O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Sodiqov H.
Arafa. «Guliston», 1976 yil, 7-son, 9-bet.
509
www.ziyouz.com kutubxonasi


tashlab: «Nega yoshlami oidiryapsizlar? Meni oidiringlar, ammo 
farzandlarimizni sizlarga bermaymiz», - deb qichqirdi. Pristav 
M ochalov o‘z qo‘li bilan bu ayolni ham otib tashladi.
Shu paytda xotinlaming qo‘zg ‘alonda qatnashayotganligini 
qoralagan Obid usta A zizxo‘jaev kaltaklanadi. Bu kishi shahar 
kasalxonasida o ‘lgan. Prokuror aybnomasida bu haqda shunday 
deyilgan: «Marhum Obid usta A zizxo‘jaevning ukasi 11 iyul kuni 
kechqurun kasalxonaga borganda akasi jon berishdan oldin shunday 
deydi: «Men polisiya boshqarmasining tagida turib, shovqin-suron 
ko ‘tarish va toshbo‘ron qilish, erkaklar turganda, xotinlarga munosib 
emas, dedim. Shu ondayoq kishilar va xotinlar meni ko‘chaga sudrab 
olib chiqishdi. Bu yerda kimlardir biqinimga pichoq urdi»1.
Xalq g ‘azabining cheki k o iin m a s edi. Q o‘zg ‘alonga rahbarlik 
qilganlar orasida G ‘ulom Kamolov va Ochil Bobojonov kabi 
quruvchi-ustalar alohida ajralib turishdi. Eski Toshkentda yuz bergan 
qo‘zg ‘alon Toshkent tumani mehnatkashlarining ham chiqishiga 
turtki b o id i. 13 iyulda To‘ytepa b o iisin in g mingga yaqin aholisi 
volost yig‘inida mardikorlik majburiyatini bajarishdan bosh tortdilar. 
Toshkent tumaniga yuborilgan podpolkovnik Afanasevning jazo 
otryadi qishloqlarga o ‘t qo‘ydi, isyonchilami esa sud va tergovsiz otib 
tashladi.
M ustamlakachilar voqealaming bunday borishidan tashvishga 
tushib qoldilar. 1916 yil 17 iyulda Nikolay II ning farmoni bilan 
Turkiston harbiy okrugida harbiy holat joriy etilib, fuqarolik 
boshqaruvi to i a ravishda harbiy qo‘mondonlik ixtiyoriga topshirildi. 
General-gubematorga ham bosh q o ‘mondon sifatida katta vakolatlar 
berildi. Tezlik bilan jazo otryadlari tuzildi. Joylarda harbiy gamizonlar 
va mirshablik qismlari ishlarini ko‘rib chiqish uchun harbiy-dala 
sudlari tashkil etildi. Ammo q o ‘zg‘alon alangasini bunday favqulodda 
choralar ham to ‘xtata olmadi. Q o‘zg ‘alon 18 iyulda Jizzaxda shu qadar 
katta b o id ik i, tarixchilar 1916 yilgi qo‘zg‘alonni Jizzax qo‘zg ‘aloni 
deb ataydigan b o iib qoldilar.
Jizzax xalqi g ‘azovot b ay ro g i ostida N azirxo‘ja eshon boshchi- 
ligida yangi shaharga y o i olishdi. Tumanboshi podpolkovnik Rukin, 
bosh oqsoqol Y oidoshev, pristav, tilmochlar o id irild i. Q o‘zg‘alon- 
chilar jazo otryadi bilan jangga kirishib, talafotlarga qaramay, hujum- 
ni davom ettirishdi. Temir y o i stansiyalaridagi neft zaxiralari yondi- 
rildi, aloqa simlari uzib tashlandi. Obruchevo, Kuropatkino, Ros-

Ziyoev Hamid.
Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi 
kurash, 407-bet.
510
www.ziyouz.com kutubxonasi


tovsevo stansiyalari, 6-temir yo‘l k o ‘prigi buzib tashlandi. 3 ming- 
dan ortiq qo‘zg ‘alonchi Samarqand sari yo‘l oldi. Duch kelgan 
mingboshilar, oqsoqolu mirshablar o ‘ldirilib, mardikorlar ro‘yxatlari 
yoqib yuborildi. Podpolkovnik Afanasevning jazo otryadi tumandagi 
qo‘zg‘alonni bostira olmadi. Turkiston general-gubematori Jizzaxga
13 rota askar, 3 rota kazaklar, 3 rota sapyorlar, 6 to ‘pli batareya 
-hammasi bo‘lib, 2,5 ming kishilik jazo otryadini yubordi. 0 ‘lka 
b o ‘ylab, xalqqa qarshi urush tajribasini orttirgan malakali harbiylardan 
jam i 15 batalon, 42 to ‘p, 69 pulemyotga ega 32 rota jang boshladi. Bu 
Antanta ittifoqida Germaniya - Avstro-Vengriya va Turkiyaga qarshi 
jang qilayotgan rus armiyasi uchun ikkinchi front b o ‘ldi. Shuning 
uchun ham 1916 yil 13 dekabrda IV Davlat Dumasida so‘zga chiqqan 
noib A.F.Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir front - Turkiston 
fronti qo‘shildi» deb vaziyatga jiddiy baho bergan edi1.
1916 yili Jizzax tumanining Qilich qishlog‘ida jazo otryadi va 
qo‘zg‘alonchilar o ‘rtasida so‘nggi bor to ‘qnashuv yuz berdi. «Ayovsiz 
qirish»ga farmoni oliy olgan polkovnik Ivanov odamlami sud va 
so‘roqsiz otaboshladi, yuzlab kishilami dorga osdi.
Eski Jizzax ayovsiz to'pga tutilib, butunlay yondirib tashlandi. 
Jizzahda rus askarlarini o ‘ldirgani uchun mahalliy aholining 1810 
desyatina eng hosildor yeri tortib olindi. Mingdan ortiq kishi qamoqqa 
olinib, ulaming ko‘pi qatl etildi va surgun qilindi. «Qahramonliklari» 
evaziga polkovnik P.Ivanov Farg‘ona harbiy gubematori lavozimiga 
ko‘tarildi.
General-gubernator imperatorga y o ‘llagan mutlaqo maxfiy axbo­
rotida qo‘zg ‘alon paytida 97 rus askari o ‘ldirilib, 86 tasi yarador 
boMgani va 76 askar bedarak ketgani, 7 rus amaldori, rus aholisidan 
2326 kishi oMdirilib, 1384 kishi bedarak yo‘qolganini yozgan2. Ammo 
general-gubernator Turkistonda ko‘rgan talafotini aniq yozgani holda, 
vahshiyona o ‘ldirilgan o ‘n minglab mahalliy aholi hisobini bermaydi. 
Ammo u bir haqiqatni yashirmaydi. So‘nggi 30 yil mobaynida, 
y a’ni «Turkiston o'lkasini boshqarish haqidagi Nizom» tasdiqlanib, 
kuchga kirgan 1886 yildan 1916 yilga qadar ruslar o ‘troq mahalliy 
aholiga yaqinlashish o ‘miga undan uzoqlashib ketganini e ’tirof qildi. 
Aslida «Mardikorlar q o 'zg ‘aloni» deb atalmish 1916 yildagi milliy- 
ozodlik qo‘zg ‘alonida qurbonlar benihoya katta bo‘lgan, milliondan 
ziyod kishi halok b o ‘lgan. Turkiston ahrlisidan 673 ming kishi


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish