4.Kiyim astarini avraga ulash.
Avra va astarni ulashdan oldin astar avraga solishtirib tekshiriladi. Buning uchun stolda kiyim avrasi teskarisini yuqoriga qaratib, uning ustiga teskarisini pastga qaratib astar qo’yiladi. Ularning yon va yelka choklari bir – biriga to’q’rirlanib, astarning bo’yi va eni tekshiriladi. Ort bo’lakda kesimi bor kiyimlarda astarni shu kisim ustidagi joyi qirqiladi.
Astarning etagi avraga ulanadigan kiyimlarda astarning etagi avra etagining bukish chizig’iga to’q’rirlab qirqiladi. Bunday astarni avraga ulashdan oldin quyidagi o’zgartirishlar kiritib ishlov beriladi:
Ort bo’lak o’rta chokining o’rtasida uzunligi 25-30 sm li joy tikilmay qoldiriladi.
Yeng astarining oldingi chokida ustki bo’lakning 10-12 sm uzunlikdagi joyi tikilmay qoldiriladi.
Oldin astarni adip ichki qirqimlari va ustki yoqa ko’tarmasi qirqimi bo’ylab, nazorat kertimlarining hammasini aniq to’g’ri keltirib, ulab tikiladi. Keyin astarning kiyim etagi bo’ylab adipdagi bir qirqimdan ikkinchi qirqimgacha, yana nazorat kertimlarining hammasini to’g’ri keltirib, biriktirib tikiladi. Ort bo’lak o’rta chokidan tikilmay qoldirilgan joydan kiyim o’ngiga ag’dariladi.
Chok qorqimlari bort qotirmasiga, kiyim etagiga puxtalangandan, yeng astarlari yeng uchiga tikilgandan, tirsak choklari, yeng o’mizi choklari va yon choklari ouxtalangandan keyin, yeng astari oldingi chokidan tikilmay qoldirilgan joy orqali ort bo’lak astarida qoldirilgan joy biriktirib tikiladi. Keying yeng astaridagi tikilmat qoldirilgan joy boshidan oxirigacha qirqimlarini ichkariga bukib, bukilgan ziyidan 1-2 mm oraliqda bostirib tikiladi
Astarning etagi ulanmaydigan kiyimlarga astarning etagi avraga astar qo’yilgandan so’ng qirqiladi. Tikishga tayyor bo’lgan astarni adipning ichki qirqimlariga va ustki yoqaning ko’tarmasi qirqimiga, nazorat belgilariga muvofiq o’ngi tomonlarini bir-biriga qaratib 10 mm kenglikdagi chok bilan bir galda ulab tikiladi.
Keyin paltoo’ngiga ag’dariladi, bortlari to’q’rirlanib , adip bo’ylab astar ulangan baxyaqator yoniga maxsus mashinada ko’klanadi.
Yeng teskarisi tomonga ag’darib yeng astarining pastki qirqimini yeng avrasi qirqimiga 1 sm kenglikdagi chok solib ulab tikiladi. Astarning ulama choki yeng uchi bo’ylab qotirmaga puxtalab qo’yiladi.
Astarning tirsak choklari avra tirsak choklariga yon uchidan 6-8 sm qochirib puxtalanadi, yenglar o’ngi tomonga ag’dariladi. Yeng astari o’tqazma choki yeng avrasi o’tqazma chokiga astar teskari tomondan 1,5-2 sm yeriklikdagi halqasimon qaviqli qaytar qaviq qator yuritib puxtalanadi. Astar yon choklari avra yon choklariga ort bo’lak tomonidan biriktirib tikiladi. Astar pastki qirqimi astarni yerga qaratib qo’yib tekislab qirqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |