Meditasiya qiling.
Masalan, konkret inson, xotin va yoki kelin sifatida sizning talablaringizni aniq
farzand, ona, mutaxassis sifatida o’z oilasi va jamoasining juda katta hurmatiga
loyiq bo’lishi ham mumkin. Yoki aynan mana shu konkret inson, ota va er sifatida
o’z xotinida ba’zi e’tirozlarni uyg’otishi mumkin, ammo mana shu erkak o’z ish
27
joyida, o’z oilasi va yaqinlari o’rtasida juda katta hurmat bilan tilga olinishi
mumkin. Ya’ni, siz “yomon” deb o’ylayotgan yaqin odamingiz, u er, xotin, aka,
uka, qarindosh, hamkasaba, ota-ona, boshliq sifatida sizning talablaringizga javob
bera olmagani, hech zamonda mazkur insonni batamom “yomon otliq” qilib
qo’yish uchun asos bo’la olmaydi.
Inson kundalik hayotida juda katta informasiya ichida yashaydi, katta
informasion oqimni qabul qiladi va xuddi shunday katta informasion
ma’lumotlarni atrofga tarqatadi ham. Informasiyalarni tarqatishda faqat uning tili,
zaboni, aytgan gaplari, ishlari, yozgan kitoblari ishtirok etmaydi. Faqat mana
shulargina ahamiyat kasb etmaydi. Balki informasion ma’lumotlarni tarqatishda
odam tanasining ma’lum hatti-harakatlari, ya’ni mimikasi, kiyinishi, qo’l
harakatlari, qosh ko’zi, ovozi, ko’z qarashlari, nigohi, kulgusi ham ishtirok etib,
ular muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, bizning boshqa odamlar bilan bo’ladigan tabiiy muloqotimizda ularda
jamlangan ma’lumotlar bilan birgalikda til, tana harakatlari, mimika, ovoz ham
faol ishtirok etadi. Bizning uzatmoqchi bo’lgan axborotimizga mutanosib ravishda
mazkur tana harakatlarini biz beixtiyor tarzda instinktiv ishlatamiz. Ularga ko’p
e’tibor qaratmaymiz. Ammo bizning suhbatdosh, ba’zan xuddi ana shu tana
harakatlari orqali siz to’g’ringizdagi eng “ochiq” aytilgan va haqiqiy bo’lgan
axborotni qabul qiladi hamda o’z xulosalarini chiqaradi.
Shu bois, siz birovdan hafa bo’lsangiz, o’z nutqingizda hurmatli so’zlarni
aytayotgan bo’lsangiz ham, boshqa inson ko’pincha vaziyat samimiy emasligi,
orada nimadir bo’lganligini sizning tana harakatlaringiz (“sovuq” ovozingiz, ko’z
qarashlaringiz, “qo’l” uchida so’rashishingiz) orqali bilib, sezib turadi. Siz
qarshingizda turgan odam tomonidan o’zingizning ichki xissiyotlaringiz aynan va
bevosita anglanishini istamaysiz, chunki aynan mana shu daqiqalarda siz mazkur
odamga nisbatan yomon xissiyotlar ichida yashamoqdasiz. Biroq, siz o’z
xissiyotlaringizni yashirishingiz lozim. Ammo tana harakatlaringiz ongingiz
to’rida bo’lgan sizning munosabatingizni o’z tana zaboni orqali bilintirib qo’yadi.
Chunki informasiya faqat so’z orqaligigina emas, balki tana harakatlari orqali ham
28
uzatiladi. Demak, tana zaboni axborot ulashish va tarqatishda faol ishtirok etadi.
Informasiyani uzatishda biz ko’pincha e’tibor bermaydigan xuddi ana shu
noan’anaviy usul - “tana zaboni” hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: