2. Astar tayyorlash va uni kiyim avrasiga ulash.
Astar kiyimning hamma choklarini yopib Turish va kiyimni kiyib yurishda qulay bo’lishi uchun ishlatiladi. Fasonga qarab astar kiyim etagigacha yoki buksa chizig’igacha tushgan bo’lishi mimkin. Astar kiyim etagiga ulanmagan yoki ulangan bo’ladi.
Kiyimlar astariga odatda bar tutgich, ilgak qo’yiladi. Astarning o’zi quyidagicha tayyorlanadu:
Yon vitachkalari yeng o’mizidan boshlab bel chizig’igacha, 1 sm chok hosil qilib biriktirib tikiladi. Chokning kengligi bel chizig’idan boshlab pastga tomon kamaya boradi va qirqimning pastki uchidan 1-1,5 o’tib yo’q bo’lib ketadi. Yuqori vitachkalar yelka qirqimida 1 sm kenglikda biriktirib tikib, uning pastki uchidan 1,5 sm o’tqazib yo’q qilib yuboriladi.
Astarning yon, yelka qirqimlari, yengning tirsak va old qirqimlari, ort bo’lakning o’rta choki kengligi 1sm qilib biriktirib tikiladi. Yengning old va tirsak qirqimlari tikilayotganda, ularning o’rta qismi 20-25 sm uzunlikda tikilmay qoldiriladi.
Agar astarning etak qirqimi avraning etak qirqimiga ulanadigan bo’lsa, old bo’lak o’rta choki tikilayotganda uning o’rta qismi 30-35 sm uzunlikda, kiyimni o’ngiga ag’darish uchun tikilmay qoldiriladi.
Astar etak uchigacha yetmaydigan bo’lsa, uning pastki cheti buklanib, bukish chizig’idan 0,1 sm masofada baxyaqator yuritiladi.
Astar etagi avraga ulanmaydigan bo’lsa, astar yon qirqimlari bilan ort bo’lak o’rta chok qirqimlari maxsus mashinada yo’rmab tikiladi. Yeng astari astar o’miziga, ularning belgi kertimlari to’g’ri keltirilib universal mashinada o’tqaziladi.
3.Isituvchi qatlam tayyorlash va uni kiyim avrasiga ulash.
Isituvchi qatlam paxtadan, vatindan va penopolio’ritandan tayyorlanadi.
Paxtadan isituvchi qatlam tayyorlash uchun ikki qavat doka orasiga paxta solinadi. Isituvchi qatlam ko’p ignali mashinada yoki universal mashinada uzunasiga oralig’i 5-6 sm li baxyaqatorlar yuritib qaviladi. Ularni 10 tadan qilib yig’ib ko’chma bichish mashinasida andoza yordamida qirqiladi. Belgilangan chiziq bo’yicha vitachka joylari qirqiladi. Isituvchi qatlam vitachkalari 0,7 sm chok bilan tikiladi.
Isituvchi qatlam avraning teskari tomoniga qo’yiladi. Bunda u yelka chokidan 1 sm chiqib turishi, adipning ichkari qirqimi tagiga 2-2,5 sm kirib turishi, yon qirqimlari esa yon choklaridan 2 sm o’tib turishi kerak. Isituvchi qatlam bort qirqimi yashirin baxyali maxsus mashinada bort qotirmasiga tikiladi.
Isituvchi qatlamning yon choklari avraning yon choklariga universal mashinada ort bo’lak tomondan ulanadi. Bunda yeng o’mizining 8-10 sm pastidan baxyaqator boshlanib, bel chizig’idan 20-25 sm pastroqgacha davom etadi.
Isituvchi qatlam yoqa o’mizi va etak bo’ylab 7-10 sm masofada ilintirib ko’klanadi. Isituvchi qatlam yoqa o’mizi bo’ylab ostki yoqaning o’tqazma chokiga tikiladi. Isituvchi qatlam yeng o’mizlarini avra yeng o’mizlari qirqimiga to’q’rirlab qirqiladi. Isituvchi qatlam yenglarining o’tqazma chokiga yeng isituvchi qatlamlari bilan birga tikiladi.
Astarning etagi avraga ulanadigan kiyimlarda isituvchi qatlamning etak uchi avraning bukish haqi tagiga 1-1,5 sm kirib turadigan qilib, astar etagi avraga ulanmaydigan kiyimlarda esa isituvchi qatlamning etak uchi avraning bukish haqi qirqimiga 2-3 sm yetmaydigan qilib qirqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |