O‘zbekiston respublikasi oliy va


O‘simlik moylarining sifat ekspertizasi



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

O‘simlik moylarining sifat ekspertizasi 
 
O‘simlik moylarining sifat ko‘rsatkichlari organoleptik, fizikoviy va kimyoviy 
usullar yordamida aniqlanadi. 
Organoleptik usul  bilan  yog‘larning ta’mi,  hidi,  rangi, tiniqligi  va  holati kabi 
ko‘rsatkichlari aniqlanadi. 
YOg‘larning  hidi  va  ta’mi  ularning  sifatini  belgilashda  asosiy 
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. YOg‘larning ta’mi va hidini belgilovchi moddalar 
yog‘larda  kam  miqdorda  uchrab,  asosan  ular  organik  birikmalarning  murakkab 
aralashmasidir.  Bularga  uglevodorodlarni,  terpenlarni,  uchuvchan  yog‘  kislotalarni, 
aldegid, ketonlarni, spirt, murakkab efirlar va tabiiy efir moylarini kiritish mumkin. 
O‘simlik  moylarining  hidi  va  ta’mi  ko‘p  hollarda  moy  beruvchi  urug‘larning 
turiga,  xom  ashyoning  sifatiga  (biron  nuqsonga  ega  bo‘lgan  urug‘lardan  olingan 
moylar  yomon  ta’m  va  hidga  ega  bo‘ladi),  moyni  ishlab  chiqarish  usuliga, 
texnologiya  jarayonlarining  o‘tkazilish  rejimlariga,  tozalash  darajasiga  va 
hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. 
Tozalanmagan  moylar  o‘ziga  xos  hidga  va  ta’mga  ega  bo‘ladi.  Bu  hid  va 
ta’mlar moylarda aniq sezilib turadi. 
Tozalangan  moylarning  hidi  va  ta’mi  kam  sezilarlidir, dezodoratsiya  qilingan 
moylarda esa ta’m va hid umuman sezilmaydi. Moylarning hidi va ta’mi ularni uzoq 
saqlangan  paytda  ham  o‘zgarishi  mumkin.  Moylarning  hidi  va  ta’mi  asosida  bu 
moylar  nimadan  olinganligi,  tozalanganlik  darajasi,  buzilgan  yoki  buzilmaganligi, 
ba’zan esa begona aralashmalar bor yoki yo‘qligi haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Moylarning  ranglilik  darajasi  ularning  tarkibiga  kiruvchi  rang  beruvchi 
moddalarning  turlari  va  miqdoriy  ko‘rsatkichlariga  bog‘liq  bo‘ladi.  Tozalanmagan 
moylarning  rangi  o‘ziga  xos,  tozalangan  moylarning  rangi  esa  tozalanganlik 
darajasiga,  tozalash  uslublariga  qarab  o‘zgarib  turadi.  Ma’lumki,  moylarni  uzoq 
saqlaganimizda  ularning  sariq  rangi  yo‘qolib,  oqarishi  kuzatiladi.  Buning  sababi 


 
88 
moylarga  sarg‘ish  rang  beruvchi  karotinoid  moddalarining  havo  kislorodi  ta’sirida 
parchalanishidadir. 
Moylarning 
tiniqligi 
ham 
ularning 
sifatini 
belgilaydigan 
asosiy 
ko‘rsatkichlardan  biridir.  Tiniq  moylar  deb  20
0
S  da    saqlanganda  ko‘z  bilan  ko‘rib 
bo‘ladigan quyqalardan xoli bo‘lgan moylar tushuniladi. Agar moylar fosfotidlardan 
yaxshi  tozalanmagan  bo‘lsa  va  ularda  urug‘larning  po‘stloqlari,  mumlar,  kunjara 
bo‘lakchalari ba’zi sabablar bilan  moylarda saqlanib  qolsa,  bu  moylarni saqlaganda 
quyqa  va  cho‘kma  hosil  bo‘ladi.  Moylarda  bo‘ladigan  quyqalar  va  cho‘kmalar 
ularning tovarlik xususiyatlarini pasaytiradi. 
Moylarning  fizik-kimyoviy  sifat  ko‘rsatkichlari.  Amalda  qo‘llanib  kelayotgan 
standartlar  talabi  bo‘yicha  ko‘pchilik  o‘simlik  moylarining  asosiy  fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlariga  ularda  suv  va  uchuvchan  moddalari  miqdori,  kislota  soni, 
sovunlashish  soni,  ishqor  bilan  reaksiyaga  bormaydigan  moddalar  miqdori  va 
boshqalar  kiradi  (3-jadval).  Ana  shu  fizik-kimyoviy  ko‘rsatkichlarning  mohiyati  va 
ular moylarning sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi bilan tanishib chiqamiz. 
Moylarning  kislota  soni.  Kislota  soni  deb  1g  moy  tarkibidagi  erkin  yog‘ 
kislotalarini neytrallash uchun kerak bo‘ladigan kaliy ishqorining milligrammlardagi 
miqdori  tushuniladi.  Kislota  soni  yog‘larning  sifatini  ifodalovchi  asosiy  fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. 
Ma’lumki,  yuqori  sifatli  xom  ashyodan  olingan  moylar  tarkibida  erkin  yog‘ 
kislotalari  juda  kam  bo‘ladi,  binobarin  ularning  kislota  soni  ham  kichik  bo‘ladi. 
Tavsiya  etilmagan  sharoitida  uzoq  saqlangan,  yaxshi  rivojlanmagan  va  pishmagan 
urug‘lar tarkibida erkin yog‘ kislotalari miqdori ko‘p va demak, ularning kislota soni 
ham katta bo‘ladi. 
Moylarning yod soni. Moylarning yod soni ham ularning asosiy fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. 100 g moyga birikishi mumkin bo‘lgan yodning 
gramm  miqdori  bilan  ifodalanadigan  son  moylarining  yod  soni  deb  ataladi.  Moylar 
tarkibidagi yog‘ kislotalarining yodni biriktirib olish reaksiyasi qo‘yidagicha boradi: 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish