O‘zbekiston respublikasi oliy va



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Osh tuzi. 
Osh  tuzi  tabiiy  manbalardan  olinadigan  xlori  natriyning  (NaCl) 
toza kristallaridan iboratdir. Toza osh tuzlari tarkibida xlorli natriyning miqdori 97,0-
99,7%ni  tashkil  etadi.  Xlorli  natriy  tarkibida  natiyning  miqdori  39,4%  ni,  xlorning 
miqdori esa 60,6% ni tashkil etadi. 
 
Osh  tuzi  ovqatga  solinadigan  dorivorlar  orasida  birinchi  o‘rinlardan  birini 
egallaydi.  Inson  organizmida  xlorli  natriyning  etishmasligi  suv-tuz  almashinuvining 
buzilishga olib keladi. Xlorli natriy qon, limfa, protoplazma kletkalari tarkibiga kirib, 
to‘qima  va  hujaylarda  osmatik  bosimni  boshqarishda  muhim  ahamiyatga  egadir.  U 
organizmda  oshqazon  so‘laklarining  tarkibiy  qismlaridan  biri  hisoblangan  xlorid 
kislotasini  hosil    qilish  uchun  zarur  bo‘ladigan  xlor  ionlarining  ham  manbai 
hisoblanadi. Osh tuzining natriy ionlari esa oshqozon osti bezlari so‘laklarining hosil 
bo‘lishida ishtirok etib, ularning ishqorlilik muhitini ta’minlaydi. 
 
Katta yoshdagi odamlarning osh tuziga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji o‘rtacha 10-15 
g ni tashkil etadi. Haqiqatda esa inson bir kunda 20-25 g miqdorida osh tuzi iste’mol 
qiladi. Osh tuzi faqatgina ovqatga ishlatilib qolmasdan, balki go‘sht, baliq, sabzavot 
mahsulotlarini konservalash maqsadlarida ham ishlatiladi. 
 
Osh  tuzi  kelib  chiqishi  va  qanday  usulda  olinishiga  qarab  toshtuz,  o‘zi 
cho‘kkan tuz, cho‘kma va qaynatma tuzlarga bo‘linadi. 
 
Tosh tuz ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Bu tuz er 
tagida  yirik  palaxsalar  holida  joylashadi  va  tuz  konlarini  tashkil  etadi.  Ana  shu 
palaxsalardan tuz ochiq va yopiq usullardan qazib olinadi. Tosh tuzlar tarkibida juda 
kam  miqdorda  begona  aralashmalar  bo‘lib,  ular  tarkibida  xlorli  natriyning  miqdori 
98-99%  ni  tashkil  etadi.  Respublikamiz  hududlari  ham  ana  tuz  manbalariga  boy 
hisoblanadi.  Masalan,  Respublikamizning  Surxondaryo  viloyati  SHerobod  tumani 
hududida joylashgan Xo‘ja-Ikon tuz koni ana shunday manbalar jumlasiga kiradi. Bu 


 
85 
tuz  koni  bugungi  kunda  Respublikamiz  aholisining  osh  tuziga  bo‘lgan  ehtiyojini 
ta’minlashda juda katta ahamiyatga egadir. 
 
O‘zi  cho‘kkan  tuz  -  bu  tuz  sho‘r  suvli  ko‘llar  tubida  qalin  qatlam  bo‘lib 
to‘planadi. Bir necha asrlar davomida ana shunday tuzlar manbai bo‘lib kelayotgan 
asosiy  ko‘llardan  biri  Bosqunchoq  ko‘li  hisoblanadi.  Tosh  tuzlarga  qaraganda  bu 
tuzlar  tarkibida  ko‘proq  begona  aralashmalar,  asosan  kalsiy  tuzlari  aralashmalari 
bo‘ladi. SHu sababli bu tuzlar begona aralashmalardan tozalanishi kerak. 
 
CHo‘kma tuzlar sun’iy havzalarga to‘plangan okean, dengiz, ko‘llarning sho‘r 
suvlaridan  tabiiy  sharoitda  yoz  kunlari  suvning  bug‘lanib  ketishi  natijasida  hosil 
qilinadi. Bunday tuzlar kam miqdorda ishlab chiqariladi. 
 
Qaynatma tuz er osti sho‘r suvlarini bug‘latish yo‘li bilan olinadi. Organoleptik 
va  fizik-kimyoviy  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  yuqori  sifatli  tuz  olish  uchun  bug‘latish 
asosan  vakuum-apparatlarda  olib  boriladi.  Bu  tuz  toza  oq  rangli,  mayda  kristallar 
holida bo‘lib, toza sho‘r ta’mga egadir. Xlorli natriyning miqdori bu tuzlarda 99,7% 
dan kam bo‘lmasligi kerak. 
 
Ishlov  berish  usuliga  qarab  osh  tuzlari  mayda  kristallar  holida,  maydalangan, 
maydalanmagan va yodlangan tuzlarga bo‘linadi. 
 
Mayda  kristalli  tuzlar,  asosan  qaynatma  tuzlar  bo‘lib,  ko‘zchalari  0,8  mm 
bo‘lgan elaklardan butunlay va 0,5 mm ko‘zchali elaklardan esa 95%  o‘tadi. 
 
Maydalangan tuz kristallarining o‘lchamlariga binoan to‘rt nomerga bo‘linadi: 
№0 - kristallarining kattaligi 0,8 mm; №1 - 1,1; №2 - 2,5; №3 - 4 mm. 
 
Yodlangan  tuz  kasalliklarning  oldini  olish  va  davolash  maqsadlarida  ishlab 
chiqariladi.  Bu  tuz  asosan  qalqonsimon  bez  kasalliklarining  oldini  olish  uchun  1 
tonna tuzga 25 g yodli kaliy aralashtirib ishlab chiqariladi. Yodlangan tuzlarning 200 
g ning tarkibida yod miqdori 1,91 mg ni tashkil etadi. Bir kunlik ehtiyoj uchun zarur 
bo‘ladigan  tuzni  yodlangan  holda  iste’mol  qilgan  kishi,  bir  sutkada  200  mkg  yod 
olgan hisoblanadi. 
 
Sifatiga ko‘ra osh tuzi to‘rt navga bo‘linadi: ekstra, oliy, 1-chi va 2-chi navlar. 
Tuzning  sifati  uning  tarkibidagi  xlorli  natriyning,  suvda  erimaydigan  moddalarning 
miqdori va kristallarining o‘lchamiga bog‘liq. 
 
Ekstra  navli  tuzlarning  rangi  oq  bo‘lishi  kerak,  qolgan  hamma  navlarida  esa 
mineral aralashmalarning tarkibiga qarab oq-sarg‘ish, oq-kulrang, oq-pushti ranglarda 
bo‘lishi mumkin. Tuzlar tarkibida ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan mineral aralashmalar 
bo‘lishiga  ham  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Tuzlarning  ta’mini  aniqlashda  5%-li  eritmadan 
foydalaniladi. Bunday eritma toza sho‘r ta’mli, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi 
kerak.  Yodlangan  tuzlarda  esa  ozroq  miqdorda  yod  hidi  sezilishiga  yo‘l  qo‘yiladi. 
Tuzlarning  organoleptik  ko‘rsatkichlariga  ular  tarkibida  uchraydigan  mineral 
aralashmalar katta ta’sir ko‘rsatadi. 
 
Tuzlarning  fizik-kimyoviy  ko‘rsatkichlariga  xlorli  natriyning  miqdori  (97,0-
99,7%),  suvda  erimaydigan  moddalar  miqdori  (0,03-0,85%)  va  tuzlarning  namligi 
(0,1-6,0%) kabi ko‘rsatkichlari kiradi. 
 
Tuz savdo tarmoqlariga mayda idishlarga o‘ralgan, katta idishlarga o‘ralgan va 
to‘kma hollarda chiqariladi. 
 
Ma’lumki,  tuzlarni saqlaganda ular  mikroorganizmlar  va zararkunandalarning 
ta’siriga  uchramaydi.  Tuzlarni  saqlaganda  bo‘ladigan  asosiy  nuqson  ularning 


 
86 
kristallarining  zichlashib  qapishib  qolishi  hisoblanadi.  Bu  nuqson  tuz  namligining 
ortishi bilan tezlashadi. 
 
Mayda  idishlarga  o‘ralgan,  qaynatma  tuzlar  quruq,  mahkam  yopiladigan 
omborxonalarda  saqlanishi  kerak.  Maydalangan  katta  idishlarga  joylashgan  va 
to‘kma tuzlar yomg‘ir tegmaydigan ochiq omborxonalarda saqlanishi mumkin. 
 
Yodlangan  tuzlarni  saqlashga  esa  alohida  e’tibor  berilishi  kerak.  Yodlangan 
tuzlar tarkibidagi yodli kaliy namlik va quyosh yorug‘i ta’sirida parchalanadi va hosil 
bo‘lgan  erkin  yod  uchib  chiqib  ketadi.  SHu  sabali  yodlangan  tuzlarni  germetik 
bekitiladigan  idishlarda  saqlash  maqsadga  muvofiqdir.  Yodlangan  tuzlarning 
kafolatlangan  saqlash  muddati  6  oy  qilib  belgilangan.  Bu  muddat  o‘tishi  bilan 
yodlangan tuzlar oddiy osh tuzi sifatida sotiladi. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish