MEKX ning asosiy tamoyillari
MEKX da tashuvchi elektrolit tarkibida surfaktant (6 - rasm) bo‗lib, uning konsentratsiyasi mitsella hosil qilish kritik nuqtasidan yuqori bo‗ladi. Bunda surfaktant bufer eritmada yaxshi erishi lozim. MEKX da eng keng qo‗llaniladigan surfaktantlar natriy dodetsilsulfat (NDDS) (anionli surfaktant), setiltrimetilammoniy bromid (kation surfaktant), xol kislotasi tuzlari (xiral surfaktant) hisoblanadi.
– rasm. Mitsellalar turlari
Suvli muhitda surfaktant o‗z-o‗zidan mitsella hosil qilib, aggregatsiyalanadi. Bunda uning gidrofil guruhlari tashqi qavatni, gidrofob qismi qutbsiz - ichki qavatni hosil qiladi. Bunda ichki qavatda tahlil qilinuvchi modda molekulalari joylashishi mumkin. Odatda mitsellalarining tashqi yuzasi manfiy zaryadlangan bo‗lib (NDDS), elektr maydoni ta‘sirida ular EOO qarshi tomonga harakatlanadi. Neytral molekulalarning harakatdagi suvli bufer va psevdostatsionar mitsellyar fazalar o‗rtasidagi taqsimlanishi ularning o‗zaro ajralishiga olib keladi. Bufer va mitsellalar ikki fazali tizimni hosil qilib, tahlil qilinuvchi modda ushbu ikki faza o‗rtasida taqsimlanadi. Bu turdagi ajralish jarayoni ―teskari fazali‖ YUSSX ga yoki ekstraksiya jarayoniga o‗xshash bo‗ladi.
MEKX mitsella tizimida surfaktant bufer eritmada yaxshi erishi, hosil bo‗lgan mitsellyar eritma bir xilda taqsimlanishi va UB nur sohasida nur yutmasligi lozim.
MEKX tizimining selektivligi asosan surfaktant tabiatiga bog‗liq. YUSSX ning ―teskari fazali‖ varianti kabi moddalarning eruvchanligini oshirish maqsadida ko‗pchilik hollarda bufer eritmalar tarkibiga organik erituvchilar qo‗shiladi. MEKX tahlil usulida enantiomerlarni ham bir-biridan ajratish mumkin bo‗lib, bunda xiral surfaktantlardan foydalaniladi.
MEKX prinsiplari ko‗pchilik hollarda kolonkali xromatografiya bilan o‗xshash bo‗lishiga qaramasdan, MEKX da mitsellalar harakatda bo‗ladi. SHu tufayli ham kolonkali xromatografiyaning prinsiplari har doim ham MEKX ga mos kelmaydi.
Neytral zarrachalarning harakatlanish vaqti, tR quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
(1 k ' ) t
;
t 0
R 1 ( t / t )
0 mc
Bu erda t0 – ushlanmaydigan zarrachalarning kapillyarning samarador uzunligini bosib o‗tish uchun kerakli vaqt; tMC – mitsellaning kapillyarning effektiv uzunligini bosib o‗tish uchun kerakli vaqt; k‘ – sig‗im kattaligi. Bunda tR qiymati har doim t0 va tMC orasida yotadi.
Neytral zarrachalar uchun sig‗im kattaligi - k‘ quyidagi tenglama orqali hisoblab topiladi:
k '
( t R
/ t o
1) /(1 t
/ t MC ) ;
R
Amalda k‘quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
t
k ' R
t o
1 ;
Bu erda, t R – tahlil boshlanishidan tahlil qilinuvchi modda cho‗qqisining maksimal balandlikka erishgungacha o‗tgan vaqt; t 0 – tahlil boshlanishidan kapillyarda ushlanmaydigan modda cho‗qqisining maksimal balandlikka ega bo‗lgungacha o‗tgan vaqt. KZE dan farqli o‗laroq MEKX da k‘ moddani tavsiflovchi asosiy ko‗rsatkichlardan biri bo‗lib hisoblanadi.
Neytral zarrachalarning ajralish darajasi – RS quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
(
R
1)
k '2
1 ( t 0
/ t MC )
S 4
(1
k ' 2 )
1 ( t
/ t MC
;
) k '1
0
Bu erda α – selektivlik bo‗lib, k‘ 2 ning k‘ 1 ga nisbati bilan topiladi. Ikkita modda bir-biriga yaqin joylashgan cho‗qqilar hosil qilganda (≤1,1) faqat k‘dan foydalanish mumkin. Bunda keltirilgan tenglamadan ko‗rinib turibdiki, oddiy xromatografiya sharoitlari kabi MEKX da moddalarni ajratish jarayonini samaradorlik, selektivlik, ushlanish va ajraluvchi tizimning kimyoviy tuzilishini o‗zgartirib yaxshilash mumkin.
MEKX asosan qutbsiz molekulalar tahlilida qo‗llanilishiga qaramasdan ushbu texnologiyani zaryadlangan zarrachalar tahlilida ham qo‗llash mumkin. Bunda ajralish jarayoni xromatografiya va elektroforez mexanizmlarini o‗z ichiga oladi. Ajralish jarayonini yanada optimallashga zaryadlangan zarrachalar va mitsellalar o‗rtasidagi qo‗shimcha ta‘sirlarni yuzaga chiqarish bilan erishish mumkin. Bunda ion juftlar surfaktant va tahlil qilinuvchi zarrachalar zaryadlari qarama-qarshi bo‗lganda hosil bo‗lib, aks holda, ular bir-biridan ―qochadi‖. Ushbu ta‘sirlashishlar zaryadlangan molekulalarni bir-biridan ajratishda katta rol o‗ynashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |