Mulohaza uchun m a’lumot
1916 yil qo‘zg‘alonini keltirib chiqargan sabablami aniqlash
masapasida Rossiya Davlat Dumasi musulmonlar fraksiyasi raisi
Q utlug1 Muhammad Mirzo bilan A.F.Kerenskiy fikr almashinishib,
Rossiyadagi bir qator urush frontlari safiga Turkiston fronti ham
qo'shilganini e ’tirof qilishgan. A.F.Kerenskiy o ‘z yurtdoshlarining
vahshiyliklaridan voqif bo‘lib, vayronaga aylantirilgan shahar
va qishloqlami o ‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Shu bois u so‘zda b o isa -
da, turkistonliklami yoqlab chiqdi. U 1916 yilning noyabr oyida
Turkistonda so‘zlagan nutqida Rossiya hukumatini shafqatsizlikda
ayblab, hatto Turkistonga o ‘z hukumatini tuzish huquqini berishni
talab qilib chiqdi. Shuningdek, u 1916 yil oxirida Peterburgga tashrif
buyurgan To‘rg‘ay viloyati vakilligiga rus hukumatining va’dalariga
ishonmaslikni maslahat berdi. Kerenskiy ana shunday faoliyati bilan
turkiy xalqlaming ishonchini qozondi. Shuning uchun ham 1917
yil fevral inqilobi haqida o'lkaga xabar kelganda turkistonliklar
A.F.Kerenskiyga tabrik telegrammasi y o ilab , uning yordamida
ozodlikka chiqishga
umid
qildilar. A.F.Kerenskiy hukumati
Turkistonda jonajon ruslaridan ko‘ra turkistonliklar tomonidan
ko‘proq olqishlandi. Ammo 1917 yil fevral inqilobidan so‘ng vazir,
keyin Bosh vazir bo‘lgan A.F.Kerenskiy turkistonliklar ishonchini
oqlamadi. Bunga bir qator hujjatlar guvohlik beradi.
« 0 ‘n uch oydan beri Yettisuv viloyati da qonli voqealar davom
etm oqda,- deb yozgan edi turkistonlik Shokir Emoy. - Bir necha o ‘n
ming musulmon qirg'izlam ing yostig‘i quritildi. Ulaming milllion-
million rubllik mol-mulki talon-toroj etildi. Begunoh qirg‘iz bolalari
ota-onalari bag‘ridan o ‘g ‘irlanib, xuddi o ‘rta asrlardagidek qullikka
sotib yuborildi. Ayollar zo ‘ravonlik qurboni b o ‘lmoqdalar; din
e ’tiqodi va millati kamsitilmoqda. Avvalgi tuzumda ham bunaqa
zo ‘ravonliklar jamoatchilik nazaridan chetda qolmasdi. Ammo u
paytlarda tilimiz b og iangan edi. Norozilik bildirish yoki kimdandir
yordam olish to ‘g ‘risida o ‘ylab ham boim asdi. Ammo hozir ozodlik
davri boshlangan, hukumat tepasiga sosialistlar kelishgan. Tenglik
va birodarlik e ’lon qilindi. Qirg‘izlar va barcha musulmonlar xon
davrida odat tusiga kirib qolgan zo‘ravonliklarga chek qo‘yiladi, deb
umid qilgan edilar. Ammo Yettisuv viloyatida hali hech qanday tartib
o ‘matilgani yo‘q. Qirg‘izlami kamsitish, o iim jazosi ta ’qiqlanishiga
qaramasdan, ularni qatl etish davom etmoqda. Xalqni mustamlakachilar
zulmidan himoya qilish yo‘lida biror qadam tashlangani y o ‘q.
Kerenskiy hukumati u yoqda tursin, boshqa sosialistik tashkilotlar
ham bu dahshatli holatga chek qo‘yish to ‘g ‘risida o ‘ylamayaptilar.
517
www.ziyouz.com kutubxonasi
M usulmonlaming telegrammalari va arizalariga e ’tibor berilmayapti.
X o‘sh, biz endi nima qilishimiz kerak? Shu paytgacha hukumatdan
najot kutdik, ammo hukumat tashabbusni qo‘lga olishdan bosh
tortgandan keyin musulmonlaming o ‘zlari bu ishga jiddiy kirishishga
majburdirlar1.
* * *
General-gubemator Kuropatkin va Davlat Dumasi a ’zolarining
taraqqiyparvarlar bilan aloqasi sirini ilg‘ab olgan va tushungan siyosiy
razvedka rahbari polkovnik M. Volkov xalq ko‘ziga yomon k o ‘rinib
qolgan ras amaldorlarining ishdan olinishidan norozi kishilaming
«tuzemeslar jilovini qo‘ldan chiqardik», degan da’volarini tanqid
qilib, «bu fikr o ‘z mansabini suiiste’mol qilganlarga taaluqli», -
deydi va quyidagi g ‘oyani ilgari suradi: «Joylardagi m a’muriyat
b o ‘ysundirilgan xalqning uchinchi avlodi bilan to'qnash kelmoqda. Bu
avlod ras fuqaroligi berayotgan barcha afzalliklar qadrini tushunadi.
Ulkan 0 ‘rta Osiyo mulklaridagi millatlaming o ‘zaro madaniy
yaqinlashuvi oliy hokimiyat irodasiga bo‘ysunmas bir jarayondir.
Aybdor amaldorlami lavozimlaridan chetlashtirish ana shu jarayonga
to ‘siqlami abadul abad yo‘qotgay»2.
0 ‘tmishdoshlari Vasilev va Kvisinskiyning kuzatuvlarini izchil
davom etgirgan polkovnik Volkov jadidlam ing nufuzi va xalq
orasida tobora oshib borayotgan mavqeidan yaxshi xabardor edi.
U TRMB boshlig‘i sifatida Mirkomil M irm o‘minboevning katta
moddiy m ablag‘i bilan ta ’minlanib, uning bevosita tashabbusi bilan
Petrogradga jo ‘nagan U baydullaxo‘ja va uning maslakdoshi jum alist
Vadim Chaykinlaming markazda podshoh farmonini kechiktirishga
muvaffaq b o ‘lishgani, o ‘zlari bilan Turkistondagi qonli voqealami
tekshirishga Davlat Dumasi musulmon fraksiyasi a ’zolarini olib
kelishgani kelajakda o ‘lkada jiddiy o ‘zgarishlar yasashini yaxshi
angladi. TRMB agenturasi jadidlar bilan ilg‘or m s demokratlari
o ‘rtasida yaqin hamkorlik yuzaga kelganidan ham xabar topgan edi.
Bu hamkorlikning zanjiri Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaevga borib
ulangan edi. Toshkent, Saratov va Petrograd eserlari davrasida yaqin
kishi hisoblangan Ubaydullaxo‘janing «Sadoyi Turkiston» gazetasi
muharriri sifatidagi faoliyati ham ularga m a’lum edi. Polkovnik
Volkov shu gazetada Lev Tolstoyning Ubaydullaxo‘jaga y o ‘Hagan
yuqorida tilga olingan maktubini ham o ‘qigan edi. G raf Tolstoyning
1 Yangi Sharq. Berlin, 1917, 2-jild, 124-bet.
20 ‘zR MDA, 3-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 31 -ish.
518
www.ziyouz.com kutubxonasi
oddiy o ‘zbek ziyolisiga b o ‘lgan e ’tibori butun Turkiston jamoatchiligi
e ’tiborini o ‘ziga jalb etgani maxfiy polisiyaning diqqatini qaratgan
edi. «Sadoyi Turkiston» yopilgandan keyin Andijonga kelgan
Ubaydullaxo‘ja mahalliy jadidlar va rus jum alistlari bilan yaqinlashib,
hukumatga qarshi qaratilgan faoliyatini davom ettirdi.
Polkovnik Volkov Toshkent, Q o‘qon va Andijondagi jadidlar-
ning tashkilotlarida o ‘zbek burjuaziyasidan tashqari, rus savdo-
sanoat doiralari vakillari, shular qatorida inqilobiy firqa a ’zolari ham
borligi haqida xabar topgan edi. Volkov o ‘z agenturasining yana bir
axborotini ham diqqat bilan o ‘rgandi. Bu axborotda Ubaydullaxo‘ja
bosh b o ig a n Toshkent jadidlari Andijondagi «Taraqqiyparvarlar»
firqasi bilan birlashgani va ulaming orasida tumanboshining
tilmochlari Sulaymon Kelginboev, Akbarali va Madamin O 'razaliev1
hamda Ubaydullaxo‘janing inisi Bashirulla X o‘jaev muhim rol
o ‘ynashi ko‘rsatilib, ular bilan maslakdosh b o ig a n rus jum alisti Vadim
Chaykin hokimiyatga qarshi mahalliy yoshlami uyushtirayotgani
m a iu m qilingan edi. Turkiyaning Gresiya ustidan g ‘alabasini tilovchi
bu maxfiy jamiyatning maqsadi, agentning fikricha, «mahalliy rus
hokimiyatini yerga urib qoralash orqali mahalliy xalq o ‘rtasida obro‘
qozonishdir»2. TRMB maxfiy agenti Mirza Ahmad Qushbegiev esa
uni to id irib «agar bu jam iyat jazosiz qolaversa, u holda u dahshatli
kuchga aylanadi. Xalq ulaming qarm ogiga ilinib, jilovini ularga berib
qo‘yadi», deb o ‘zbek jadidlari faoliyati to ‘g ‘risida batafsil axborot
bergan edi.
Bu jamiyatning bosh g'oyasi «yosh turklar»ga taqlid etishdan
iborat b o ig a n . Uning a ’zolari xalqni siyosiy erkinlikka chiqarishni,
rus va mahalliy m a’muriyat zulmidan ozodlikka chiqishni maqsad
qilib olganlar. Ularga ruscha va musulmoncha m aium otga ega
b o ig a n yoshlaming ko‘pchiligi xayrixoh edi. Andijon uezdi b osh lig i
polkovnik Yu.A.Brjeziskiy Farg‘ona viloyati harbiy gubematoriga
1916 yil 13 sentyabrdagi raportida: «Hozirda aholi m a’muriyat
ovoziga emas, balki janob Chaykin, Ubaydulla X o‘jaev, Ahmadbek
Hoji Temirbekov, Poshshoxo‘ja U m arxo‘jaev va ular to‘dasi ovoziga
quloq osmoqda. Odamlar arz-shikoyatlar bilan m a’muriyat oldiga
emas, balki o ‘shalar huzuriga adolat istab bormoqda. M a’murlar
Toshkent, Andijon va Q o‘qon kabi yirik m a’muriy markazlarda
1 A. O 'rozaliev Moskvada Xitoyga diplom atik xizmat safariga jo 'n a sh oldidan
1925 yil 6 iyulda to'ldirgan shaxsiy varaqasining « o ‘tmishda qanday partiyaga
mansub edingiz?» degan savoliga «1914 yildan 1917 yilgacha yosh o'zbeklam ing
«Ittihod va taraqqiy» yashirin tashkilot a ‘zosi bo'lganm an» deb yozgan.
20 ‘zR MDA, 3-jam g‘arma, 1-ro'yxat, 31 -ish, 68-varaq.
519
www.ziyouz.com kutubxonasi
tobora kuchayib borayotgan «Taraqqiyparvarlar» firqasidan juda
hayiqib qolishdi», deb yozgan edi1.
1916 yilning avgustida Turkiston general-gubematori TRMB
m a’lumotlari asosida imperatoming mardikorlikka olish haqidagi
farmonini bajarish uchun jadidlam ing yordamiga suyanish haqi
dagi xulosasiga qo‘shildi. Shu maqsadda u jadidlar yetakchisi Ubay-
dullaxo‘janing talabini qondirib, Andijon tumanboshisini lavozimi-
dan chetlatdi. Mardikorlikka olishda barcha ishlami jadidlar rah-
barlik qiluvchi «tuzem qo‘mitasi» ixtiyoriga topshirdi. Toshkentdagi
«Tuzem q o ‘mitasi» raisligiga Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaevni,
uning muovinligiga
esa M unavvar qori Abdurashidxonovni
tayinladi.
Kuropatkinning jadidlarga ko‘rsatgan bunday ishonchi tagida
yotgan yashirin maqsadni anglamagan shovinistlar nihoyatda dar-
g ‘azab b o iish d i. Ulam i ayniqsa Ubaydullaxo‘janing «Turkestanskiy
golos» gazetasida bosilgan «Rus imperator ju g ‘rofiya jamiyati»
majlisida qilgan m a’mzasidagi «ms xalqi bizlami o ‘g‘irlik vajinoyatga
o ‘rgatdi», degan so‘zlari junbushga keltirgan edi. Shunday odamni
general-gubemator m as’ul lavozimga tayinlashi shovinistlar g ‘azabini
nihoyatda kuchaytirib yubordi. Polkovnik I.Brjeziskiy maslakdosh
do‘sti, Farg‘ona viloyati harbiy gubematori vazifasini bajaruvchi
polkovnik Ivanovga yuborgan xatida shunday degan: «Tuzemeslar
so‘nggi vaqtda juda surbetlashib ketishdi. Janob X o‘jaevlar va
Chaykinlar «Kambag‘al tuzem aholini ezayotgan m a’muriyat» ustidan
yana arzbozlik kampaniyasini boshlamoqda. Fikrimcha, zudlik bilan
ulaming faoliyatiga chek qo‘yish kerak. V. Chaykin, Ubaydulla
A sadullaxo‘jaev, ukasi Bashim lla Asadullaxo‘jaev, Ahmadbek
Temirbekov va Poshshahoji Umarxo‘jaevlam i mardikorlikka j o ‘na-
tish tugaguncha o ik a d an chiqarib yuborish zamr. Shaxsan o ‘zim
k o ‘rgan-kechirganlarim asosida mahalliy aholiga ishonchimni
batamom yo‘qotdim. Bu xalq iyul oyida ms qizlari va ayollarini
zo ‘rladi, ko ‘priklami yondirdi, himoyasiz amaldorlami oid ird i.
Bunday yow oyilarga men endi sira ishonmayman. 0 ‘lkadagi 27
yillik xizmatimdan kelib chiqib, shunday qat’iy xulosaga keldim:
y o w o y i tuzemeslarga bizning insonparvarligimiz mutlaqo to ‘g ‘ri
kelmaydi. Faqat miltiq nayzalarigina ulami mardikor berishga majbur
qiladi»2. 1898 yilgi Andijon qo‘zg ‘alonini bostirishda faol qatnash-
gan Bijeziskiyning bu xulosasi polkovnik Ivanovning ham qalbiga
yaqin edi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |