unifikatsiya qilingan qoidalarga (URC) muvofiq harakat qilishlari kerak. Mazkur hujjat
XSP tomonidan ishlab chiqilgan va o‘zining mohiyatiga ko‘ra hujjatlarshirilgan
akkreditivlar uchun unifikatsiya qilingan qoidalardagi xususiyatlarga ega. Hozirgi vaqtda
1995- yil tarirxidagi qoidalar amal qiladi (URC-522, XSPning 522-sonli nashri).
Umumiy qoidaga ko‘ra, URC-522 unga ishora bo‘lgandagina ishlatiladi (1-
modda), ishora to‘g‘risidan-to‘g‘ri ifoda etilishi yoki tomonlarning o‘zaro
munosabatlari yoki savdo urflaridan kelib chiqishi mumkin. URC-522 inkasso
turlarini, inkasso operatsiyalarnini amalga oshirish usullari va tartibini, tomonlarning
majburiyatlari va masuliyatlarini belgilaydi, turli tushunchalarning umumiy ta’rifini
beradi hamda inkasso operatsiyalariga doir bank amaliyotida yuzaga keladigan
boshqa masalalarni xal etadi.
Inkasso vositasidagi hisob-kitoblarning umumiy sxemasi URC-522ga muvofiq
quyidagi bosqichlardan iborat:
1) sotuvchi (ishonib topshiruvchi), tovarni tushirib, remitent-bank deb
nomlanuvchi o‘z bankiga hujjatlar to‘plamini inkasso topshirig‘i bilan birgalikda
taqdim etadi;
2) remitent-bank ishonib topshiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni
inkasso topshirig‘ida takidlangan hujjatlar bilan solishtiradi hamda inkasso topshirig‘i
bilan birgalikda xaridorning, import qiluvchining mamlakatida joylashgan, bankiga
(inkasso qiluvchi bank) yuboradi;
3)inkasso bajarayotgan bank qabul qilib olgan hujjatlarini xaridordan
(to‘lovchidan) to‘lovni qabul qilib olish maqsadida tekshirish uchun taqdim etadi;
agar inkasso bajaruvchi bank hujjatlarni o‘zi taqdim etsa, u vakil bank deb
nomlanadi;
4)xaridordan to‘lovni qabul qilib olgach, inkasso bajarayotgan bank unga
hujjatlarni topshiradi, olingan mablag‘ni esa pochta yoki telegraf (teleks) orqali
remitent-bankka o‘tkazadi, u, o‘z navbatida, daromadni eskport qiluvchi (ishonib
topshiruvchi)hisobiga o‘tkazib qo‘yadi. To‘lovchi to‘lovni amalga oshirishni rad etsa,
xizmat ko‘rsatuvchi bank remitent-bankni ogohlantirishi kerak, u, o‘z navbatida,
ishonib topshiruvchisini (sotuvchini) bu xatardan ogohlantiradi. Shundan keyin,
sotuvchi to‘lovni undirish uchun savdo-sotiq shartnomasi va qonunchilik asosida
davo qilish tartibida chora ko‘rishi mumkin.
URC-522 ga ko‘ra to‘lov maxalliy valyutada ham, xorijiy valyutada ham
amalga oshirilishi mumkin, bu inkasso topshirig‘ida belgilangan tartibga bog‘liq.
(17,18-modda). Biroq bunda O‘zbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligi
talablarini inobatga olish zarur. Inkassoga vekselni ham taqdim etish mumkin. Bu
holda remitent-bank, xaridor mamlakatida joylashgan o‘zining korrespondenti,
inkasso bajaruvchi bankka o‘tkazma veksel va yuk tushirishhga oid hujjatlarni
quyidagi yo‘riqnomalar bilan jo‘natadi: hujjatlarni faqat vekselga to‘lov
o‘tkazilganidan keyin (D/P - «documents against payment» deb belgilanadi) yoki
87
veksel aksepti evaziga (D/A - «documents against acceptance») topshirish lozim
(URC-522 7-moddasi). Oldindan veksel egasi (sotuvchi) vekselda bank foydasiga
kafillikka topshiruvchi indossamentni, yani «valyuta inkassoda”, “qabul qilib olish
uchun mo‘ljallangan valyuta”, “ishonchli shaxsga” kabi eslatmalari mavjud
indossamentni amalga oshiradi. Mazkur eslatma mavjudligi bank tomonidan
vekselni akseptga yoki to‘lovga taqdim etishga imkoniyat beradi. Bank mijozga
veksel bo‘yicha olgan barcha mablag‘ni topsirishga majbur. Shunday qilib,
vekseldan
foydalanganda
inkasso
bo‘yicha
paydo
bo‘lgan
hisob-kitob
munosabatlari tomonlar o‘rtasidagi veksel qonun munosabatlari bilan
murakkablashadi.
Inkassoning savdo-sotiqqa oid shartnoma bilan bog‘liqligi shundaki, asosiy
shartnomada hisob-kitobni inkasso vositasida o‘rnatiladi. To‘lovni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ta’rifi keltiriladi va inkasso (URC-522 ga ko‘ra). Banklar
biror bir hujjatning shakli, to‘liqligi, aniqligi, qatiyligi, huquqiy kuchi uchun, u yoki bu
hujjatlarda ro‘yxatga olingan tovarning ta’rifi, miqdori, holati, yetkazib berilishi, narxi
va mavjudligi uchun, yuk yuboruvchilarning, yuk tashuvchilarning, ekspeditorlarning,
yuk qabul qilib oluvchilarning, sug‘urtachilarning va boshqa ixtiyoriy shaxslarning
moliyaviy axvoli uchun masul emasliklarini hisobga olish kerak. (13-modda). Banklar
qabul qilib olingan hujjatlarning faqatgina tashqi alomatlari bo‘yicha inkasso
topshirig‘ida sanab o‘tilgan hujjatlar ekanligini aniqlashlari kerak. Hamda inkasso
topshirig‘i bergan tomonni biror bir hujjatning mavjud emasligi yoxud topshirig‘ida
sanab o‘tilgan hujjatlardan farq qilishi haqida ogolantirishi kerak (12-modda). Hisob-
kitoblarda qatnashuvchi bank ishonib topshiruvchini yo‘riqnomalarini bajara olmasligi
haqida inkasso topshirig‘ini bergan tomonni o‘sha zaxoti ogolantirishi kerak.
Adabiyotda takidlanganidek, «hisob-kitobning ikkala shakli ham (akkreditiv va
inkasso ) to‘lov vaqtini tovarni topshirish vaqti bilan moslashga imkon beradi. Xaridor
uchun bitta noqulaylik qoladi: u bu vaqtda jismoniy tovar o‘rniga tovarning hayotiy
o‘tkazilishini kuzatadi.
Inkasso hisob-kitob turi- ikki korrespondent banklarning dallolchiligi orqali
amalga oshiriladi. Bu banklarning biri eksportyor bankini inkassa qilsa, ikkinchisi
importyor bankini inkassa qiladi. Eksportyor tovarni yetkazib berganidan keyin,
mamlakatidagi inkassa qiluvchi banka shartnomada ko‘rsatilgan hujjatlar jamlamasini
topshiradi (hujjatli inkasso). Inkassa qiluvchi bank ham o‘z navbatida, taqdim
etilgan hujjatlarni, to‘lovchining bankiga taqdim etadi.To‘lovchi bank hujjatlarni
importyorga teksirish uchun beradi. Agar hujjatlar talabga javob bersa, ularni qabul
(aksept) qilib, tovar uchun pulni to‘lab berish haqida o‘z bankiga buyruq beradi.
Bunda bank tovarni kuzatib boradigan hujjatlarni importyorga topshiradi va unga
mos ravishda pulni eksportyorning inkasso qiluvchi bankiga o‘tkazib yuboradi
(oldindan akseptli inkasso). Keyingi akseptli inkasso ham bo‘lishi mumkin. Bunda
inkasso qiluvchi bank hujjatlarni qabul qilib, ularni to‘g‘riligiga ishonch hosil
qilganidan so‘ng, pulni eksportyorning hisob raqamiga o‘tqazib yuborib, qilingan
operatsiya haqida importyorning bankiga xabar qiladi va hujjatlarni unga yo‘llaydi.
Importyor bankidan olgan hujjatlarni tekshirib, agar ular talabga javob bersa, ular
bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovni tasdiqlaydi (aksept qiladi).
88
Oldindan to‘lov. Oxirgi vaqtda oldindan to‘lov hisob-kitob shakli juda ham keng
tarqaldi. Bunday to‘lov shakli tashish savdo shartnomalarida ham yetarli darajada
qo‘llanilmoqda. Ushbu to‘lov shartiga ko‘ra, to‘lov tovar yetkazib berilishidan oldin
amalga oshiriladi. Bu borada shartnomalarda tovarni yuklash, to‘lov sotuvchining
hisobiga kelib tushgan kundan boshlab, ma’lum bir muddat ichida (4-5kun) amalga
oshiriladi deb ko‘rsatilishi ham mumkin. Bu hisob-kitob shakli sotuvchi uchun juda
qo‘l kelib, sotib oluvchi uchun esa ozgina xatarlidir. Chunki amaliyotda sotuvchi o‘z
majburiyatlarini bajarmaydigan vaziyatlar ham bo‘lib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |