2.1Og’zaki nutq ko’nikma-malakalari tanlovlarini tashkil qilish va o’tkazish meto-
KIRISH
Mazkur bitiruvmalakaviy ish “Chet tilida sinfdan tashqari ishlarni tashkil
qilish va o’tkazish metodikasi” mavzusiga bag’ishlangan.
Ishning dolzarbligi
Chet tili fanidan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlar o’quv-bitiruv
jarayonida katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlar chet tili darslarini
to’ldiradi,o’quvchilar bilimlarini kengaytirasi va chuqurlashtiradi, ko’nikma-
malakalarini rivojlantiradi. Eng asosiysisi, o’quvchilarning chet tili faniga bo’lgan
qiziqishlari oshadi.
Chet tilida sinfdan tashqari shlarni tashkili qilish va o’tkazish metodikasini
takomillashtirish o’quv-tarbiyaviy jarayonni yaxshilashga tegishli hissa qo’shadi.
Mavzuning o’rganilish darajasi vayangiligi
Chet tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkili qilish va o’tkazish metodikasi
masalalari hali to’liq o’rganilmagan. Shu masalalarga bag’ishlangan darslik va
qo’llanmalarda kechalar va ko’rik –tanlovlarni tashkili qilish va o’tkazish
metodikasi yetarli darajada yoritilmagan.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida chet tilida kechalarni tashkili qilish va
o’tkazish metodikasi masalalari o’rganiladi,ya’ni sinfdan tashqari ishlar to’g’risida
umumiy tushuncha ,qo’shiqlar kechalarini o’tkazish metodikasi, fan va texnika
yangiliklari kechalarini o’tkazish metodikasi kabi masalalar muhokama
qilinasi.Bundan tashqari ishda tanlovlar va viktorinalarni tashkili qilish va
o’tkazish metodikasi, shu jumladan og’zaki nutq ko’nikma-malakalari tanlovlarini
tashkili qilish va o’tkazish metodikasi chuqur tadqiq qilinadi.
Ishning maqsad va vazifalari
Ishning maqsadi quyidagicha:
-chet tilida kechalarni tashkili qilish va o’tkazish metodikasini o’rganish,
-tanlovlar va viktorinalarni tashkili qilish va o’tkazish metodikasini atroflicha
tadqiq qilish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun ishda quyidagi vazifalar qo’yiladi:
-sinfdan tashqari ishlar to’g’risida umumiy tushuncha berish,
-qo’shiqlar kechalarini o’tkazish metodikasini tadqiq qilish,
-fan va texnika yangiliklari kechalarini o’tkazish metodikasini o’rganish,
-og’zaki nutq ko’nikma-malakalari tanlovlarini tashkili qilish va o’tkazish
metodikasini atroflicha ko’rib chiqish,
-viktorinalarni tashkili qilish va o’tkazish metodikasini tadqiq qilish.
Ishning metodologiyasi va metodikasi
Biz mazkur malakaviy ishda qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalgam oshirish
uchun rus va O’zbek metodist-olimlarining ishlaridan foydalandik,shu jumladan
rus olimlaridan S.N.Savinanig “ [
Библиотека учителя иностронного языка. М.,
1991] qo’llanmasi, L. Ye. Ishenko, L, Z. Yakushinalarning “
Немецкий язык вне
урока.” [ Л.Е. Ищенко, Л. З. Якущина. М., 1969] qo’llanmasi, hamda o’zbek
olimlaridan J. Jalolovning "
Чет тил укитищ методикаси" [ Ж. Жалолов.
Тощкент: Ўкитувчи, 1996] асаридан. Ushbu ishlar asosiy manba sifatida hizmat
qildi.
Yordamchi manba sifatida turli lug’atla, chet tili darsliklari, ilmiy maqolalar
qo’llanildi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishda quyidagi metodlardan foydalanildi
1) nazariy fikirlsrni tahlili qilish va umumlashtirish;
2) chet tili darsliklarini tahlil qilih;
3) Misollar yordamida nazariy fikirlarni isbotlash.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati
Mazkur bitiruv malakaviy ishning nazariy ahamiyati:
Ishda to’plangan va umumlashtirilgan g’oyalar avvalgi metodik nazariyalarni
to’ldiradi, bundan keyin ishlarga manba sifatida hizmat qiladi.
Ishning amaliy ahamiyati:
Mazkur ish natijalaridan oliy o’quv yurtlari,litsey va
kollejlarda,maktablarda,seminar va maxsus kurslarda foydalaniladi.
Tadqiqotning joriylanishi
Ishning dastlabki himoyasi nemis tili kafedrasida o’tkaziladi. Mazkur ishning
metodikasi asosida qo’llanma yaratish mumkin.
Ishning manbasi
Tadqiqot obekti sifatida quyidagi materiallar hizmat qiladi: chet tilida sinfdan
tashqari ishlarni tashkili qilish va o’tkazish metodikasiga oid
qo’llanmalar,lug’atlar,maqolalar.
Tadqiqotning tuzilishi
Mazkur bitiruv malakaviy ish kirish,ikki bob va xulosadan iborat. “Kechalar
tashkil qilish va o’tkazish metodikasi” deb nomlangan birinchi bob sinfdan
tashqari ashlar to’g’risida umumiy tushuncha,qo’shiqlar kechalarini o’tkazish
metodikasi, fanva texnika yangiliklari kechalarini o’tkazish metodikasi
masalalarga bag’ishlanadi. Ikkinchi bob “Tanlovlar va viktorinalarni tashkil qlilish
va o’tkazish metodikasi” deb nomlanadi.Bu bobda og’zaki nutq ko’nikma-
malakalari tanlovlarini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi,viktorinalarni tashkil
qilish va o’tkazish metodikasi muommolasri tadqiq qilinadi. Xulosada butun ish
yuzasidan qilingan xulosalar bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: