Кастельская З.Д.
Восстание 1916 года в Узбекистане, сгр. 30.
: 0 ‘sha joyda.
30 ‘zR MDA, 4 6 1-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1676-ish, 2-varaq.
502
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xuddi shu davrda guruch, go‘sht, qand, poyafzal va gazlama narxi
bir necha marta ko‘tarilib, dehqonu hunarmand va ishchi ro ‘zg ‘orini
mushkul holga soldi. Aynan shu sharoitda podshohning bu oilalami
boquvchisiz qoldiradigan mardikorlikka safarbarlik haqidagi farmoni
xalq sabr kosasini to ‘ldirgan so‘nggi tomchi bo‘ldi.
Chor Rossiyasi qo‘mondonligi o ‘zining Germaniya va Turkiyaga
qarshi urushidagi no‘noqligi, uquvsizligi tufayli o ‘rinsiz qurbonlar
berib, Rossiyaning urushga taraddudi puxta b o ‘lmaganini ko‘rsatdi.
Buning ustiga og‘ir iqtisodiy ahvol, qurol-yarog‘ning yetishmasligi
armiyaning kayfiyatiga yomon ta ’sir ko‘rsatib, qismlarda inqilobiy
firqalar faoliyati kuchaydi. Front orqasi ham armiya uchun tayanch
b o ‘lolmaydigan ahvolda edi. Bu yerda ham urushdan norozilik
kuchayib, rus «ayollarining g ‘alayonlari» ko‘payib ketayotgan
edi. Do'ppisi tor kelib qolgan qo‘mondonlik urush og‘irligini
mustamlakalar yelkasiga ortib, ulami ayovsiz ezish siyosatiga o ‘tdi.
Oliy Bosh qo‘mondon shtabi «armiya ehtiyojlari uchun salmoqli
miqdorda kuch ajratish»ni harbiy vazirlikdan zudlik bilan talab qildi.
Bu kuchni harbiy vazirlik mustamlakalardan to ‘plashga qaror qildi.
Imperator Nikolay II imzo chekkan va 1916 yil 25 iyun kuni e ’lon
qilingan «Imperiyadagi rus b o ‘lmagan erkak aholini harakatdagi
armiya rayonida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo‘llari qurish
uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi
uchun zarur bo‘lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida»1
farmonga k o ‘ra Turkiston, Sibir va Kavkaz xalqlaridan 19 yoshdan
43 yoshgacha b o ‘lgan erkaklami safarbor qilishni ko‘zlagan edi.
Lekin farmonning bunday tarzda Turkiston o ‘lkasiga mutlaqo tatbiq
etib b o ‘lmasligini tajribali podshoh amaldori, sobiq harbiy vazir
A. N. Kuropatkin ham tushungan edi. U vazir yordamchisi general
Frolovga Rossiyada ikki yildan beri davom etib, nihoyasi ko‘rinma-
gan bu tadbimi, y a’ni urushga 19^43 yoshli aholini safarbar qilish
masalasi hal b o ‘lmagan holda uni chekka o ‘lkalarga tadbiq etish
noo‘rinligini ko‘rsatgani bejiz emas.
1
Восстание 1916 года в Средней Азии и Казахстане. Сборник архивных
документов. М, 1960, с.25. Bu to'plam ni bir guruh laganbardor tarixchilar tay-
yorlab, q o 'zg'alonning asl mohiyatini soxtalashtirib, buzib talqin qilishga va unga
diniy tus berishga uringanlar. M azkur to'plam da Turkiston general-gubem atori
arxividan olingan 508 ta e ’lon qilinmagan hujjatlar berilgan. Ammo bu q o 'z g 'a lo
nning tub mohiyatini ochib beruvchi bir qator hujjatlar to'plam ga atayin kiritil-
magan. Bu mavzu H. Ziyoev asarlarida batafsil yoritilgan. Q a r a n g: Ziyoev H.
Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T, «Sharq», 1998;
Shu muallif. Istiqlol - m a’naviyat negizi. Т., «M a’naviyat», 1999.
503
www.ziyouz.com kutubxonasi
Turkiston general-gubematoriga Farmonni tezlikda amalga
oshirish buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga
88 ming, Farg‘onaga 50 ming mardikor yuborish vazifasi yuklatildi.
Farg‘ona viloyati boshqalarga qaraganda ancha yengil majburiyat
oldi - har besh xonadondan bir mardikor beradigan b o id i. Bunday
imtiyozning sababi shunda ediki, vodiy rus to‘qimachilik sanoati
uchun boy xom ashyo makoni b o iib , u bilan yirik rus sanoatchilari
manfaati b o g iiq edi. Farg‘onadan ko ‘p ishchi kuchining safarbar
qilinishi rus sanoatchilari uchun zarur paxta tolasining kamayib
ketishi va mustamlakadan olinuvchi ustama foydaning pasayib
ketishi demak edi. Paxta yakkahokimligi o ‘z kuchini 1916 yil 2
iyuldagi Toshkentda b o iib o ‘tgan oliy amaldorlar kengashida ham
k o ‘rsatdi. Gubematorlar va metropoliya vakillari kengashida Sankt-
Peterburgda belgilab qo‘yilgan paxta tayyorlash rejasini bajarish
uchun zarur ishchi q o ila r miqdorini saqlab qolish masalasi birinchi
o ‘ringa qo‘yildi. Paxta ekini maydonlarining 50 foizini tashkil qilgan
rayonlarda belgilangan mardikorlaming oltidan bir qismi, 25 foizini
tashkil etgan joylarda 50 foizi olinadigan b o id i.
Farg‘ona viloyatining paxta yetishtiruvchi Q o‘qon, Namangan,
Andijon va M argilo n uezdlarining 86 volostidan 54 tasida paxta uchun
ajratilgan yer maydoni 5 0 va undan ко ‘ p foizni tashkil etganligi hisobga
olinsa, viloyatning paxta yetishtiruvchi volostlarining yarmidan
ko‘pi uchun ancha qulay sharoitlar yaratilganligi m a iu m b o ia d i. Bu
volostlarda urush orti xizmatiga jalb qilinishi lozim b o ig a n ishchilar
soni, bir so‘z bilan aytganda, Turkistonning boshqa viloyatlariga
nisbatan 6 barobar kamaytirildi va shu haqda qaror chiqarildi.
Ammo farmon ijrosi mustamlaka tuzumining oliy bo‘g in id an
tortib quyi pog‘onasigacha yaramas ekanligini ko‘rsatdi. Ellik yil
davomida chorizm istibdodining asosi bo‘sh ekanligini isbotladi.
0 ‘lka m a’muriyati ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot talablariga
javob berolmasligi, unga to‘g ‘anoq b o iib qolganini ro‘y-rost
namoyish qildi. Mardikorlar ro ‘yxatini tuzishda quyi m a’muriyatning
o ‘zboshimchaligi va Farg‘ona viloyat harbiy gubematori general
Aleksandr Gippiusning vazifasidan chetlatilishi ana shu fikmi yaqqol
tasdiqlaydi. O ik a d a 40 yildan ziyod xizmati bilan quyi m a’murlikdan
Samarqand harbiy gubematori lavozimiga ko‘tarilgan N.S.Likoshin
ham ms hokimiyati vakillarining noqobilligini shunday ta’riflagan:
«Norozilik harakati ko'tarila bordi, goh u yer, goh bu yerda ur-yiqitlar
va o id irish lar sodir b o id i. Mahalliy am aldorlaming tushuntirishlari
va ogohlantirishlari xalqqa ta’sir qilmadi. M a’murlaming so‘zlariga
xalqning mutlaqo ishonchi qolmadi». Podshoh farmoni e ’lon
504
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilinmasdan oldin Andijonda mustamlakachi m a’murlar xalqni aldab,
sizlaming o ‘g ‘illaringizni frontga olmaymiz, shu bois armiyani
qo‘llab, unga otlar va boshqa kerakli narsalar bilan yordam bersangiz
boMadi, deb aldagani va birovga ishongan aholi front uchun ko‘pdan-
ko‘p moddiy sarf-xarajatlar qilgani ham m a’lum boMadi1.
Farg‘onada 10 yildan beri gubernatorlik qilib kelayotgan gene-
ral-leytenant A.Gippiusning esa «xalq ishonchini qozonish» va
«podshoh amrini tinch y o i bilan bajarish» uchun qilgan barcha
harakatlari zoe ketdi. Rossiya imperiyasi uchun bu boy mustamla-
kani saqlab qolishga uringan tadbirkor generalni markaz tushunishga
qodir b o ‘lmadi. Mustamlaka siyosatini nozik q o ilash tarafdori
boMgan A.Gippius maslaqdoshi general N.Likoshinga 8 iyulda yoMla-
gan maktubida safarbarlik ishlari «hozircha osoyishta kechmoqda»2
deganida Farg‘onada chinakam ish boshlanmagan edi. Gippius
15 iyulda «Farg‘ona viloyat vedomosti»da podshoh farmoni bilan
barobar aholiga o ‘zining murojaatini ham e ’lon qildi. Bu murojaat
namoyish tarzida arab imlosida, o ‘zbek tilida berildi. Unda gubemator
mardikorlar davlat tomonidan to ia -to ‘kis ta’minlanishi, odamlar
o ‘zlari o ‘m iga boshqa odam yollab yuborishlari ham mumkinligini
aytgan. U Toshkentga quyidagicha iltimosnoma yubordi: 1) temir
yoMni qo‘riqlash uchun ming askar va rus posyolkalarini har ehtimolga
qarshi himoya qilish uchun bir drujina yuborish; 2) jabha, pristavlari
ixtiyoriga 600 kazak jo ‘natish; 3) viloyatni harbiy holatda deb e ’lon
qilish; 4) harbiy gubematorga bosh qo‘mondon huquqini berish.
Safarbarlik to ‘g ‘risidagi farmonning e ’lon qilinishi aholi o ‘rtasida
qonli voqealaming vujudga kelishiga sabab b o ‘ldi. 1916 yil 10 iyulga
kelib, Eski MargMlon, Q o‘qon, Namangan, Andijon, Chust va boshqa
joylarda katta g ‘alayonlar sodir b o ‘ldi. 11 iyuldan 15 iyulgacha
Farg‘ona viloyatining turli joylarida safarbarlikka qarshi oshkora
talablar bilan chiqishlar b o ‘lib o ‘tdi. Gippius joylarda aholining
g ‘alayonlari haqidagi xabarlarga asoslanib, general-gubematorga
«xalq g ‘alayoni nima sababdan kelib chiqishidan qat’i nazar, u o ‘z
taraqqiyoti davomida diniy va siyosiy zaminga ko‘chishi xavfi bor»3,
deb uni ogohlantiradi. U 17 iyulda ro ‘za tugab, 18 iyuldan hayit uch
kun davom etilishini eslatgan holda, bu kunlar «to‘polon chiqishi
uchun juda qulay» ekanligini uqtiradi. Gippius podshoh farmonini
aynan Farg‘onada qo‘llab b o ‘lmasligini yozadi. U mahalliy shart-
' 0 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1100-ish, 84-90-varaqlar.
20 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1135-ish, 285-varaq.
30 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1132-ish, 25-varaq.
505
www.ziyouz.com kutubxonasi
sharoitlardan kelib chiqib, podshoh farmoniga «o‘z bilganicha tuzatish
va chekinishlar kiritajagini, bundan maqsad yirik tartibsizliklarga yo‘l
qo‘ymaslikdir», degan mazmundagi telegrammaning bir nusxasini
Toshkentga, ikkinchi nusxasini esa Peterburgga, Bosh shtabga
yuboradi. Tajribali siyosatchi va tadbirkor general yon bosishlar,
qisman chekinishlar va hatto Q ur‘oni Karimni ham ishlatish bilan
qo‘zg ‘alon chiqarmaslikka urinadi. Katta olomonning‘ ko‘z o ‘ngida
gubem ator boshiga salla o'rab, yelkasiga to ‘n tashlab, Q ur‘ondan
suralar o ‘qiydi. Lekin, har qanday urinishlar tugal natijaga olib
kelmasligiga ko‘zi yetgach, oxirgi chorani qo‘llaydi. Vaqtdan yutish
maqsadida u 27 iyulda podshoh farmoni ijrosini to ‘xtatib turish haqida
ko‘rsatma beradi. Bunday dadil va qaltis ishni asoslab, gubemator
zo ‘ravonlik ishlatilsa, «isyonga doim moyil» va «hamisha g ‘azovot
ruhi ufurib turadigan» Farg‘onada aholi qisman tog‘larga chiqib
ketishiga, qisman qaroqchilar to ‘dasiga qo‘shilib ketishiga, asosan
esa diniy va siyosiy shior ostida ochiqchasiga ko‘tarilib ketishiga
urg‘u beradi. Gippius oliy qo‘mondonlikka Turkiston ms davlati
uchun qudrat manbai b o iib qolishi maqsadida shunday qilingani
m a’qulligini aytadi1. Ammo markaz uning dalillarini qabul qilmay,
hatto farmonni buzishda va musulmonlarga yon bosishda ayblab
vazifasidan bo‘shatadi2. Uning o ‘miga o ‘taketgan shovinist, kaltadum
polkovnik P.Ivanov tayinlanadi. U tabiiy ravishda tezlikbilan farmonni
bajarish hamda ochiqdan-ochiq harbiy jazolar qo‘llashga kirishadi.
1916 yil 4 iyulda birinchi b o iib X o‘jand xalqi qo‘zg‘alon ko‘-
tardi. 7 ming kishilik olomon polisiya boshqarmasiga hujum qildi,
lekin zudlik bilan qal’adan yetib kelgan chor askarlari hamda
polisiyachilar ulami o ‘qqa tutdilar. Ikki kishi o ‘lib, bir odam yarador
b o id i. 0 ‘sha kuni X o‘jand tumaniga qarashli K o‘stako‘z qishlog'ida
odamlar mingboshi hovlisiga bostirib kirib, uni do‘pposladilar.
X o‘jand bilan bir vaqtda Samarqand, Jizzax va K attaqo‘rg ‘on
tumanlarida ham g ‘alayonlar boshlandi. Ayniqsa, 1905-1907 yillarda
dehqonlar harakati ko‘tarilgan Dahbed volostida voqealar birmun-
cha jiddiy tus oldi. Bir necha ming kishilik dehqonlarga ilg‘or
o ‘zbek ziyolisi Usmon Abdurasulov boshchilik qildi. Ular mingboshi
Haydar Qosimjonov va uning mirzasi Qobulovni toshbo‘ron qilishdi.
Millatparvarlik tuyg‘usi kuchli bo‘lgan jadidlar vakili Usmon
Abdurasulov mukammal qurollangan chor askarlari bilan olishuvda
30 ga yaqin maslakdoshlari bilan asir olindi. Qaynar volostiga qarashli
1 0 ‘sha arxiv, 1211-ish. 5-9-varaqlar.
2 0 ‘sha arxiv, 1132-ish, 206-varaq.
506
www.ziyouz.com kutubxonasi
A fg‘on qishlog‘ida olomon mardikorlar ro ‘yxatini tuzgan ellikboshi
va oqsoqollami kaltakladi. Q o‘zg‘alonni bostirishga shaxsan Q o‘qon
tumani boshlig‘i yordamchisi podpolkovnik A.Kitaev yetib keldi.
10 kishi hibsga olinib, qamoqqa jo ‘natildi. Xuddi o ‘sha 8 iyul kuni
Naymanchada asosan ayollardan iborat olomon podpolkovnik
Kitaevni toshbo‘ron qildilar. 9 iyuldagi axborotda Aravon b o ‘lisida
mingboshi, uning mirzasi va mirshabi o ‘ldirilgani, Andijon shahrida
esa madrasadan chiqqan talabalar to ‘planishgani va askarlar
bilan to ‘qnashuvda ulardan 10 kishi yaralangani xabar qilingan1.
Naymanchadagi qo‘zg‘alonda mingboshi oid irilib , askarlar bilan
to ‘qnashuvda 316 kishi hibsga olingan2.
Q o‘qon tumanboshisi polkovnik K.Medinskiy Ganjiravon
qishlog‘ida oqsoqolning uyini va mardikorlar ro ‘yxatini yoqib
yuborgan qo‘zg‘alonchilardan 139 kishini Q o‘qon turmasiga jo ‘-
natdi’. Xuddi shu 9 iyul kuni Q o‘qon madrasasi talabalari mir-
shablar bilan to ‘qnashib, ulardan 22 kishi yaralandi. 11 iyulda esa
Choparguzar dahasida aholining polisiya bilan to ‘qnashuvida 130
kishi qamoqqa olindi. K.Medinskiy Q o‘qon shahar noibi IV Davlat
Dumasining sobiq a ’zosi Solihjon Muhammadjonovni o ‘z uyiga
chaqirib, uni Davlat Dumasida Turkistonni idora etish haqidagi
Nizomning 4-bandini oldirib tashlashga erishganlikda ayblab, yomon
so‘zlar bilan haqoratlab, mana endi senga o ‘sha 4-bandni ko‘rsatib
qo‘yamiz, deb tazyiq o ‘tkazdiki, bu ham qo‘zg‘alonning yangidan
avj olishiga sabab b o ‘ldi4. 12-15 iyul kunlari Fayziobod, Hazratsho,
Rishton, Kundosh, Yaypan, Bachkir qishloqlarida aholining juda
katta g ‘alayonlari bo‘lib o ‘tdi. Qisqasi, 1916 yilning iyulida Q o‘qon
tumanining barcha qishloqlarini qamrab olgan qo‘zg ‘alon butun
vodiyga yoyildi. Mustamlaka m a’muriyati bergan m a’lumotlarga
ko‘ra, Farg‘ona viloyatining 17 joyida aholining harbiy qismlar bilan
qonli to ‘qnashuvi b o ‘lib o ‘tgan. 9 iyul kuni Andijonda ham odamlar
qo‘zg ‘aldi. Mahalliy amaldorlami do‘pposlagan ulkan olomon eski
shahardan yangisiga - Skobelev nomli katta ko‘cha orqali yo‘l oldi.
Andijonliklar 1898 yildagi voqealami unutmagan, intiqom o ‘ti endi
baralla alanga olgan edi. Ular Gultepa maydonida tumanboshi I.
Bijeziskiy bilan uchrashishadi. U kazaklar va polisiyachilar qursho-
vida turib, olomonning talablarini eshitib, kazaklarga ularni o ‘qqa
1 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 3 1-ro‘yxat, 1132-ish, 4-varaq.
2 0 ‘sha arxiv, 906-ish, 47-varaq.
3 0 ‘sha joyda.
40 ‘zR M D A , 1 -jam g'arm a, 1-ro‘yxat, 31-ish, 43-varaq.
507
www.ziyouz.com kutubxonasi
tutishni buyuradi. Natijada 3 kishi halok bo‘lib, 12 kishi yarador
b o ia d i1.
Andijon uezdi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi 1916 yil 27
sentyabrda Turkiston rayon muhofaza b o iim i boshlig‘iga yo ‘llagan
xatida 9-16 iyul kunlaridagi qo‘zg ‘alon tafsilotini bayon qilgan2.
9 iyul kuni Andijon shahrining 2-qismida Gultepa maydonidagi
«tuzemeslar olomoni» amalga oshirgan tartibsizliklami bostirish
chog‘ida alohida Urol kazak yuzligidan Kuntaev boshiga tosh tegib
jarohat ko‘rdi. «..tuzemeslar»dan 3 kishi o ‘ldi, 8 kishi yarador
bo ‘ldi. Q o‘zg ‘alon boshliqlaridan 22 kishi ushlandi, tergov organiga
topshirildi. 10 iyulda Oltinko‘1 b o ‘lisiga qarashli Dalvarzin qishlog‘ida
qo‘z g ‘alonchilar b o ‘lis boshlig‘i Mulla Hakimbek Mulla R o‘zibekov
va uning hamrohlari (Temirboy Pam g‘ambarqulov, Karimjon
Abduvahob X o‘jaev)ni oidirdilar. Q o‘zg ‘alon boshliklaridan 32 kishi
ushlanib qamoqxonaga topshirildi3.
11 iyulda M aygir b o ‘lisining Chuvama qishlog‘ida k o ‘tarilgan
qo‘zg ‘alonda xalq Chuvama ellikboshisi Qipchoqboy Boymirzaevni
o ‘ldirdi. Q o‘zg‘alon rahbarlaridan 16 kishi hibsga olinib, tergovga
berildi.
12 iyulda Baliqchi bo ‘lisidagi Xolmurod-Qo‘rg‘oncha qishlog1 ida
qishloq oqsoqoli Eson Ali Rahimqulov o ‘ldirilib, qo‘zg ‘alon
tashkilotchilaridan 2 kishi qamoqqa olingan. Xuddi shunday
qo‘zg ‘alon «tuzemeslar olomoni» tomonidan Yorboshi bo‘lisidagi
Bekobod qishlog‘ida, Sultonobod jabhasidagi So‘fi qishloq, Norin
bo ‘lisidagi C ho‘ja qishlog‘ida bo‘lib o ‘tdi4. Andijon tumanining
Кара, Hindimozor, Q o‘tarma, Eylaton, Mirobod, X o ‘jaobod (Baliqchi
b o ‘lisidagi), Urmonbek qishloqlarida qo‘zg ‘alonlar ham bo ‘lib o ‘tdi.
Q o‘zg ‘alon qatnashchilaridan talaygina qismi hibsga olindi.
10 iyulda M arg‘ilon xalqi kurashga qo‘zg‘aladi. Shahar marka-
zida joylashgan 0 ‘rdada 25 ming kishilik olomon polismeyster
P.Paxotin, mingboshilardan Mahmudbek Shaxrixonov, M avlonbek
Badalboevni qurshab oladi. Polismeysterga gapirishga ham im-
kon bermay, oyog‘i tagidagi taxtani urib sindirishadi. 0 ‘shanda
mingboshilar, bosh mirshab va ularning to‘rthamrohi urib o ‘ldiriladi.
Q o‘zg ‘alonchilar kino uyini ostin-ustun qilib, podshoh suratini yerga
urib toptaydilar. Chinnixon Ibrohimova bosh boMgan ayollar Iso
' 0 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 31-ish, 42-varaq.
: 0 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1100-ish, 275-276-varaqlar.
30 ‘sha joyda.
40 ‘sha joyda.
508
www.ziyouz.com kutubxonasi
ellikboshini oidirishadi. Erkaklar dehqon Y oidosh Oxunboboev
boshchiligida mingboshi idorasini yondirishadi. Q o‘zg‘alonchilarga
qarshiyuborilgan 6-Orenburg polki kazaklari 63 kishini o id irib ,
yuzlab odamlami hibsga oladilar.
11
iyulda Namanganda ko‘tarilgan qo‘zg ‘alon ham jiddiy tus
oldi. Shu kuni ertalab Labbaytog‘a dahasining Kurashxona maydonida
1500 dan ortiq kishi to ‘plandi. Pristav V. Dombrovskiy va tuman-uezd
boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kapitan Rumyansev: «Safarbarlikka
chaqirish bekor qilingan», deb, xalqni aldamoqchi bo ig an d a, ular
yozma tilxat berishini talab qilishdi.Ularga qarshi kuchli qurollangan
rota tashlandi. Pulemyotlar bilan qurollangan chor askarlari rotasidan
qo‘rqmay jang qilganlardan 56 odam halok b o iib , 109 kishi yarador
qilindi.
Tadqiqotchilaming hisobiga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida mahalliy
m a’muriyat vakillaridan 34 kishi qo‘zg‘alonchilar tomonidan o ‘l-
dirilgan.Milliy-ozodlik qo‘zg ‘aloni alangasi o ik a markazi Toshkentni
ham o ‘z girdobiga tortdi. 11 iyulda shaharda k o ‘tarilgan qo‘zg‘alon
qatnashchisi Y oich i Ibrohimov o ‘z xotirasida shunday voqeani
keltiradi: «Biz Jarariqdagi boylaming zavodlarida kun-tun tinmay
ishlar edik. Mardikor olish so‘zini eshitib, 19 korxonaning ishchilari
qo‘zg ‘alon qilishga tayyorgarlik ko‘rishdi. Q o‘zg ‘alon kuni ertalab
Olmazordagi polisiya idorasiga to‘plana boshladi. Men vaqtliroq borib
ahvolni bilmoqchi b o id im . Eshik oldida 4-daha pristavi Mochalovga
tuppa-tuzuk kiyingan bir chol ta’zim qilib turibdi. Choi Mochalovga
xalq qo‘zg‘alon qilib kelayotganini aytdi. Bilsam, bu chol mashhur
G iyosqori duma - Ibrohim hojilar tomonidan yuborilgan josus
ekan. Shu paytda qo‘zg ‘alon k o ‘targan olomon ham kelib qoldi».
Q o‘zg‘alonchilar qamchisidan qon tomgan, o ‘zbek ayollari, bolalarini
uning nomi bilan qo‘rqitadigan Mochalovdan ham hayiqmay u bosh
b o ig a n polisiyachilarga hujum qilgani, yordamga yetib kelgan
podpolkovnik Saviskiy qo‘mondonligidagi praporshchiklar rotasiga
qarshi jang qilgani va ulaming safida R o‘zvonbibi Ahmadjonova
kabi fidokor ayollar ham b oiganining o ‘zi, Toshkent qo‘zg ‘aloni
ommaviy tus olganini ko'rsatdi1. Q o‘zg ‘alonchilar: «Ishchilarimizni
bergandan ko‘ra, oiganim iz yaxshiroq!», - degan qiyqiriqlar ostida
ro ‘yxatni yirtib tashlash uchun polisiya binosiga bostirib kirishdi
va Boshqarma binosining derazalarini toshbo'ron qilishdi. Shunda
pristav Mochalov xalqqa qarata o‘t ochishga buyruq berdi. Bundan
g ‘azablangan R o‘zvonbibi Ahmadjonova yuzidagi chachvonni olib
1
Do'stlaringiz bilan baham: |