O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta


O’quvchilar faoliyatini faollashtirish



Download 3,95 Mb.
bet117/232
Sana16.03.2022
Hajmi3,95 Mb.
#496793
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   232
Bog'liq
Urgut tuman 1-son Xidirova M

O’quvchilar faoliyatini faollashtirish:
(2.3-ilova)
Tezkor so’rov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.



Tezkor so’rov uchun savollar
1.Cho’ntak turlari
2.Qotirma cho’ntakka ishlov berish
3.Qotirma cho’ntakka ishlatiladigan chok turlari



Yangi o’quv materiali bayoni:
(2.4-ilova)
Darsning asosi bayon qilinadi.
Magiz o’ngi ustiga chiqarilib, uzunasi bo’ylab, ramka enidan 0,5—0, 7 sm. ortiq kenglikda bukib dazmollab yoki dazmollamasdan qirqimi chuntak ogzi chizigi tomon qaratilib, belgilangan chiziqlar bo’ylab old bo’lakka ulanadi. Bunda mag’izlarning baxyaqatorlari orasidagi masofa 2 ta ramka kengligida bo’ladi. Yalang qavat magizlar esa qirqimlarini bir-biriga zichlab turib, ikkalasiga alohida-alohida 0 ,3—0,4 sm kenglikda chok solib old bo’lakka ulanadi. Ikki bukilgan magizlarning ham, yalang qavat magizlarning ham ustki va ostki choklari o’rtasida old bo’lak ko’ndalang qirqilib, cho’ntak xaltani magizlar bilan birga agdarib, oid bo’lakning teskarisiga o’tkaziladi. Cho’ntak ogzi burchaklari to’grilanadi. Yalang qavat magizli cho’ntaklarda magiz choklari yorib to’grilanadi va magizlardan modelga muvofiq kenglikda ramka hosil qilib, magiz ulangan chok ustidan baxyaqator yuritiladi. Ikki qavat magiz- larda esa bunday qilishning hojati yo’q. Ko’rinmaning yuqori qirqimi yuqoridagi magiz chokiga ulanadi va cho’ntak xalta yon tomonlarini 1 sm kenglikda chok solib tikish bilan bir vaqtda magizni tortibroq turib, cho’ntak ogzi uchlari ikkita baxyaqator bilan puxtalanadi. Cho’ntak dazmolda yoki pressda dazmollanadi. Listochkali qirqma chuntaklar. Pidjak, jaket kabi kiyimlarning tepa cho’ntak listochkalariga astar qo’yib, astar listochkaning yuqori ziyiga kengligi 0,5 sm agdarma chok solib ulanadi. Bu chok baxyaqatorilistochkaning ikkala uchigacha 0 ,7—1 sm yetmasligi kerak. Listochkaning ikkala uchigacha 0 ,7— 1 sm yetmasligi kerak. Listochka uchlarini andazada belgilab olib, 0,7 sm kenglikda buklab dazmollanadi. Listochka uchi burchaklaridagi ortiqcha material kesib tashlanadi. Listochka avrasidan uning butun uzunasi bo’ylab 0,2 sm kenglikda kant qilib, ustki ziyini qayirib dazmollanadi. Yupqa jun kiyimlarning listochkasi yelim uqa, kolenkor yoki flizelin tipidagi noto’qima gazlamadan qotirma qo’yib tikiladi. Shuningdek, cho’ntak xaltaning o’zi listochkaning qotirmasi vazifasini ham o’tashi mumkin. Bunda cho’ntak xaltaga listochka astarining ostki ziyini 0,7 sm kenglikda bukib va ustki qirqimini cho’ntak xalta qirqimidan 0,3 sm yuqoriroq chiqarib, bukilgan ziydan 0,1 sm narida bostirma chok bilan tikiladi. Astar bilan cho’ntak xalta yon tomonlari listochkaning tayyor bo’lgandagi kengligi darajasida qirqiladi. Ko’rinma 0,7 sm kenglikda chok bilan cho’ntak xaltaga ulanadi. Choklar cho’ntak xalta tomonga qayirib to’g’rilanadi. OLK-1 apparatida listochka tayyorlashda, listochka bilan uning astari o’ng tomonini pastga qaratib, tayanch bortiklar bo’yicha tekislab, apparatning pastki tomoniga qo’yiladi. Listochka ustiga qotirma yelimli tomoni pastga qaratib o’rnatiladi va listochka bilan astarning qirqimlarp teskari tomonga buklab dazmollanadi. Detallning bukilgan ziylariga maxsus bunkerdan yelim kukun sepiladi. Listochkaning bukib dazmol-langan ziyidan 0 ,1—0, 2 sm kenglikda kant hosil qilib, astar bilan listochka juftlanadi va pressda yopishtiriladi. Astar bilan listochkaning faqat ustki ziylarini yopishtirsa ham bo’ladi. Bunda astarning listochka uchlaridagi joyi listochkaning tayyor bo’lgandagi butun eni bo’ylab dazmollangan ziylardan 0 ,2— 0,3 sm narida qirqib tashlanadi (49- rasm). Listochka astari 0,7 sm kenglikda chok solib cho’ntak xaltaga ulanadi. Choklar cho’ntak xalta tomonga to’g’rilanadi. Listochkaning astari avralik gazlamadan bo’lganda ham, astarlik gazlamadan bo’lganda ham, uning uchala tomoni ham, unsversal mashinada agdarma chok solib tikilishi mumkin. Yupqa jun gazlamadan tikiladigan kiyimlarda listochkaning teskarisiga yelim gazlamadan qotirma qo’yilib, so’ngra agdarma chok bilan tikiladi. Listochka bilan astarning o’ng tomoni ichkariga qilib juftlanadi va burchak joylarida avradan 0 ,2—0,3 sm solqi hosil qilib, astar tomondan listochka uchlariga 0,2 sm dan yetkazmay, kengligi 0,5 sm agdarma chok solib tikiladi. Burchak joylarida 0,2—0,3 sm chok qoldirib ortiqchasi qirqib tashlanadi. Listochka o’ngga agdariladi. Burchaklarini to’grilab, qolipda dazmollanadi yoki avrasidan 0,2 sm kenglikda kant hosil qilib ko’klanadi va dazmollanadi. Ostki listochka bilan yaxlit bichilgan listochkalarni tikishda, uning teskarisiga belgilangan chiziq bo’ylab uqa yoki uqali qotirma sal tortibroq qo’yiladi. Agar uqa yelimli bo’lmasa, uni ostki listochka tomondan qo’yib, qotirma qirqimini uqa enining o’rtasiga to’g’rilab, uqaning tashqi qirqimidan 0,3 sm narida baxyaqator yuritib tikiladi. Listochkaning o’ngiga andaza qo’yib, listochka uchlarini bukiladigan chiziqlari belgilab olinadi. Listochkani shu chiziqlar bo’ylab bukib dazmollanadi. Ostki listochka qirqimini bukib dazmollangan ziylarga 0,3 sm dan yetkazmay qirqib tashlanadi. Gazlamasi yupqa kiyimlarda listochka uchlarini kengligi 0,5 sm agdarma chok solib tikiladi. Chok haqidan 0,2 sm qoldirib, qolgani qirqib tashlanadi. Listochka o’ngiga agdariladi. Uchi to’grilanadi. Ko’klab yoki ko’klamay qolipda dazmollanadi. Modelga muvofiq baxyaqator yuritiladi. Yuqori cho’ntak listochkasini old bo’lakka ulash uchun, old bo’lak o’ngida yuqorida aytilganidek uchta chiziq bilan cho’ntakning joyi belgilab olinadi. Gulla yoki yo’l-yo’l gazlamalarda cho’ntak joyi listochka bilan old bo’lakning guli yoki yo’li bir-biriga mos keladigan qilib belgilanadi. Listochkaning teskarisida ulash chizigi belgilanadi. Old bulakning teskarisiga bo’ylama qo’yiladi. O’ngi tomonda esa listochka astarini ko’tarib turib, old bo’lak bilan listochkadagi belgi chiziqlarning guli yoki yo’llarini bir-biriga to’grilab, listochka old bo’lakka ulanadi. Listochka ulangan chok listochkaning bukilgan ziylari qirqimi bo’ylab baxyaqatorga 0,1 sm yetkazmay kesiladi. Kesimlar orasidagi chokni listochka tomonga qayirib, ustiga cho’ntak xalta bilan astarni tushiriladi va ularni old bo’lakka listochka ulangan chiziqdan 0,1—0,2 sm narida tikiladi. Ko’rinma 0,7 sm kenglikda chok solib old bo’lakka ulanadi. Bu chokning baxyaqatori listochka old bo’lakka ulangan baxyaqtorga bort tomonda 0,5 sm yetkazilmaydi, o’miz tomonda esa undan 0,2 sm uzaytirib tikiladi. Baxyaqtorlar orasida old bo’lak qopqoqli cho’ntaklar tikishdagi kabi qirqiladi. Cho’ntak xalta old tomon teskarisiga agdarib o’tkazib to’g’rilanadi. Ko’rinma old bo’lakka ulangan chok yorib dazmollanadi Listochkani to’grilanadi. Old bo’lak bilan listochka gullari yoki yo’llarini, listochka ustki ziyi bo’ylab bir-biriga to’grilab, listochka old bo’lakka maxsus mashinada yoki qo’lda ko’klanadi. Listochka uchlari o’ngi tomondan qo’lda uzunligi 0 ,2—0, 3 sm yashirin qaviq solinib, burchaklari 3—4 ta qaviq bilan puxtalanib old bo’lakka tikiladi. Listochka uchlaridan 0 ,4—0,5 sm narida astar tomondan 2- yashirin qaviq solinadi.
Listochka uchlarini modelga muvofik, bostirma chok bilan mahkamlasa ham bo’ladi. Listochka uchlarini old bo’lakka yelim plyonka bilan ham mahkamlash mumkin. Buning uchun eni 0 ,5—0,6 sm yelim plyonkalarni ularning tashqi qirqimlari listochka uchlaridan 0,1 sm ichkariroq qilib qo’yiladi. Bunday yelim plyonka qo’yilgan listochka uchlari old bo’lakka presslab yopishtiriladi. Listochkaning uchlarini old bo’lakka uning o’ngi tomondan universal mashinada yoki sishщ baxyaqtorli mashinada tiksa ham bo’ladi. Siniq baxyaqatorning kengligi 0,1 sm dan oshmasligi kerak. Listochka uchlari bort qotirmasiga old bo’lakning teskarisidan maxsus mashinada yoki qo’lda qiya yashirin qaviq bilan mahkamlanadi. Cho’ntak xalta kengligi 1 sm chok solib biriktirib tikiladi. Cho’ntak bitgan- dan keyin, uni dazmol yoki pressda dazmollanadi.
Listochkali qirqma yon cho’ntaklar tikishda, cho’ntak xalta listochka astariga yoki ostki listochkaga 0,7 sm kenglikdagi chok bilan ulanadi. Old bo’lakdagi belgi chiziqlar bo’ylab listochka old bo’lakka ulanadi. Cho’ntak xaltaning 2- qismi listochka ulangan chokdan 1 sm narida old bo’lakka ulanad
Old bo’lakni qopqoqli cho’ntak tikkandagi kabi qirqiladi. Listochka choki ikki tomondan qirqilib, yorib dazmollanadi va yorma chok solib tikiladi yoki ostki listochka bilan cho’ntak xalta listochka chokiga tikiladi (53- rasm). Cho’ntak xalta 1 sm kenglikda chok solib biriktirib tikiladi. Listochka uchlari uning astari tomondan 0 ,4—0,5 sm kenglikda chok solib ulab, keyin o’ngi tomonidan ikkita baxyaqator yuritib tikiladi. Yeki listochka astarining ikki uchiga yelim plyonka qo’yib, uni old bo’lakka pressda yopishtirib olib, keyin listochka uchlari modelga muvofik, bitta yoki ikkita bostirma chok bilan old bo’lakka tikiladi. Bunda bostirma chok bitta bo’lganda, listochka uchlari old bo’lakka qo’lda yashirin qaviq bilan tikiladi. Listochka bostirma chok solib bezalmaydigan bo’lsa, uning uchlari oldin o’ngi tomondan, keyin teskarisidan listochkaning butun eni bo’ylab uning ziylaridan 0,5 sm narida qo’lda yashirin qaviq bilan tikiladi.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish