O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
OILAVIY KONFLIKTLAR VA ULARNI BOSHQARISH USULLARI
( Maktab amaliyotchi psixologlari va umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari
uchun uslubiy ko‘rsatma)
Samarqand – 2014 yil
2
Tuzuvchi: G.Xolboyeva – VPKQTMOI pedagogika va psixologiya
kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar: F.Narzikulova - VPKQTMOI pedagogika va psixologiya
kafedrasi mudiri, psixologiya fanlar
nomzodi.
A.Saidov - SamDU dotsenti.
Muharrir: S.Yuldosheva - VPKQTMOI dotsenti
Ushbu uslubiy ko‘rsatma konfliktlar, ularning yechimini psixologik
o’rganishga doir ko’plab topshiriqlar va ko’rsatmalar sistemasini o’z ichiga olgan
bo’lib, ular maktabga psixologik xizmat ko’rsatish maqsadida bajarilgan va
o‘qituvchilarga oilaviy konfliktlar, uning mazmuni, mohiyati va mazmuni
to’g’risida ijtimoiy tasavvurlarini kengaytirish, hamda o‘quvchi shaxsini har
tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi
Mazkur uslubiy ko‘rsatma “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining 2014
yil 26 dekabrda bo’lib o’tgan 13-son yig’ilishida hamda institut Ilmiy
kengashining 2014 yil 29 dekabrda bo’lib o’tgan yig’ilishida muhokama etilib,
4/4-sonli qaroriga asosan nashr etishga ruxsat berilgan.
3
KIRISH
Oila beqiyos milliy va umumbashariy qadriyatlardandir. Oila jamiyatning
eng kichik ijtimoiy birligi, uning asosi hisoblanadi. Shu bilan birga oila yuksak
darajadagi insoniy qadriyatlar tizimini shakllantiruvchi institut va ma’naviy
ahloqiy tarbiya o’chog’i hamdir. Aynan oilada ko’pchilik gumanitar qadriyatlar
tarbiyalanadi, o’stiriladi va targ’ib qilinadi.
Kishi hayotining ko’p vaqtini o’z oilasida, oila azolari davrasida o’tkazadi.
Oiladagi o’zoro munosabatlar hamisha ham bir tekis bo’lmaydi, buni oilaviy
nizolar, yani konfliktlar buzib turadi. Oilaviy konfliktlar har qanday oilada bo’lishi
mumkin bo’lgan tabiiy hadisa hisoblanadi. Hech bir oila bundan to’la
muhofazalangan emas. Chunki konfliktlar ba’zan qo’qqisdan, hech kutilmagan
holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o’zgartirib yuborishi
mumkin. Har bir oila azolari konfliktlar bilan to’qnash kelishi aniq bo’lganligi
sababli konfliktlar haqida keng bilimlarni tarbiyalash va shakllantirish muhim
pedagogik ahamiyat kasb etadi. Shu bois oilaviy konfliktlar to’g’risida ham
nazariy bilimlar, ham amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish hozirgi zamonda yoshlarni
oilaviy hayotga tayyorlash dolzarb vazifalaridandir.
Oilaviy konfliktlarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada oilaviy
jarayonlarni boshqarish muammosining bir qismini tashkil etadi. Fan
tomonidan uni boshqarish haqida ishlab chiqilgan asosiy g’oyalar konfliktli
vaziyatlarni boshqarishning aniq usul va yo’llarini topishda katta ahamiyatga
ega.
Mazkur uslubiy ko‘rsatma, konfliktlar, ularning yechimini psixologik
o’rganishga doir ko’plab topshiriqlar va ko’rsatmalar sistemasini o’z ichiga olgan
bo’lib ular maktabga psixologik xizmat ko’rsatish maqsadida bajarilgan va
o‘qituvchilarga oilaviy konfliktlar, uning mazmuni, mohiyati va mazmuni
to’g’risida ijtimoiy tasavvurlarini kengaytirish, hamda o‘quvchi shaxsini hari
tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi deb o’ylaymiz.