Arg'amchi bilan bajariladigan mashqlardagi asosiy atamalar
Hakkalash —turgan joyida yoki harakatda salgina sakrab qo'yish; qo'shhakkalash— ikki marta prujinasimon hakkalash, birinchisi asosiy, ikkinchisi qo'shimcha.
Sirtmoqli hakkalash —o'ng oyoqdan chap oyoqqa hakkalash, ikki aylantirib hakkalash, oyoq almashlab hakkalash, arg'amchini sherigiga berib hakkalash va boshq.
Jihozlarda bajariladigan mashqlar atamalari
Tutish— jihozni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustidan tutish, ostidan tutish, turlicha tutish, teskari tutish, chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jips tutish, chuqur tutish, tutish so'zi qisqartirish qoidasiga binoan tushirib qoldiriladi.
Osilish —jihozda shug'uUanuvchining yelkasi tutish nuqtasidan past bo'lgan holat. Osilishning quyidagi turlari bor: oddiy osilish, bunda jihoz tananing bir muayyan qismi ko'pincha qo'l bilan tuti- ladi, aralash osilish —bunda gavdaning yana biron qismidan qo'shimcha tayanish uchun foydalaniladi.
Oddiy osilish: osilish, qo'llarni bukib osilish, bukilib osilish, kerishib osilish va shu kabilar.
Aralash osilish: cho'qqayib osilish, turgan holatdan osilish, yotib osilish, turib osilish.
Tayanish —shug'uUanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan yuqori bo'lgan holat. Tayanishlar oddiy va aralash bo'ladi. Oddiy tayanishlar: tayanish, bilaklarga tayanish, qo'llarga tayanish, bukilib qo'ltiqlarga tayanish, orqadan tayanish, burchakli tayanish.
Aralash tayanish: o'ng oyoqqa cho'qqayib tayanib, chap oyoqni orqaga uzatish yoki orqaga uzatib oyoq uchini qo'yish, gavdani bukib qo'llarga tayanib yotib, chap oyoqni orqaga uzatish va shu kabilar.
O'tirish —jihozda o'tirgan holat. O'tirishning quyidagi turlari bor: qo'shpoyalarda oyoqlarni kerib o'tirish, sonda o'tirish va boshq.
Vositalar bilan bajariladigan mashqlarning boshlanishini quyidagi atamalar bilan ta'riflash mumkin: sakrab, yugurib kelib, osilib turib, tayanib turib, qo'llarda tayanib o'tirish va shu kabilar.
Ко'tarilish— osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanish- dan yuqoriroq tayanishga o'tish. Ko'tarilishning quyidagi turlari bor: galma-gal kuch bilan ko'tarilish, kuchlanib ko'tarilish, bir oyoqni siltab to'ntarilib ko'tarilish, oyoqda ko'tarilish, har ikki oyoqda ko'tarilish, gavdani rostlab ko'tarilish va boshq.
Pastga tashlanish —ko'tarilishga teskari harakat. Asta-sekin tashlanishning pastga tushishi.
Aylanish— gimnastikada tayanishdan boshlab, jihoz o'qi atro- fida aylanma harakatlanish. Aylanishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib tayanishdan oldinga aylanish, tayanishdan oldinga yoki orqaga aylanish, katta aylanish.
Burilish —gavdaning tik o'qi atrofida harakatlanishi. Burilishning quyidagi turlari bor: oldinga siltanib burilish, orqaga siltanib burilish, oyoqni osmonga ko'tarib turib burilish va boshq.
Oyoqni osmonga uzatib turish— sportchining tanasining biron qismiga tayanib, oyoqlarini yuqoriga uzatgan tik holat. Bunday turishning quyidagi turlari bor: yelkada, qo'llarda, bir qo'lda va boshq. Uni ijro etish usullari: kuchanib, siltanib, bukilib, keri- shib va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |