Hayotda shunday konflikt vaziyatlar bo’ladiki, oddiy narsa bahona bo’lib,
oilalar buzilib ketadi, odamlar biri birini o’ldirib qo’yadi, birovning joniga
qasd qilinadi. Keyinchalik umr bo’yi nima uchun mana shunday amallarni
qilganini ular tushuntirib bera olmaydi. Bunday voqyealarni OAV orqali juda
ko’p ko‘zatsa bo’ladi.
Konfliktlar kattalar hayotida ancha keng uchrab turadigan hodisa hisoblanadi.
Chunki kattalar juda keng ravishda turli muloqotlarga kirishadi. Masalan, rahbar
organlarda ishlagan odamlar hayotida ular faoliyatining 70-80 % turli ochiq-oydin,
yoki yashirin ziddiyatlar sharoitida o’tadi, ularning inobatga olinmasligi, ularga
bee’tiborlilik esa konfliktlarning chuqurlashib ketishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |