O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Download 1,44 Mb.
bet28/117
Sana01.02.2022
Hajmi1,44 Mb.
#423023
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117
Bog'liq
gimnastika marginova 2013yil

Akrobatika mashqlarini yozish. Akrobatika mashqlarini yoz- ganda, ayrim xususiyatlarni hisobga olib, quyida ko'rsatilgan qoidalar qo'llaniladi:



          1. To'liq to'ntarilishga yetmaydigan elementlarni (masalan, umbaloq oshishlar) bajarganda oxirgi holatni ko'rsatish kerak. Masalan, yotib tayanish holatidan oldinga umbaloq oshib, ko'krakda tik turish.

          2. Ba'zan bir holatdan ikkinchisiga o'tishni maxsus atama orqali ifodalash talab etilmaydi. Masalan, o'ng (chap) oyoqda muvozanat saqlashdan, boshda tik turish yoki qo'llarda tik turishdan va boshqalardan.

          3. Sportchining u yoki bu belgidan (harakatdan) keyingi holati navbatdagi elementning bajarilish usulini belgilaydi. Masalan, tizzalarda tik turishdan oldinga dumalab, bir yelkada tik turish yoki cho'qqayib tayanishdan orqaga dumalab, ko'krakda tik turish va shu kabilar.

          4. Oxirgi holat faqat harakat davomida aniq aytilmasa, yoziladi.

Akrobatik mashqlar



44-rasm. 45-rasm. Oldinga Qo'llarda turish. to'ntarilish.

46-rasm. Orqaga 47-rasm. Yonga to'ntarilish. to'ntarilish.



48-rasm. 49-rasm. Bir 50-rasm. Bir 51-rasm. Bilak-
«Ko'prik». qo'lda «ko'prik». oyoqda «ko'prik». larda «ko'prik».

        1. Harakat yo'nalishi (chapga, orqaga).

        2. Agar harakatning o'zidan ko'rinib turmasa, oxirgi d.h. (osi­lish, orqaga tayanish) .

Masalan, past qo'shpoyada. Bilaklarda tayanib tebranish — orqaga tebranib ko'tarilish, oldinga tebranib, burchak hosil qilib sakrab tushish.
Tananing alohida a'zolari bilan bajariladigan harakatlarni yozganda, ularni bir-biridan vergul bilan ajratish kerak. Masalan, baland-past qo'shpoyalarning pastki yog'ochiga yotib osilishdan chapga burilib, chap songa o'tirish, o'ng qo'l yonga, bosh esa o'ngga buriladi va boshq.
Jihozlardagi turli holatlarni tartib bilan yozayotganda asosiy elementlar (birikmalar) chiziqcha — tire bilan ajratiladi. Masalan, yakkacho'pda: gavdani keskin yozib ko'tarilish — orqaga aylanish, yoysimon siltanib chapga orqaga burilib, har xil ushlab osilib qolish va boshq.
Majburiy mashqlami (musobaqa uchun) yozishda har bir element yoki birikmani yangi qatordan (xatboshidan) yozib bori­ladi, ularning o'ng tomonida esa uning nisbiy murakkabligi ko'r­satiladi, masalan, «ot»da:

  • sakrab o'ng oyoq bilan aylanish — 2,5 marta;

  • chap oyoq bilan o'ngga aylanish — 2,5 marta va shu kabilar.

Jihozlarga tegib, siltab o'tishlarni tasvirlashda «tegib» (tekkizib)
so'zi, tekkizmay siltab o'tishda esa «ustidan» so'zi qo'shiladi. Masalan, qo'shpoyalarda: keskin yozilib ko'tarilish — orqaga tebranganda o'ng oyoq, o'ng poyaga tekkizib siltab o'tish — orqaga tebranganda chap oyoq bilan chap poya ustidan siltab o'tish va burchak hosil qilib, ushlab turish va shu kabilar. Ikki yoki undan ortiq qo'sh elementlarni «va» bog'lovchisi bilan, ikki harakat birga bajarilganda esa «ib» qo'shimchasi bilan yoziladi. Masalan, yakkacho'pda: o'ng oyoq bilan ko'tarilish va chapdan orqaga burilib, orqaga aylanish — chap oyoqni siltab o'tib orqaga tashlanib, bukilib osilish va orqaga burila- yotib, gavdani keskin yozib, orqa bilan tayanish holatiga ko'tarilish.
Fikrni qisqa va ixcham ifodalash maqsadida ayrim aniqlov- chilarni tushirib qoldirish mumkin. Shuningdek, yaxshiroq tushu- nishning iloji bo'lmasa, yuqorida ko'rsatilgan izchillikda yozish shart emas. Masalan, yakkacho'pda: yoysimon tebranib turib, orqaga ketgan paytda aylanib sakrab tushish. Shu maqsadda bir qancha sakrab tushishlar va sakrashlarni bir so'zli atamalar bilan ifodalash qulay. Masalan, salto, to'ntarilish, «uchish» va boshq.







C3CD

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish