Jomiyning «Bahoriston» asatining asl mohiyati nimaga qaratilgan?
Jomiyning «Iskandar xiradnomasi» va Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asarlari orasidagi uyg‘unlikni sharhlang.
Izoh* Mavzu bo’yicha mustaqil tayyorlanadigan topshiriqlar (uyga vazifa) ushbu mavzu o’tilmasidan oldin beriladi va talaba uni kelgusi darsga bajarib keladi.
TALABALARNI MASHG’ULOT BO’YICHA BAHOLASH MEZONLARI.
(Dars yakunida har bir talabaning mashg’ulot davomida to’plagan balli e’lon qilinadi).
QO’LLANILADIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI:
“Esse”,“Klaster”, “6x6x6”,“To’rtinchisi ortiqcha” ,“Keystadi”,“Nima uchun”, “Charxpalak”, “Bumerang” ,“Galereya”.
ADABIYOTLAR:A 1, A 2, A7, Q1, Q2, Q5, Q8, Q11, Q12, Q14, Q15.
O’zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
«Maktabgacha va Boshlang’ich ta`lim» fakul`teti
Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi
Umumiy Pedagogika fanidan 2-kurs uchun
NUKUS
Fan bo`yicha izohli lug`at (glossariy):
Adekvatlik – teng, o`xshash, muvofiq kelmoq.
Analogiya – psixik xodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o`xshashligi.
Anketa – metodlardan biri bo`lib, respondent to`g`risida aniq ko`zlangan ma`lumotlarni yig`ish maqsadida qo`llaniladi.
Assotsiatsiya – psixik xodislar orasidagi o`zaro bog`lanish, u ma`lum qonunlar bo`yicha tarkib topadi.
Attraktsiya – bir kishini boshqa kishi ko`rib qolganda, idrok etishda yuz beradigan tafakkur turi.
Apatiya – kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.
Astenik – shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar.
Audivizual idrok – shaxsning bir vaqtning o`zida ham eshitib, ham ko`rib idrok qilishi.
Autogen mashq – shaxsning o`z-o`zini ishontirish va o`z-o`zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
Affekt – kuchli, jo`shqin va nisbatan qisqa muddatli emotsional kechinmalar sifatida ro`y beradigan psixologik holat.
Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog`liq bo`lgan xujjatlar orqali o`rganish usuli.
Bixeviorizm – psixologiyaning o`rganish predmeti sifatida odam xulq-atvorini olinishi nazariyasi.
Breynshorming – aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo`llaniladigan interfaol usuldir.
Bosqichlar – muloqotda mavjud bo`lgan shaxsning o`zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.
Verbal – og`zaki ifodalangan nutq.
Vegetativ nerv tizimi – nerv tizimining organizm ichki a`zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi.
Genotip – ota-onadan farzandga o`tadigan irsiy belgilar majmui.
Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog`i, qarilik davri psixologiyasini o`rganadi.
Gnostik – butun borliqni bilishga yo`naltirilgan faoliyat.
Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo`lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o`zining tutgan o`rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig`indisi.
Depressiya – tushkunlik kayfiyati.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma`lum ob`ektga uzoq vaqtdavomida muttasil qaratilishi.
Diqqatning ko`lami – bir vaqtning o`zida diqqatning bir qancha ob`ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob`ektga taqsimlanish xusuiyati.
Diqqatning ko`chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob`ektdan ikkinchisiga ko`chirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |