Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o`zaro og`zaki gaplashishi.
Dialogik nutq – nutq turlaridan bo`lib, bunda so`zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko`rsatadi.
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o`rnatishda o`z fikrini o`tkazish xislatining yorqin namoyon bo`lishi.
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi.
Yosh davri nizolari – o`ziga xos, uncha uzoqqa cho`zilmaydigan ontogenez davrlari bo`lib, bu vaqtda keskin psixik o`zgarishlar yuz beradi.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi.
Jamoaning negizi – umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlarni shakllantiruvchi jamoa a`zolari.
Yo`nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat`i nazar ma`lum yo`lga yo`naltiruvchi barqaror motivlar yig`indisi.
Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o`ziga xosligi, qaytarilmasligi.
Idrokning konstantligi – idrok sharoiti o`zgarsa-da, idrok qilishdan hosil bo`lgan narsa obrazlarning nisbatan o`zgarmasligi.
Idrokning predmetliligi – jamiki olamdan olingan ma`lumotlarni ichki olam ob`ektiga kiritish xususiyati.
Idrokning butunliligi – sezgi a`zlariga bevosita ta`sir etib turgan ob`ektlarni, ularning belgi va xususiyatlari bilan birgalikda qo`shib idrok etish.
Iste`dod – shaxsning ma`lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o`ziga xos maxsus tarmog`i bo`lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o`rganiladi.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o`zlashtirish jarayoni.
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta`sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.
Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo`lgan xolatning bashorat qilinishi.
Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo`lib, o`zgaruvchan mustaqil turli xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta`sir etishdagi aniq ma`lumotlariga tayanadi.
Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta`sir ko`rsatish jarayoni.
Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o`z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.
Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo`lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat sub`ektini tayyorlashga qo`yiladigan talablar majmui.
Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so`z, ibora, abzatslarni ma`no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.
Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog`liq ravishda tekshirish, o`rganish, ma`lumotlar to`plash metodi.
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma`lumot, axborot, g`oyalar almashinuvi jarayoni.
Kichik guruh – a`zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug`ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda bo`luvchi kishilar guruhi.
Ko`nikma – odamening ma`lum ishni bajarishga tayyorligida ko`rinadigan qobiliyati. K. mahoratning asosini tashkil etadi.
Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o`rgansh.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o`zlashtirish usullari yig`indisi.
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo`lib, bilishning nazariy va amaliy o`zlashtirish usullari yig`indisidir.
Motiv – ma`lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |