Reja: Kirish Mustaqillik – ma`naviy tiklanish va yuksalish asosi



Download 51,48 Kb.
bet1/14
Sana08.04.2022
Hajmi51,48 Kb.
#538060
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Milliy maʼnaviyatimiz rivojida




Milliy maʼnaviyatimiz rivojida "Majoz tariqi"boshqichi


Reja:


Kirish



  1. Mustaqillik – ma`naviy tiklanish va yuksalish asosi

  2. Milliy taraqqiyotning ma`naviy-axloqiy negizlari.

  3. «Majoz tariqi» bosqichi Mehr ma’rifati.   

  4. Navoiy asarlarida “Majoz tariqi” va Tavhid mohiyatining

yangicha  talqini masalalari 

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Ma`naviyat asoslari fanining asosiy maqsadi va vazifasi bо`lajak о`qituvchilarni ulug ajdodlarimiz asrlar davomida shakllantirgan milliy ma`naviyatimiz ruhida tarbiyalash, ma`naviyatning mustaqil О`zbekistonda jamiyatni yangilash va mamlakatni isloh etish, yosh avlodni tarbiyalashdagi о`rni va ahamiyatini tо`g`ri anglab etishiga erishish, ularni ma`naviyat sohasida nazariy jihatdan о`tmish va bugungi kunda qо`lga kiritilgan yutuqlar, hozirgi davrda jamiyatimiz kishilari ma`naviy hayotida sodir bо`layotgan о`zgarishlar, bu jabhadagi muammolar va ularni hal etish yо`llari kabi masalalar bilan jiddiy tanishtirish, ular tagakkurini milliy-ma`naviy qadriyatlarimiz bilan boyitishdan iborat. Fanni о`rganishda О`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlarida bayon qilingan mustaqil О`zbekistonni rivojlantirishning ma`naviy-axloqiy negizlari, о`tmish ajdodlarimiz ma`naviy merosiga munosabat, ma`naviyatning inson hayotidagi о`rni va ahamiyatiga oid nazariy fikr-mulohazalar umummetodolofik asos qilib olinadi. Ma`naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg`otish va harakatga keltirishga muvaffaq bо`linsa, barcha ulug`vor rejalarni amalga oshirish uchun zarur imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg`or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta`limning eng muhim vazigasi ham ana shu imkonni shakllantirish, ya`ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uygotib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan о`zanlar sari yо`naltira bilish bilan belgilanadi.


Ma`naviyat asoslari” fanining asosiy ob`ekti - mustaqil О`zbekiston uchun eng dolzarb muammolardan biri bо`lgan shaxs va millat ma`naviyatining takomili, asosiy qadriyatlari, shakllanish yо`llari xususidagi milliy ma`naviy merosimiz an`analariga tayanuvchi nazariy xulosalar va qarashlar tizimidan iboratdir. Ma`lumki, jahon madaniyatiga bizning ajdodlarimiz qо`shgan hissa ozmuncha emas. “Ma`naviyat asoslari”ning maxsus fan sigatida о`rganilishi, shu ma`noda, bugungi kunda ham jahon madaniyati rivojiga muayyan ijobiy natijalar keltirish ehtimolini nazardan qochirib bо`lmaydi. Demak, ma`naviyat doimo umumbashariy miqyosni nazarda tutgan holda о`rganiladi.


 Ma`naviyat asoslari fanining boshqa yondosh fanlar bilan aloqasi.Bu fanMa`naviyatning rivojlanish tarixi fani bilan uzviy bog`liq bо`lib, Dinshunoslik, Madaniyatshunoslik, Oila ma`naviyati, Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar kabi qator ganlar bilan yaqindan aloqadordir. Bu fanni о`zlashtirish uchun talaba о`rta maktab va о`rta maxsus ta`limida о`tiladigan tarix, adabiyot, milliy g`oya, ma`naviyat asoslari kabi fanlardan muayyan bilimga ega bо`lishi, islom dini, ulug` ajdodlarimizning о`tmishda yaratgan ma`naviy merosi haqida dastlabki ma`lumotlardan xabardor bо`lishi kerak.


 Fan bо`yicha bilim, malaka va kо`nikmaga qо`yiladigan talablar. Bu fan bо`yicha talabalar bilim, malaka va kо`nikmasiga qо`yiladigan talablar quyidagilardan iborat: - Jahon ilmida ma`naviyat masalalarining о`rganilishi, О`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ushbu masalaga yangicha yondoshuvning shakllanishi va ma`naviyatning yaxlit soha sigatida tan olinishi, mustaqil О`zbekiston sharoitida ma`naviyat omilining alohida ahamiyati haqida tasavvurga ega bо`lishi; О`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida о`z ifodasini topgan ma`naviyat nazariyasining umummetodolofik asoslari, О`zbekiston respublikasining ma`naviyat va ma`rigat kontseptsiyasining mohiyati, milliy ma`naviyat va umuminsoniy qadriyatlar nisbatini yaxshi anglashi; “Ma`naviyat” tushunchasining turli ta`riflari va ularning о`zaro nisbatlari, shaxs va millat ma`naviyatining asosiy jihatlari, ma`naviyat sohasining iqtisod, siyosat sohalari bilan munosabatlari, ma`naviyat va ruhiyatning о`zaro nisbati, ma`naviyatining din, madaniyat, axloq bilan о`zaro bog`liq jihatlari, Falsaga va ijtimoiy fanlar bilan о`zaro aloqadorligi, bosh ma`naviy qadriyatlar – Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat va ularning inson va jamiyat hayotidagi о`rni, ma`naviyatning san`at va adabiyotda namoyon bо`lishiga oid masalalarda chuqur bilim va malaka hosil qilishi; о`zining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedafofik faoliyatida ma`naviyat nazariyasi bо`yicha olgan bilimlarini qо`llay olishi, milliy ma`naviyatimiz an`analarini yosh avlod onfiga singdirishning shakl va usullaridan foydalanish kо`nikmasiga ega bо`lishi lozim.


Download 51,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish