O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Inkasso. Inkasso uchun xalqaro savdo to‘lovlarining



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

  
5.9. Inkasso. Inkasso uchun xalqaro savdo to‘lovlarining 
unifikatsiyalashtirilgan qoidalari 
 
Inkasso  tashqi  iqtisodiy  shartnomalar  bo‘yicha  hisob-kitob  qilishning  keng 
tarqalgan  yana  bir  shaklidir.  Sotuvchi,  tovarni  yetkazib  berib,  o‘zining  bankiga 
(remitent-bank)  tovarga  oid  hujjatlarni  (konosament,  yuk  qog‘ozi  va  h.k.)  va 
inkasso  varaqasini  topshiradi.  Unga  muvofiq,  bank  xaridordan  to‘lovni  qabul 
qilib  olib  uni  sotuvchi  hisobiga  o‘tkazib  qo‘yishga  oid  choralar  ko‘rish 
majburiyatini  oladi.  Topshiriqni  bajarish  uchun  remitent-bank  xaridorning 
mamlakatida  joylashgan  korrespondent-bankni  (inkasso  bajarayotgan  bank)  jalb 
etadi.  Unga  tovar  hujjatlarini  topshiradi.  O‘z  navbatida,  inkasso  bajarayotgan 
bank hujjatlarni xaridorga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi. Hamma hujjatlarni 
to‘laligicha    pul  to‘langanidan  keyin  topshiradi.  Bankdan  tovar  hujjatlarni  sotib 
olgandan  keyin  xaridor  tovarni    yuk  tashuvchidan  olish  imkoniyatiga  ega 


85 
 
bo‘ladi.  Inkasso  bajarayotgan  bank  qo‘lga  kiritgan  pul  mablag‘larini  remitent-
bankka yo‘naltiradi, u esa pulni sotuvchi hisobiga o‘tkazadi.     
Agar  sotuvchi  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasi  tashkilotlari  ishtirok  etsa,  u 
inkasso  uchun  hujjatlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  bankiga  taqdim  etadi.  Keyin 
xorijiy  xaridorga  xizmat  ko‘rsatuvchi  bankka  yo‘naltiriladi.  Bu  holda,  sotuvchi 
xorijiy  xaridordan  to‘lovni  O‘zbekiston  Respublikasi  banki  orqali  oladi.  Buning 
uchun    xaridor  manziliga  tovarni  tushirib  berganligini  tasdiqlovchi  hujjatlar 
taqdim  etiladi.  Va,  aksincha,  agar  O‘zbekiston  Respublikasi  tashkiloti  xaridor 
sifatida ishtirok etsa, unda inkassoga oid hujjatlar xorijiy sotuvchi tomonidan unga 
xizmat  ko‘rsatuvchi  bankga  taqdim  etiladi.  So‘ngra  ular  O‘zbekiston 
Respublikasitashkilotiga xizmat ko‘rsatuvchi  bankka kelib tushadi.      
Akkreditivdan  farqliroq,  inkasso  vositasida  hisob-kitob  yuritilganda, 
sotuvchining  banki  ham,  xaridorning  banki  ham  sotuvchiga  to‘lovni  amalga 
oshirish  majburiyatini  olmaydi    va  hech  qanday  kafolat  bermaydi.  Banklar 
inkassoga  qabul  qilinib  olingan  hujjatlarni  tekshirishga  ham,  t o‘lov  uchun  ham 
masul  emas.  Ularning  vazifalari  texnik  xususiyatga  egadir.Yani     bank  faqat 
xaridor  hujjatlarga  pul  to‘laganidan  keyin    olingan  pulni  sotuvchiga  topshirish 
majburiyatini  oladi.    Hisob-kitobning  inkasso  shaklida  sotuvchi  xaridor  pul 
to‘lamagunicha,  tovarni  ololmasligiga  to‘liq  ishonadi.  Demak,  sotuvchi 
to‘lovlarni taminlash borasida bank kafolati olinmasidan turib,  bevosita xaridorga 
tovarga oid hujjatlarni (masalan, konosament) topshirishi mumkin emas.    
Remitent-bank  o‘zining  mijozi  nomidan  va  uni  hisobidan  faoliyat  ko‘rsatadi. 
Mos ravishda, bunday munosabatlar topshirg‘i shartnomada aks ettiriladi. Remitent 
banki inkasso topsirig‘ini bajarish uchun inkassoni bajarayotgan bankni jalb etishi 
maxalliy adabiyotda     qayta ishonib topsirish deb baholanadi.  Inkasso bajaruvchi 
bank  remitent-bankdan  inkasso  topshirig‘ini  bajarishga  sarflagan  xarajatlarni 
qoplash uchun avans to‘lov talab etishi mumkin. O‘z navbatida, remitent-bankning  
topshirig‘ini bajarishga sarflagan mablag‘ini sotuvchi (vakolatli shaxs) to‘laydi.      
Akkreditivdan  farqliroq,  hisob-kitobning  inkasso  shaklida  sotuvchi  to‘lovni, 
bankga  yuk  tushirishga  oid va boshqa hujjatlarni taqdim  etgan  zaxoti  emas,  balki 
xaridor banki unga to‘lov o‘tkazganidan keyin oladi. Adabiyotda takidlanganidek, 
“hujjatlashtirilgan  inkassoda    har  doim  xaridorning  tushirilgan  yukga  pul 
to‘lashdan  voz  kechishi  holatlari  mavjud  .Undan  tashqari  inkassoga  hujjatlar 
topshirilgandan    to  eksport  bo‘yicha  to‘lovlar  kelib  tushishi  orasida  ko‘p  vaq 
o‘tadi”.  Demak,  hisob-kitobning  inkasso  shakli  xaridorga  qulayroqdir.  Chunki  
xaridor  hisob-kitobni  uning  manziliga  tovar  kelib  tushgandan  keyin  amalga 
oshiradi.  Sotuvchi  uchun  noqulaydir,  chunki    tovar  tushirib  bo‘linganidan  keyin 
to‘lov  amalga  oshirilishini  ko‘tishi  kerak.  Hisob-kitobning  inkasso  shakli  savdo-
sotiq shartnomasi ishtirokchilari uchun ma’lum kafolatlar yaratib beradi:  
*xaridor,  uning  manziliga  tovarlar  tushirib  bo‘linganligini  tasdiqlovchi 
hujjatlar evaziga to‘lovni amalga oshiradi;  
*sotuvchida ham kafolat mavjuddir, chunki to‘lov amalga oshirilishiga qadar 
hujjatlar inkasso bajarayotgan bank tasarrufida qoladi. 
 Hisob-kitobning  inkasso  shaklida  bank  tomonlar  o‘rtasidagi  hisob-kitoblarda 


86 
 
vositachilik  qiladi.  Xaridor  tomonidan  tovar  va  hisob-kitob  uchun  javobgar  emas. 
Akkreditivlar  bo‘yicha  munosabatlar  kabi  banklar  savdo-sotiqqa  oid  shartnoma 
bandlariga, agar bu bandlar inkasso topshirig‘ida aks etmagan bo‘lsa, bo‘ysunmaydilar. 
Ular  inkasso  topshirig‘ida  belgilangan  yo‘riqnomalarga,  shuningdek,  Inkasso  bo‘yicha 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish