Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni axloqiy tarbiyalash vazii falari
Surdopedagoglar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ess hitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar axloqiy tarbiyasini ilk yoshh dan boshlab, ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish natijasida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bola eshitadigan tengdoshi kabi ijobiy axlokiy sifatlari tarbiyalanishi mumkinligi e’tirof etiladi. Biroq, bunda atrofdagi narsalarni yetarli tushuna olmasligi va o‘z kechinmaa larini so‘z bilan bayon eta olmasligi uning xarakterida o‘ziga xosliklarni vujudga keltirishini unutmaslik kerak.
● bolalarda estetik idrok,
● estetik his –tuyg‘ular va tushunchalarni rivojlantirish;
● badiiy didni tarbiyalash, badiiy qobiliyatni rivojlantirish, o‘z fikrlarini va his-tuyg‘ularini san’at vositasida ifodalash ehtiyojini tarbiyalash; estetik tarbiya bilan bog‘liq holda nutqni rivojlantirish.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning estetik tarbiyasi nutqni rivojlantirish bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladi. Har bir mashg‘ulotda surdopedagog va tarbiyachi nutqiy muloqotni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan lug‘atni, shuningdek alohida mashg‘ulot turi uchun zarur bo‘lgan so‘zlar zahirasini shakllann tiradilar. Masalan, tasviriy faoliyat bilan bog‘liq mashg‘ulotlar amaliy ko‘nikmalar bilan bir qatorda ishlatiladigan materiall larning (loy, qog‘oz elim), harakatlarning (yasash, chizish, bo‘yash, qirqish, elimlash), jihozlarning (qalam, mo‘yqalam, flomaster) nomlarini anglatuvshi so‘zlar hamda «Shar rasmini chiz», «Men shar rasmini chizdim», «Shar rasmini chizish mumkin» kabi iboralar beriladi. Bundan tashqari tasviriy faolii yatni baholash uchun chiroyli, xunuk, yorqin, uyg‘un, puxta kabi tushunchalar beriladi. Zarur so‘zlar bolalarga og‘zaki ravv ishda va yozma jadvallarda etqaziladi hamda ularning amaliy faoliyati jarayonida mustahkamlanadi.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalar o‘zlari idrok qila oladigan rang-barang tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirii ladi. Bolalar bilan birgalikda rasmni tomosha qilgan tarbiyachi ularga zavqlanishni namoyon qiladi, faoliyatni qanday so‘zlar bilan baholashni o‘rgatadi va shunday qilib bolalar nutqini rivojlantiradi.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvn chi bolalar adabiy asarlari bilan tanishtiriladilar, ertaklar o‘qiydilar, topishmoq topadilar, she’rlar yodlaydilar. Surdopee dagog, va tarbiyachi hikoya va ertaklarning mazmunini emoo sional so‘zlab berarkan, bolalarni qahramonlar olamiga olib kiradilar, ularda ijobiy his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shu tariqa, bolalarning nutqi yangi so‘z va iboralar bilan boyitiladi, borliq haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.
72
73
va soddalashtirilgan matnlardan iborat hikoya, ertak va boshqa asarlar bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Surdopedagog va tarbiyachi daktil nutq, so‘zlar yozilgan kartochkalardan foydalangan holda o‘yinchoqlar yordamida syujetni sahnalashtirib, hikoya mazmunini bolalarga etkazadi. Bolalar tarbiyachining og‘zaki–daktil hikoyasini idrok etadilar va qo‘g‘irchoqlarning xatti-harakatlarini kuzatadilar. Hikoya mazmuniga muvofiq o‘tkazilgan syujetli-rolli uyinlar, matn yuzasidan savol-javoblar hikoyaning mazmunini anglashga, qahramonlarning fe’l-atvorini tushunishga, ularnining axloqini baholashga yordam beradi. Hikoya qilish va o‘yin jarayonida singdirilgan axloqiy tushunchalar hayotga tadbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |