O‘zbekiston respublikasi oliy va


Sovutilgan baliqlarning sifat ekspertizasi



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Sovutilgan baliqlarning sifat ekspertizasi 
 
 
Iste’molchilarga sotish uchun turli xil baliq turlari taklif etiladi: osetrasimon, 
lasossimon, karpsimon va boshqa tur baliqlar. 
 
Baliqlarning 
sifati, 
organoleptik 
va 
laboratoriya 
(fizik-kimyoviy, 
mikrobiologik)  usulari  yordamida  aniqlanadi.  Organoleptik  usul  yordamida 
baliqlarning sifati yuqori darajada aniq baholanishi mumkin. 
 
Sovutilgan  sifatli  baliqlarning  suzgich  qanotlari  butun,  jarohatlanmagan, 
og‘zi  yopiq,  oyquloq  qopqog‘i  oyquloqga  zich  yopishgan,  qorni  shishmagan 
bo‘lishi  kerak.  SHuningdek,  tana  sirtidagi  teri  toza,  tiniq,  jarohatlanmagan, 
tangachasi  bor  baliqlarda  tangachalari  terisida  mahkam  o‘rnashgan,  shilimshiq 


 
142 
moddasi  juda  kam  cho‘ziluvchan,  tiniq,  hidsiz  bo‘lishi  kerak.  Baliq  ko‘zi  tiniq, 
bo‘rtib chiqib turishi kerak. Oyquloqlari to‘q- qizil, cho‘ziluvchan, tiniq shilimshiq 
modda bilan qoplangan bo‘ladi. Go‘shtining konsistensiyasi zich, suyaklarda zich 
o‘rnashgan,  begona  hidlarsiz,  kesilgan  joyida  rangi  bir  xil,  baliq  turiga  xos, 
qoraymagan  bo‘lishi  kerak.  Baliq  go‘shtining  sifatidan  dalolat  beruvchi  yana  bir 
ko‘rsatkich  esa,  baliq  go‘shti  sirtiga  qo‘l  bilan  bosib  ko‘rilganda  hosil  bo‘lgan 
chuqurchaning  yana  oldingi  holatiga  qayta  olish  yoki  olmasligini  kuzatish 
hisoblanadi. 
Buzilmagan, sifatli baliqlarda hosil bo‘lgan chuqurcha yana o‘z holiga tezda 
qaytadi.  Baliqning  ichki  organlari  ham  tabiiy  rangini  yo‘qotmagan,  ichaklari 
elastik,  jigari  va  yuragi  zich,  shilvirab  qolmagan,  o‘t  pufagi  ezilmagan  bo‘lishi 
kerak. YAngi baliqlarning qoni qora-qizil, havoda tezda iviydi. Sifatli baliqlarning 
zichligi birdan yuqori, ular suvda cho‘kadi. 
Buzilgan  baliqlarning  tanasi  deformatsiyaga  uchragan,  suzgich  qanotlari, 
yirtilgan,  oyquloqlari  tiniq  bo‘lmagan,    yomon  hidli,  shilimshiq  modda  bilan 
qoplangan bo‘ladi. 
Bunday  baliqlarning  og‘zi  ochiq,  oyquloqlari  ham  ko‘tarilib  qolgan,  qorni 
shishgan  yoki  yorilgan,  tangachalari  ham  tiniq  emas,  tanaga  zich  yopishmasdan 
turadi. Go‘shti esa zich emas,  suyaklardan ajralib, shilvirab qolgan holda bo‘ladi. 
Go‘shtining rangi qorayib qolgan, xira rangli bo‘ladi. 
Ayniqsa,  buzilgan  baliqlarning  ichki  organlarida  kuchli  o‘zgarish  ro‘y 
beradi. Ularda qorni shishadi va gaz hosil bo‘lishi hisobiga yorilib ham ketadi. O‘t 
pufagi  shilviragan  yoki  ezilgan,  buyrak,  jigar,  yuragi  bo‘shashib  qolgan,  ichidan 
yomon  hid  keladi.  Buzilgan  baliqlar  yangi  baliqlardan  farq  qilib  suvga  solib 
ko‘rganda suvda cho‘kmaydi. 
Ko‘pchilik  hollarda  sovutilgan  baliqlarning  organoleptik  ko‘rsatkichlarini 
qornini yormasdan aniqlanadi. 
Sifati  bo‘yicha  shubha  va  nizolar  tug‘ilgan  holatlardagina  sovutilgan 
baliqlarning  qorni  yorib  tekshiriladi.  Sovutilgan  baliqlarning  sifatini  organoleptik 
usul  bilan  tekshirganda  ularning  parazitlar  va  kasalliklari  mavjud  yoki  mavjud 
emasligiga alohida e’tibor beriladi. Kuchli darajada parazitlar bilan zararlangan va 
kasal baliqlar baliq uni tayyorlash uchun qayta ishlanishi tavsiya etiladi. 
Baliqlarning  o‘lgandan  keyin  qotishi  ularning  sifatli  ekanligidan  dalolat 
beradi.  Bu  go‘shtlar  kuchsiz  kislota  muhitiga  egadir.  Baliqlarda  ozroq  darajada 
buzilishning borishi Rn muhitini ishqorli sharoitga o‘zgartiradi. SHubha va nizolar 
tug‘ilgan  hollarda  baliqlar  go‘shtida  ammiak,  N
2
S,  indol  va  skatollar  miqdori 
aniqlanadi. 
Ammiak  tirik  baliqlar  go‘shtida  ham  oz  miqdorda  (0,5-10mg%)  bo‘ladi. 
Lekin,  uning  miqdorining  30mg%  dan  ortiq  bo‘lishi  baliqlar  sifatining  pasayib 
borayotganligidan dalolat beradi. 
Baliqlar  go‘shtida  vodorod  sulfid  (N

S)  oqsillarning  kislorodsiz  sharoitida 
parchalanishidan hosil bo‘ladi. SHu sababli bu moddaning miqdori ham baliqning 
yangiligi yoki buzilganligidan dalolat beradi. Agar 100 g baliq go‘shtida vodorod 
sulfid  miqdori  0,02  mg  ni  tashkil  etsa,  bunday  baliqlar  buzilgan  baliqlar  deb 
ataladi. 


 
143 
Baliqlarda  yomon  hidning  paydo  bo‘lishi  kislorodsiz  sharoitda  chirituvchi 
bakteriyalar  tomonidan  triptofan  aminokislotasining  parchalanib  trimetilamin, 
indol  va  skatol  kabi  moddalarning  hosil  qilishi  bilan  izohlanadi.  100g  baliqda 
0,035 mg indol hosil bo‘lganda unda kuchsiz darajadagi chirigan narsaga xos hid 
paydo bo‘ladi. Agar baliqlar go‘shtida 20 mg % trimetilamin to‘plansa, u holda bu 
baliqlar ham iste’molga yaroqsiz deb hisoblanadi.  
Kerakli hollarda baliq go‘shti tarkibida suv, oqsil, yog‘, vitaminlar, mineral 
moddalar miqdori va bakteriyalar bilan zararlanganligi ham aniqlanadi. 
Sovutilgan  baliqlarning  sifat  ko‘rsatkichlari  standartda  berilgan 
ko‘rsatkichlar  bilan  solishtiriladi.  Standart  talabidan  chetlanishlar  kuzatilganda 
baliqlar nostandart deb topiladi va sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
 
Sovitilgan baliqlar yog‘och yashiklarga 80 kg dan qilib va sig‘imi 150-200 
kg bo‘lgan yog‘och bochkalarga joylanadi. Baliqlar bir tekisda qilib, har bir qator 
oralariga  mayda  muz  bo‘lakchalari  solib  joylanadi.  Sovitilgan  baliqlarni  joylash 
uchun ishlatiladigan idishlar toza, mustahkam, begona hidlarsiz bo‘lishi kerak. 
 
Sovitilgan baliqlar xolodilniklarda -1
0
S dan - 2
0
S gacha bo‘lgan haroratda va 
havoning nisbiy namligi 94-98% bo‘lgan sharoitda 3 sutkadan oshmagan muddatda 
saqlanishi kerak. 
 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish