26
Piyozning navlari ko‘p. Bular piyoz boshining mazasi, rangi, shakli jihatidan
har xil bo‘ladi. Masalan, oq, sariq, pushti, qizg‘ish-binafsharang tusli, dumaloq, yassi,
noksimon piyoz navlari bor.
Boshpiyoz navlari tarkibida efir moylarining miqdorlariga qarab quyidagi uch
guruhga bo‘linadi: a) achchiq piyoz navlari (tarkibida efir moylari miqdori 1 kg da
0,5 g dan ortiq); b) yarim ochiq piyoz navlari (tarkibida efir moylari miqdori 1 kg da
0,3-0,5 g); v) chuchuk piyoz navlari (tarkibida efir moylari miqdori 1kg da 0,3 g
gacha).
O‘zbekistonda ekiladigan asosiy piyoz navlariga Qoratol, Andijon oq, Kaba-
132, Samarqand qizil, Peshpazak kabi navlarini kiritish mumkin.
Iste’molchilarga sotiladigan bosh piyoz GOST 27166-86 standarti,
tayorlanadigan va jo‘natiladigan bosh piyozlar esa GOST-1723-86 standarti talabiga
javob berishi kerak.
Biz quyida chakana savdo tarmoqlarida aholiga sotiladigan bosh piyozlarning
GOST 27166-86 standarti bo‘yicha qanday talablarga javob berishi kerakligi haqidagi
ma’lumotlarni keltiramiz bu standartga binoan bosh piyozlar sifatiga qarab
saralangan va saralanmagan tovar navlariga bo‘linadi.
Mazkur standart talabi bo‘yicha har ikkala tovar navi kiradigan piyozlarning
boshlari to‘la pishib etilgan, sog‘lom, toza, butun, o‘smagan, qishloq xo‘jalik
zararkunandalir bilan zararlanmagan bo‘lishi kerak. Ularning shakli va rangi tegishli
botanik navga xos. Ustki po‘stlog‘i yaxshi qurigan, quritilgan bandining uzunligi 5
sm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Hidi va ta’mi ham o‘ziga xos, begona hidlarsiz va
ta’mlarsiz bo‘lishi kerak.
Piyozlarning katta-kichikligi ham eng katta ko‘ndalang kesimining diametrini
o‘lchash asosida baholanadi. Piyozboshning oval shakldagi saralangan tovar
navlarida katta ko‘ndalang kesimining diametri 4,0 sm dan, piyozboshining boshqa
shakllari uchun esa 5,0 sm dan kichik bo‘lmasligi kerak. Bu ko‘rsatkich
saralanmagan tovar navlari uchun muvofiq ravishda 3,0 va 4,0 sm dan kam
bo‘lmasligi kerak.
Piyozlar massasida qurigan bandlari 5,0 sm dan yuqori, ammo 10,0 sm dan
uzun bo‘lmagan piyozboshlari miqdori piyozlarning shirin navlarining saralangan
tovar navlarida bo‘lmasligi kerak.Ularning achchiq navlarida esa 15% gacha
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Piyozlarning sifatini baholashda po‘stlog‘idan archilib qolinganlik darajasiga
ham katta e’tibor beriladi. Po‘stlog‘idan archilib qolgan bosh piyozlar miqdori
standart talabi bo‘yicha saralangan tovar navlarida bo‘lmasligi kerak. Ularning
miqdori saralanmagan tovar navlarida esa 30,0% gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi..
Tekshirilayotgan piyozlarda katta ko‘ndalang kesimining diametri bo‘yicha
o‘rnatilgan o‘lchamdan 1,0 sm dan ortiq bo‘lmagan chetlanishlarga ega bo‘lgan
piyozlar miqdori saralangan tovar navlarida 3,0% gacha, saralanmagan tovar
navlarida esa 5,0% gacha bo‘lishi ko‘rsatib qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: