj holatini madaniyat sohasida ham ko‘rish mum­
kin. To‘g ‘ri, mamlakatning uchga b o ‘linib ketishi, siyosiy qarama- 
qarshiliklar va, ayniqsa, Rossiya bosqini tufayli siyosiy mustaqillikning 
q o ‘ldan ketishining umumiy manzarasida bu sohadagi ahvol ilgarigi
masalan, temuriylar zamonidagi kabi bo ‘lmagan. Ammo bir narsa 
aniqki, bu bosqichda fan va madaniyat har holda bir yerda to ‘xtab 
qolmagan. Yuqorida zikr etilgan qurilishlar, ayniqsa, madrasalar 
bunyodi shunga ishoradir. X V III-X IX asrlarda o ‘zbek xalqining bu 
sohalardagi tarixini sovet davri tarixshunosligida iloji boricha b o ‘yab 
ko'rsatishga intilib, o ‘lkani madaniy qoloqlikda ayblab, bu bilan 
Rossiya bosqinining 0 ‘zbekiston uchun «progressiv ahamiyatini» 
isbotlashga atayin harakat qilingan.
0 ‘tgan sulolalar kabi m ang‘itlar, qo ‘ng‘irotlar, minglardan 
chiqqan namoyandalar ham o ‘z davri va doiralarining o ‘qimishli 
shaxslari bo‘lganlar. Masalan, K o‘qon xoni Umaming «Amiriy», 
malika Mohlaroyimning «Nodira», «Komila», «Maknuna», Xiva 
xoni Muhammad Rahimxon II ning «Feruz», uning akasi Otajon To‘ra 
Murodning «Murodiy» taxallusida she’r bitganlarini, Abdulg‘oziy 
Bahodirxonning «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima» kabi o ‘zbek 
tilida yozgan asarlarini eslaylik. Fazliy, Mushrif, Qoziy, Afsus, Sodiq, 
Xijolat, Hoziq, Xotif, Mahmur, Gulxaniy kabi yetuk qalam sohib- 
lari Farg‘ona vodiysida yashab ijod qilganlar. Shuningdek «Afzal 
at-tavorix», «Tarixi Umarxon», «Risolayi askariya», «Muntaxab 
at-tavorix», «Tarixi Shohruhiy», «Tarixi jahonnamoy», «Xusolat al- 
axbor», «Tasnifi G ‘arib», «Tarixi jadidayi Toshkand» kabi boshqa 
ko ‘plab tarixiy asarlar ham xuddi shu davrda Q o‘qon xonligi doira-
62
www.ziyouz.com kutubxonasi


sida yozilgan. Buxoroda ham tarix yozishlik taraqqiyotdan to ‘x- 
tamagan. Hech boim asa, «Tuhfat al-xoniy», «Tarixi amir Haydar», 
«Fathnomayi sultoniy», «M ang'itlar xonadoni saltanati qisqacha 
tarixi», « 0 ‘zbek podshohliklari zikri», «Tarixi salotini m ang‘itiya, 
o ‘zbakiya va ashtarxoniya» kabilami yodga olish mumkin.
Zikr qilingan «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», Muni- 
sning «Firdavs al-iqbol», Ogahiyning «Riyoz ad-davla», «Zub- 
dat at-tavorix», «Iqboli Feruziy», Bayoniyning «Shajarayi Xorazm- 
shohiy», «Xorazm tarixi», «Jome al-voqeati sultoniy», «Gulshan 
ad-davlat», «Iqboli Feruziy» asarlarining yozilganligi eng katta 
dalildir. Xivalik olimlar, tarixchilaming o ‘z davri uchun o ‘zbek 
tarixshunosligiga qo‘shgan eng katta hissalaridan biri shundaki, 
ular tilga olingan manbalami o ‘zbek tilida yozganlar. Bundan 
tashqari xivaliklar tarixshunoslikdagi tarjimachilik sohasida tah- 
singa loyiq ishlarni ro ‘yobga chiqarganliklarini aytib o ‘tish 
lozim. Chunonchi, Mirxondning «Ravzat as-safo», Yazdiyning 
«Zafamoma», Xondamirning «Xabib as-siyar», Vosifiyning «Badoye 
ul-voqoe’», «Tarixi Tabariy», Rashididdinning mashhur «Jome at- 
tavorix» (Ali sulton (vafoti 1571-1572) buyrug‘i bilan), Binoiyning 
«Shayboniynoma», shuningdek, «Tarixi Muqimxoniy», «Taqobati 
Akbarshohiy», Mahdihon Astrobodiyning «Tarixi Nodiriy», «Zubdat 
al-hikoyot», «Miftoh al-tolibin», «Axloqi Muhsiniy», «Nasihatno- 
mayi Kaykovus» (Qobusnoma), Sa’diyning «Guliston», Jomiyning 
«Bahoriston», «Salomon va Ibsol», «Yusuf va Zulayho», Nizomiy- 
ning «Haft paykar», Xisraviyning «Hasht behisht», Hiloliyning 
«Shoh va gado», Nosiriyning «Ravzat as-safoyi Nosiriy», Darvish 
Ahmadning «Sahoyir al-axbor», mashhur arab tarixchilari M as’udiy, 
Ibn al-Asr asarlari arab va fors tillaridan o ‘zbekchaga o ‘girilgan.
Xullas, sun’iy sug‘orish ishlari, qurilishdan tortib dehqonchilik, 
hunarmandchilik, fan va madaniyatgacha, ichki savdodan tashqi 
iqtisodiy aloqalargacha (Eron, A fg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Ros­
siya va boshqalar) oid m a’lumotlar, umuman olganda, yurtimiz va 
ajdodlarimiz X VIII-X IX asrlarda dunyoning ko‘pchilik xalqlari va 
mamlakatlaridan orqada boim aganligini ko‘rsatadi. Undan oldingi 
o ‘tmish madaniyatni nazarda tutsak, jahon taraqqiyotidagi fan va 
texnika asrida (XX) taraqqiyotning oldingi saflarida turishlari uchun 
mavjud imkoniyatlar bor edi1. Ammo ulardan foydalanishga bir qator 
omillar yo‘1 qo‘ymagan.

Azamat Ziyo.
0 ‘zbek davlatchiligi tarixi. Т., «Sharq», 2000, 2 9 8 -3 0 1-betlar.
63
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish